tila boriladi, qatnashuvchilar soni orttiriladi, m uhokam a elem entlari
ham qo'shiladi; keyinroq shaxsini o ‘zgartirib bayon yozishga o'tiladi.
Shunday qilib, bayon asta-sekin ijodiy tus ola boradi.
B oshlang'ich sinflar ona tili dasturiga ko'ra, 2-sinfda katta bo'lm agan
(30—40 so 'zli) matn yuzasidan o'qituvchi yordamida so'roqlar asosida
bayon yozish , 3-sinfda 40—60 so'zdan iborat m atnning m azm unini
jam oa bo'lib tuzilgan 3—5 ta reja asosida bayon yozish, 4- sinfda esa
mustaqil tuzilgan reja asosida (70—90 so'zli) bayon yozish ko'zda
tutiladi.
M ashq sifatida bayonning ahamiyati katta: bayon bolalarda adabiy
nutqni to'g'ri shakllantirishga yordam beradi, nutq m adaniyatini yax-
shilaydi, badiiy uslubni singdiradi, tilga sezgirlikni oshiradi.
B ayon u ch u n kishilarning fidokorona m ehn ati, h ayotini, ona tabiat
tasvirini, fan, texnika, madaniyat borasidagi yutuqlarni aks ettiradigan
yuksak g'oyali matn tanlanishi, bayon mavzusi o'qu vch ilam ing bi
lish tajribasini kengaytirishi, ulam ing dunyoqarashini shakllantirishi
zarur.
Qayta hikoyalash va bayonda b olaning tabiiy nutqi eshitilishi, y a ’ni
berilgan nam unani tushunmasdan yodlam asligi, nam una leksikasidan,
nutq birliklaridan, sintaktik qurilishidan foydalana olishi zarur.
Til vositalari m atnni o'qish, suhbat, m atn tahlili davom ida o'zlash -
tiriladi; m atndagi so'zlar va nutq birliklari b olalam in g „o'ziniki" bo'lib
qoladi. Qayta hikoyalashda nam unadagi u yoki bu gapni bola esga
tushirishga harakat qiladi, o'zlashtirgan m azm unni to'liqroq, aniqroq
berish u ch u n gapiar tuzadi. Bu bilan o'q u vch in in g m ustaqillik darajasi
va bilish faolligi o'sadi, ijodiy elem entlar qo'shila boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |