K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va audit
Download 1.67 Mb.
|
Бухгалтерия хисоби ва аудит Уразов
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jami aktiv 347400 48200 58800
- Jami passiv 347400 48200 58800
- Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot
- Qo‘shimcha ma’lumotlar
- Guruhning konsolidatsiyalashtirilgan buxgalteriya balansi
- Jami aktivlar 347400 48200 58800
- Jami passivlar 347400 48200 58800
- Guruhning konsolidatsiyalashtirilgan moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisoboti
- Sof foyda 4000 500 1400
Buxgalteriya balansi
(ming so‘m hisobida)
Qo‘shimcha ma’lumotlar: “Samarqand” AJ ning debitorlik qarzlari tarkibida “Tong” sho‘’ba korxonasining qarzi - 200 ming so‘m, “Sharq” sho‘’ba xo‘jalik jamiyatining qarzi 300 ming so‘m. “Tong” sho‘’ba korxonasining kreditorlik qarzlari tarkibida “Sharq” sho‘’ba korxonasining hissasi -100 ming so‘m. Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot (ming so‘m hisobida)
Qo‘shimcha ma’lumotlar: “Samarqand” AJ ning sof tushumidan 3500 ming so‘mi “Tong” sho‘’ba korxonasiga, Sharq” sho‘’ba jamiyatining 3700 ming so‘mlik sof tushumi “Samarqand” AJ ga to‘g‘ri keladi. Sho‘’ba korxonalarining boshqa harajatlari (mos ravishda 500 ming so‘m va 600 ming so‘m) ularni “Samarqand” AJ dan olgan vaqtinchalik moliyaviy yordamiga to‘langan foizlarni tashkil etadi. Yuqoridagi ma’lumotlar bo‘yicha guruhning konsolidatsiyalashtirilgan balansi va moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotini quyidagi ishchi jadvallar ko‘rinishida tuzib chiqamiz. Guruhning konsolidatsiyalashtirilgan buxgalteriya balansi (ming so‘m hisobida)
Bitta guruhga birlashgan sho‘’ba va qaram xo‘jalik jamiyatlarining bosh korxonasi tomonidan tuzilgan konsolidatsiyalashtirilgan buxgalteriya balansiga izohlar: 1).Bosh korxona tomonidan sho‘’ba korxonalarga kiritilgan 70000 ming so‘mlik (40000 +30000) moliyaviy investitsiyalar guruhga kiruvchi bosh korxonada moliyaviy investitsiyalar tarkibidan, sho‘’ba korxonalarda esa ustav kapitali tarkibidan chegirib tashlandi. 2)Bosh korxonaning “Sharq” sho‘’ba korxonasi bo‘yicha 200 ming so‘mlik debitorlik qarzi guruhga kiruvchi bosh korxonada debitorlik qarzlar tarkibidan, sho‘’ba korxonalarda esa majburiyatlard tarkibidan chegirib tashlandi. 3)Sho‘’ba korxonalarning o‘zaro 100 ming so‘mlik debitorlik va kreditorlik qarzlari guruh ning debitorlik va kreditorlik qarzlari tarkibidan chegirib tashlandi. 4)”Sharq” sho‘’ba korxonasining 11000 ming so‘mlik taqsimlanmagan foydasining 8800 ming so‘mi (11000 x 80%) guruhga kiruvchi bosh korxonada taqsimlanmagan foyda tarkibiga kiritildi, qolgan 2200 ming so‘mi (11000 x20% ) guruhning unga kirmaydigan boshqa korxonalarning hissasi bo‘yicha kreditorlik qarzi sifatida ko‘rsatildi. Guruhning konsolidatsiyalashtirilgan moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisoboti (ming so‘m hisobida)
Bitta guruhga birlashgan sho‘’ba va qaram xo‘jalik jamiyatlarining bosh korxonasi tomonidan tuzilgan konsolidatsiyalashtirilgan moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobotga izohlar: 1).Bosh korxona tomonidan “Tong” sho‘’ba korxonasiga 3500 ming so‘mga sotilgan tovarlar guruhning sof sotish hajmidan va sotish tannarxidan chegirib tashlandi. 2)“Sharq” sho‘’ba korxonasi tomonidan bosh korxonaga 3700 ming so‘mlik sotilgan tovarlar guruhning sof sotish hajmidan va sotish tannarxidan chegirib tashlandi. 3)Sho‘’ba korxonalarning bosh korxonadan olgan vaqtinchalik moliyaviy yordam uchun to‘lagan 1100 ming so‘mlik (600 +500) foizlari guruhga kiruvchi bosh korxonaning daromadlaridan va uning sho‘’ba korxonalarining harajatlaridan chegirib tashlandi. Guruhni tashkil qiluvchi bosh korxona va uning sho‘’ba korxonalarida moliyaviy hisobotning boshqa shakllari ham konsolidatsiyalashtiriladi. Konsolidatsiyalashtirilgan pul oqimlari to‘g‘risida hisobotni tuzishda guruhni tashkil etuvchi bosh korxona va uning sho‘’ba xo‘jalik jamiyatlari o‘rtasidagi quyidagilar pul oqimlari chegirib tashlanadi: Ichki tovar operatsiyalari bo‘yicha olingan va to‘langan pul mablag‘lari; Olingan va berilgan qarz summalari; Olingan va to‘langan foiz summalari; Olingan va to‘langan ta’sis badallari Boshqa turli operatsiyalar bo‘yicha pul mablag‘larining ichki almashuvlari Konsolidatsiyalashtirilgan asosiy vositalar harakati to‘g‘risida hisobotni tuzishda guruhni tashkil etuvchi bosh korxona va uning sho‘’ba xo‘jalik jamiyatlari o‘rtasidagi asosiy vositalarning ichki almashuvlarining summalari chegirib tashlanadi. Konsolidatsiyalashtirilgan xususiy kapitali to‘g‘risida hisobotni tuzishda guruhni tashkil etuvchi bosh korxona va uning sho‘’ba xo‘jalik jamiyatlarining jami ustav kapitalidan sho‘’ba xo‘jalik jamiyatining ustav kapitali summasi chegirib tashlanadi, taqsimlanmagan foyda esa faqat guruhga kiruvchilarga taalluqli bo‘lgan miqdorida ko‘rsatiladi. 13.8.Moliyaviy hisobotni tuzish sanasidan keyin yuz bergan kutilmagan holatlar va hodisalar Ma’lumki, moliyaviy hisobotlarni tuzish hisobot yili tugashi bilan kelgusi yilning 1 sanasidan boshlab hisobotni tashqi foydalanuvchilarga, eng avvalom bor, soliq idorasiga, topshirish kunigacha (keyingi yilning 15 fevraligacha, qo‘shma korxonalar uchun –15 martgacha, Vazirliklar uchun –1 aprelgacha) amalga oshiriladi. Moliyaviy hisobotni soliq idorasi tomonidan qabul qilib olingan sana moliyaviy hisobotning barcha nusxalarida maxsus tamg‘a ichida ko‘rsatiladi va hisobotni qabul qilib olgan soliq idorasi xodimi tomonidan imzolanadi. Ushbu sanadan boshlab moliyaviy hisobot rasmiy e’lon qilingan deb hisoblanadi. Moliyaviy hisobotni tuzish sanasidan boshlab uni rasmiy e’lon qilish sanasigacha korxonalar xo‘jalik faoliyatida ko‘zda tutilmagan holatlar va hodisalar yuz berishi mumkin. Bunday holatlar va hodisalarni tasniflash, baholash, ularni tuzilgan moliyaviy hisobotga kiritish yoki kiritmaslik tartibi O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi tomonidan 1998 yil 23 dekabrda 578-tartib raqam bilan ro‘yxatga olingan 16-son BHMS «Kutilmagan holatlar va buxgalteriya balansini tuzish sanasidan keyin xo‘jalik faoliyatida yuz beradigan xodisalar» bilan reglamentlashtirilgan. Ushbu BHMS ga muvofiq kutilmagan holatlar deganda oxirgi natijalari (foyda yoki zarari) kelgusida noaniq xodisani (xodisalarni) haqiqatda yuz berishiga qarab tasdig‘ini oladigan vaziyatlar va holatlar tushuniladi. Buxgalteriya balansini tuzish davomida aniqlangan bunday holatlar, odatda, xo‘jalik yurituvchi sub’ektga foyda keltirishi yoki zarar olib kelishi mumkin. Misol uchun, hisobot tuzish vaqtida korxonaning u yoki bu debitori bo‘lgan tashkilotni bankrotga uchraganligi to‘g‘risida ma’lumotni olinishi yoki kreditor tashkilot bilan sudlashish jarayonining davom etayotganligi va undan kutilayotgan natijani taxminan ma’lum bo‘lishi, korxonada balans tuzish sanasidan uni e’lon qilish sanasigacha yuz bergan tabiiy ofatlardan ko‘rilgan zararlar, yong‘in, toshqin va shu kabi favqulotdagi hodisalarning oqibatlari, shu davrda korxonaning mulkiy holatiga ta’sir etadigan qimmatli qog‘ozlar emissiyasi doir operatsiyalarni yuz berishi, qimmatli qog‘ozlarni qayta baholanishi hisobot yili uchun tuzilayotgan moliyaviy hisobot ko‘rsatkichlariga turlicha ta’sir etishi mumkin. Shuning uchun ham kutilmagan holatlarning natijalari kelgusida aniq bo‘lsada, lekinda muhimliligiga qarab ular hali e’lon qilinmagan moliyaviy hisobotga kiritilishi yoki unga ilova qilinadigan tushuntirish xatida o‘z aksini topishi lozim. Kutilmagan holatlar va xodisalar 16-son BHMS ga muvofiq (p.5) ikkita guruhga bo‘linadi: Kelgusida yuz beradigan va buxgalteriya balansini tuzish sanasida mavjud bo‘lgan hodisalar -ushbu hodisalarning natijalari (foyda yoki zararlar) moliyaviy hisobotda hisoblash tamoyiliga muvofiq ularni yuz berish ehtimoli, summasini aniq topish imkonini borligiga qarab aks ettiriladi. Jumladan, zararlar hisoblash tamoyili va yuqorida keltirilgan yuz berish ehtimoli va zarar summasini real aniqlash imkoniyatlari mezonlariga ko‘ra hisobotda quyidagi tartibda aks ettiriladi:
Moliyaviy hisobotni tuzish davrida mavjud bo‘lgan kutilmagan holatlar bo‘yicha foyda moliyaviy hisobotda quyidagi tartibda aks ettiriladi:
Kelgusida yuz beradigan va buxgalteriya balansini tuzish sanasida mavjud bo‘lmagan hodisalar – ushbu hodisalar va ulardan kutilayotgan natijalar (foyda yoki zararlar) moliyaviy hisobotga va unga ilova qilinadigan tushuntirish xatiga umuman aloqador hisoblanmaydi. Shuning uchun ular hisobotda va unga ilova qilingan tushuntirish xatida umuman aks ettirilmaydi. Moliyaviy hisobotda uni rasmiy e’lon qilgan sanadan keyin aniqlangan va o‘tgan hisobot davriga taalluqli bo‘lgan, lekinda moliyaviy hisobotda aks ettirilmayin qolingan hodisalar kutilmagan holatlar va hodisalar hisoblanmaydi. Bunga misol qilib, qaysi bir schyot-faktura summasini daromadga olinmaganligi, harajatlarni noto‘g‘ri hisoblanganligi va bularning natijasida moliyaviy hisobot ko‘rsatkichlarida xatoliklarga yo‘l qo‘yilganligini aytish mumkin. Soliq Kodeksiga muvofiq soliq tekshiruviga qadar korxonaning o‘zi tomonidan o‘tgan hisobot yillar bo‘yicha topilgan xatolarni tuzatilishi va soliq idorasiga qayta hisob-kitoblarni topshirilishi moliyaviy jazolarga (penya hisoblashdan tashqari) tortilmaydi.O‘tgan yillarda yo‘l qo‘yilgan xatolarni korxonalar nafaqat o‘zlarining kuchlari bilan, balkim mustaqil auditorlik tashkilotlarini shartnoma asosida jalb etish va auditorlik tekshiruvini o‘tqazish orqali ham amalga oshirishlari mumkin. O‘z-o‘zini sinash uchun test savol-javoblariDownload 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling