K. B. Urazov, S. V. Vaxidov boshqa tarmoqlarda buxgalteriya hisobining xu su si yatl ari


Debet 2010 «Asosiy ishlab chiqarish»; Kredit


Download 6.22 Mb.
bet178/269
Sana18.06.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1583758
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   269
Bog'liq
boshqa tarmoqda bux.

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Debet
Debet 2010 «Asosiy ishlab chiqarish»;
Kredit 3190 «Boshqa kelgusi davr xarajatlari».
Akkumulyatorlaming bajarilgan ish (ko‘rsatilgan xizmat)lar tannarxiga kiritiladiganhar oylikqiymatini xuddi avtoshinalar kabi bosib o'tganyo‘li bo‘yicha ham hisob-kitob qilish mumkin. Buning uchun, dastlab, yangi o‘matilgan akkumulyatoming foydali xizmat muddati mobaynida 1 km bosib o‘tiladigan yo‘lga to‘g‘rikeladigano‘rtacha qiymati me’yorsifatida topiladi. So‘ngra, har oydaATV tomonidan bosibo‘ti]ganyo‘luzunligi akkumulyatoming 1 km bosib o‘tiladiganyo‘lgato‘g‘rikeladigano‘rtachaqiymatigako‘paytiriladi.Topilgan summahisobot oyida akkumulyator qiymatining bajarilgan ish (ko‘rsatilgan xizmat)lartannarxiga kiritiladigan qismini bildiradi.
Misol. Aytaylik, qiymati 120000 so'mlik 2x2V-88 markali akkumulyator hisobot yilining 15 sentabrida ATVga о ‘rnatildi. Akkumulyatoming foydali xizmat muddati 80 ming km. Demak, 1 km bosib о ‘tiladigan masofa uchun akkumulyatoming hisobdan chiqariladigan qiymati o'rtacha 1,50 so‘m (120000/80000)ni tashkil etadi. Hisobot yilining oylari bo ‘yicha ATV tomonidan bosib о ‘tilganyo 7 quyidagicha: sentabrda -4000 km; oktabrda - 7500 km; noyabrda -8000 km; dekabrda -6000 km.
Yuqoridagi shartli ma’lumotlarga ko'ra, akkumulyatoniinghisobotyili oylari bo‘yichahisobdan chiqariladigan va bajarilgan ish (ko‘rsatilgan xizmat)lar tannarxiga kiritiladigan qiymatini quyidagicha hisob-kitob qilish mumkin (20.3-jadval).

  1. jadval


Akkumulyator qiymatini hisobotyili oylari bo‘yicha bajarilgan ish (ko‘rsatilgan xizmat)Iar tannarxiga kiritish hisob-kitobi

Oylar

Bosib
o'tilgan
yo‘I,
km

llisobdan
cMqarish
nie’yori,
so‘in

Hisobdan chiqarish sum masi, so‘m

Buxgalteriya yozuvi

Dcbet

Kredit

Sentabr

4000

1,5

6000

2010

3190

Oktabr

7500

1.5

11250

2010

3190

Novabr

8000

1.5

12000

2010

3190

Dekabr

6000

1.5

9000

2010

3190

Jami hisobot vilida







38250










Foydali xizmatmuddati belgilanmaganboshqaehtiyotqismlarATVlarga o‘rnatilgan kuni tegishli dalolatnomalar (masalan, kapital yoki joriy ta’mirlash dalolatnomasi. o‘matish dalolatnomasi) asosida dastlab vordamchi yoki umumishlab chiqarish xarajatlari tarkibiga, keyin esa baj arilgan ish (ko‘rsatilgan xizmat)lar tannarxiga kiritiladi. Buxgalteriya hisobida ushbu operatsiyalar mos ravishda quyidagicha aks aks ettiriladi:



  • ehtiyot qismlar qiymatiniyordamchi ishlab chiqarish xarajatlari tarkibiga kiritilishiga:

Debet 2310 «Yordamchi ishlab chiqarish»;
2510 «Umumishlab chiqarish xarajatlari;
Kredit 1040 «Ehtiyot qismlar».

  • yordamchi va amum ishlab chiqarish xarajatlarini bajarilgan ish (ко ‘rsatilgan xizmatjlar tannarxiga kiritilishiga:

Debet 2010 «Asosiy ishlab chiqarish»;
Kredit 2310 «Yordamchi ishlab chiqarish»;
2510 «Umumishlab chiqarish xarajatlari».

    1. Mehnatga haq to‘lash va ijtimoiy sug‘urtaga majburiy ajratmalar bo‘yicha xarajatlarning hisobi

Avtotransport korxonalarida bajarilgan ish (ko‘rsatilgan xizmatjlar tannarxiga yuk tashish yoki yo‘lovchi tashishga ixtisoslashgan ATVlar haydovchilariga, yordamchi ishlab chiqarish va umum ishlab chiqarishga bevosita aloqador xodimlarga hisoblangan mehnat haqi summasi, shuningdek mos ravishda hisoblangan mehnat haqi summasiga nisbatan belgilangan stavkalarda ijtimoiy sug‘urtaga qilingan ajratmalar kiritiladi.
Avtotransport korxonalarida xodimlarga mehnat haqi ishbay va vaqtbay shakllarda, tarifli hamda tarifsiz tizimlarda hisoblanadi. Hisoblangan mehnat haqi asosiy hamda qo‘shimcha mehnat haqlaridan tashkil topadi.
Asosiy mehnat haqiga ATVlar haydovchilariga, shuningdek yordamchi ishlab chiqarish va umum ishlab chiqarishga bevosita aloqador xodimlarga haqiqatda bajargan ishi (ko‘rsatgan xizmati) yoki ishlagan vaqti uchun hisoblangan mehnat haqi kiradi. Ushbuxodimlargaturlixizmatlari, unvonlari va toifalari uchun qo‘shimcha haqlar, berilgan topshiriqni bajarganligi yoki oshirib bajarganligi, maleriallami tejab-tergab sarflanishigaerishganligi uchun hisoblangan mukofotlar, moddiy yordamlar, kompensasiyalar, vaqtinchalik mehnatga layoqasizligi uchun berilgan nafaqalar, mehnat ta’tili haqi hamda shu kabi boshqa todovlar qo‘shimcha mehnat haqini tashkil etadi.
Ishbay shaklda ishlovchi xodimlarga asosiy ish haqini hisoblashga asos bo‘lib ular bajargan ish (ko‘rsatgan xizmat) hajmi, shuningdek bir birlik ish yoki xizmat uchun belgilangan tarif (rasenka) hisoblanadi. Chunonchi, yuk yoki yo‘lovchi tashishga ixtisoslashgan ATV haydovchilari uchun bajargan ish hajmi tashilgan yuk miqdori yoki tashilgan yo‘lovchilar soni, yuk (yo‘lovchi) aylanmasi, bosib o‘tilgan masofa, naryadda bo‘lgan vaqt miqdori kabi ko‘rsatkichlar bilan ifodalanadi. Ushbu ko‘rsatkichlardan biri bo‘yicha ifodalangan ish hajmi miqdorini bir birlik ish hajmi uchun belgilangan tarif (rasenka)ga ko‘paytirish yo‘li bilan haydovchilaming asosiy mehnat haqi topiladi. Bunda bajarilgan ish hajmini tasdiqlovchi asosiy hujjatlar yo‘l varaqalari, tovar-transport nakladnoylari hisoblanadi.
Vaqtbay shaklda ishlovchi xodimlarga asosiy ish haqini hisoblashga asos bo‘lib ularga avtotransport korxonasining tasdiqlangan shtat jadvali bo‘yicha belgilangan maosh miqdori, shuningdek xodimlaming haqiqatda ishlagan vaqti hisoblanadi. Xodimlaming haqiqatda ishlagan vaqti miqdorini (kunlaryoki soatlarda) tasdiqlovchi asosiy hujjat bo‘lib «Ishgakelish hisobi tabeli» hisoblanadi. Belgilangan maoshni hisobot davridagi ish kunlari (soatlari) soniga bo‘lish hamda topilgan summani xodimlaming haqiqatda ishlagan kunlari (soatlari) miqdoriga ko‘paytirish yo‘ li bilan ulaming asosiy mehnat haqi topiladi.
ATV haydovchilari, yordamchi vaumumishlab chiqarishga bevosita aloqador barcha boshqa xodimlaming toifalari va raziyadlari uchun to‘lanadigan qo‘shimchalar, shuningdekkechki (tungi) smenalarda, bayram ham da dam olish kunlarida ishlaganlik uchun qo‘shimchalar, mukofotlar tuzilgan mehnat shartnomalarida belgilangan yoki transport korxonasi rahbari buyrug‘i bilan tasdiqlangan me’yorlar asosida hisoblanadi. Mehnatga yaroqsiz kunlar uchun nafaqa, mehnat ta’tili haqi kabi qo‘shimchalar xodimlarga umumbelgilangan tartiblarda mos ravishda tasdiqlovchi hujjatlar asosida hisob-kitob qilinadi.
Bajarilgan ish (ko‘rsatilgan xizmat)lar uchun ATV haydovchilariga hisoblangan asosiy va qo‘shimcha mehnat haqlari summasiga hisob-to‘lov qaydnomalari yoki mehnat haqi hisobi kitobi asosida quyidagicha buxgalteriyayozuvi qilinadi:

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   269




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling