K. hoshimov kuni uzaytirilgan guruhlarda ta


Download 115.68 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/25
Sana21.01.2018
Hajmi115.68 Kb.
#24998
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   25

101

Dars  jarayoni 
9.00—12.40
0 ‘quvchilami  qabul  qilish: 
12.40—13.00
(ochiq  havoda  sayr  qilish,  dam  olish, 
tushki  ovqatga  tayyorgarlik  ko'rish)
Tushki  ovqat 
13.00—13.30
Ochiq  havoda  o ‘ynash,  sayr  qilish 
13.30—14.10
Kunduzgi  uyqu 
14.10—15.10
B o‘sh  vaqt  (to‘garak  ishlariga  qatna- 
shish  va  o ‘zlari  sevgan  mashg‘ulotlar
bilan  shug'ullanish) 
15.10—15.55
Peshingi  ovqat 
15.55—16.10
Uy  vazifasini  bajarish 
16.10—17.10
Ochiq  havoda  b oiish,  sayr  qilish  va
uyga  ketish 
17.10—17.40
Respublikamizdagi  ayrim  maktablarda  sharoit  nuqtayi  naza- 
ridan  I—II  sinflarda  o‘qish  ikkinchi  smenada  ham  olib  boril- 
moqda.  Shuning  uchun  ikkinchi  smenada  o'qiydigan  va  kuni 
uzaytirilgan  sinf va  guruhga  qatnashuvchi  I—II  sinf o‘quvchilari 
uchun  quyidagicha  kundalik  rejimni  tavsiya  etamiz:
Sayr  va  badantarbiya 
9.00—9.30
U y  vazifasini  bajarish 
9.30—10.30
Nonushta 
10.30—10.45
Bo‘sh  vaqt  (to‘garak  ishlari,  o ‘zlari 
sevgan  mashg'ulotlar  bilan
shug‘ullanish) 
10.45—11.30
Kunduzgi  uyqu  (agar  imkoniyati  bo‘lsa, 
bo‘lmasa  toza  havoda  o'yinlar
o ‘ynash,  sayr  qilish) 
11.30—12.30
Tushki  ovqat 
12.30—13.00
Toza  havoda  sayr  qilish
va  dam  olish 
13.00—14.00
Dars  jarayoni 
14.00—17.40
Kuni  uzaytirilgan  guruhga  qatnashuvchi  III  sinf  o'quvchila- 
ri  uchun  tuzilgan  kun  tartibi  I—II  sinf  o‘quvchilari  uchun  tu- 
zilgan  kun  tartibidan  ancha  farq  qiladi.  Ill  sinfda  o6quv  rejasiga 
muvofiq bir haftada  28  soat  dars bo‘ladi.  Topshiriqlar hajmi  ham 
dars  soatlariga  muvofiq  ko ‘payib  boradi.  Uyga  berilgan 
vazifalaming  ko4pchiligini  hisobga  olib,  kunduzgi  uyqu  vaqtida 
kuni uzaytirilgan guruhda bolalar uxlatilmaydi,  faqat  sog'lig^ zaif 
bolalargina  uxlatiladi,  xolos.
102

Birinchi smenada o‘qib,  kuni uzaytirilgan guruhga qatnashuv- 
chi  III  sinf 
0‘quvchilari  uchun  kundalik  rejimni  quyidagicha 
tuzish  mumkin:
Dars  jarayoni 
9.00—12.40 
13.35
0 ‘quvchilami  qabul  qilib  olish 
(ochiq  havoda  sayr  qilish,  dam  olish,
tushlik  ovqatga  tayyorgarlik  ko‘rish) 
12.40—13.00 
13.35—13.55 
Tushki  ovqat 
13.00-13.30 
13.55-14.25
Ochiq  havoda  bo‘lish,  o ‘yin,  sayr,
ijtimoiy-foydali  mehnat  kabilar 
13.30—14.10 
14.25—15.05
Bo‘sh  vaqt  (to‘garak  ishlariga  qat- 
nashish  va  o ‘zlari  sevgan  mashg‘ulot-
lar  bilan  shug^llanish) 
14.10—15.25 
15.05—16.20
Peshingi  ovqat 
15.25-15.40 
16.20-16.35
Uy  vazifasini  bajarish 
15.40—17.10 
16.35—18.05
Ochiq  havoda  sayr  qilish  va  uyga
ketish 
17.10-17.40 
18.05-18.35
Tarbiyalanuvchilar  toliqib  qolmasliklari  uchun  ularni  to‘rt 
mahal  ovqatlantirish  lozim:  ertalabki  nonushta,  dars  o'rtasidagi 
katta tanaffusda ikkinchi nonushta,  tushki ovqat va kechki ovqat. 
Shuningdek,  mustaqil  o ‘quv  mashg‘ulotlari  o‘rtasida  tanaffus 
davrida  kech  tushki  ovqat  uyushtirihshi  kerak.
Quyida maktab-intematning  1—8-sinflarida tarbiyalanuvchilar 
uchun  tavsiya  etilgan  rejimning  taxminiy  sxemasini  keltiramiz:
Kun tartibi
1 -sinf
2 - 4 -
sinflar
5 - 6 -
sinflar
7-sinf
8-sinf
Uyqudan  turish, 
ertalabki  gimnastika, 
oyoq-qo‘lni  yuvish, 
yotoqxonani 
yig‘ishtirish
7 .0 0 -
7.40
7 .0 0 -
7.40
7 .0 0 -
7.40
7 .0 0 -
7.40
7 .0 0 -
7.40
Nonushta
7 .4 0 -
8.00
7 .4 0 -
8.00
7 .4 0 -
8.00
7 .4 0 -
8.00
7 .4 0 -
8.00
Sayr  qilish
8 .0 0 -
8.30
8 .0 0 -
8.30
8 .0 0 -
8.30
8 .0 0 -
8.30
8 .0 0 -
8.30
0 ‘quv
mashg‘ulotlari
8 .3 0 -
12.00
8 .3 0 -
12.00
8 .3 0 -
12.00
8.30—
12.00
8.30—
12.00
Harakatli 
0‘yinlar  va 
sport  o ‘yinlari
12.00-
13.30
12.00—
13.30



103

Davomi
Kun tartibi
1-sinf
2 - 4 -
sinflar
5 - 6 -
sinflar
7-sinf
8-sinf
Tushki  ovqat
13.30—
14.00
13.30—
14.00
14.00—
14.30
14.00-
14.30
14.00-
14.30
Tushki  ovqatdan 
keyingi  uyqu
14.00-
15.00




Ochiq  havodagi 
o ‘yinlar,  ijtimoiy- 
foydali  mehnat
15.00—
16.00
14.00-
16.00
14.30—
16.00
14.30—
16.00
14.30-
16.00
Mustaqil  o ‘quv 
mashg'ulotlari
16.00—
17.00
16.00—
17,30
16.00—
18.00
16.00— 
18.30
16.00-
18.30
Bo‘sh  vaqt  (o‘zi  yoq- 
tirgan  ijodiy  faoliyat) 
to‘garak  ishi.  ijti- 
moiy-foydali  mehnat 
vaboshqalar
17.00—
19.00
17.30—
19.00
18.00—
19.30
18.30—
19.30
18.30—
20.00
Kechki  ovqat
19.00-
19.30
19.00-
19.30
19.30—
20.00
19.30— 
20.00
2 0 .0 0 -
203.30
Bo‘sh vaqt va 
uxlashdan  oldingi  sayr
19.30—
20.00
19.30— 
20.00
20 .0 0 -
20.30
2 0 .0 0 -
21.00
2 0 .3 0 -
21.30
Yuvinish,  kiyim  va 
poyabzalni  tozalash
2 0 .0 0 -
20.30
2 0 .0 0 -
20.30
2 0 .3 0 -
21.00
2 1 .0 0 -
21.30
21.30— 
22.00
Uyqu
20.30
20.30
21.00
21.30
22.00
III 
sinf  o ‘quvchilaridan  tashkil  topgan  guruhning  sinfdan 
tashqari  ishlarini tashkil  etish o‘ziga xos xarakterga egadir.  Bunda 
maktab  qoshida  tashkil  qilingan  turli  xil  to‘garak  mashg‘ulotla- 
rida  ishtirok  etishlari,  ijtimoiy-foydali  ishlar  bilan  shug‘ulla- 
nishlari,  kutubxonada  ishlashlari,  harakatli,  didaktik  o‘yinlar 
tashkil  etishlari  mumkin.
Tavsiya  etilgan  kun  tartibida  salomatligi  zaifroq  bolalarning 
uxlashi  uchun  alohida  vaqt  ajratilmagan.  Agar  sinf va  guruhda 
salomatligi  zaif  bolalar  b o isa ,  ularning  bo‘sh  vaqt  uchun 
ko‘rsatilgan vaqtda uxlab  dam  olishlariga imkoniyat yaratib berish 
kerak.  Ikkinchi  smenada o‘qib,  kuni uzaytirilgan sinf yoki guruhga 
qatnashuvchilar  uchun  darsning  4  yoki  5  soat  bo‘lishi  rol 
o‘ynamaydi.  Bundan tashqari  ularning peshingi  nonushta qilishlari 
ham  hisobga  olinadi.  Chunki,  ko‘pincha  bolalar  turli  sabablarga 
ko‘ra  ertalab  maktabga  yaxshi  ovqatlanib  kelmaydilar.
104

Ikkinchi smenada o‘qib,  kuni uzaytirilgan guruhga qatnashuv- 
chi  III  sinf o'quvchilari uchun quyidagi kun tartibi tavsiya etiladi:
Sayr  va  badantarbiya 
9.00—9.30 
Uy  vazifasini  mustaqil  bajarish 
9.30—11.00
N  onusht a 
11.00—11.15 
Bo‘sh  vaqt  (to‘garak  ishlari,  o 4zlari 
sevgan  mashg‘ulotlar  bilan  shug‘ul-
lanish) 
11.15-12.00 
Ochiq  havoda  bo‘lish  (o‘yin,  sayr,
ijtimoiy-foydali  mehnat  kabilar) 
12.00—13.00
Tushki  ovqat 
13.00—13.30
Sayr,  dars  jarayoniga  tayyorgarlik 
13.30—14.00
Dars  jarayoni 
14.00—17.40  (18.35)
Keyingi  yiUarda  maktab  tajribalari  asosida  ikki  xil  kun  tartibi 
vujudga  keldi.  Bunda  vaqt  quyidagicha  taqsimlanadi:
I  variant 
Guruhga  kelish, 
erkin  mashg‘ulotlar, 
o ‘z -o ‘ziga  xizmat,
tushki  ovqatga  tayyorgarlik 
12.15(12.30)—13.00
Tushki  ovqat 
13.00—13.30
Sayr 
13.30-15.00
Dars  tayyorlash 
15.00—16.00—(16.30)
Klub  soati 
16.00  (16.30)-17.00(17.30)
0 ‘z -o ‘ziga  xizmat,  uyga  ketish 
17.00  (17.30)—18.00
Agar ob-havo  ochiq,  yaxshi bo‘lsa,  bolalar sog‘lig‘ini mustah­
kamlash  maqsadida  klub  mashg‘ulotlarini  sayr nuqtayi  nazaridan 
tashkil  qilish  mumkin.  Asosan  maktablarda  16.00  da  peshingi 
choy  tashkil  etiladi.
II  variant
Bolalami  qabul  qilish.  sayr,
o ‘yinlar,  maktab  atrofida  mehnat 
8.30—9.30
Uy  vazifalarini  tayyorlash 
9.30—10.30(11.00)
Ikkinchi  nonushta 
11.00—11.15
Klub  soati 
11.15-12.15
Sayr,  tushki  ovqat,  maktabga,  ya’ni
darsga  borish 
12.15-13.30  (14.00)
Agar maktabda kichik yoshdagi  (I—II)  sinf o‘quvchilarini ux- 
latish  imkoniyati bo‘lsa,  uyqu  uchun vaqt  sayr qilish va  qiziqish-
105

lari  bo‘yicha  o ‘tkaziladigan  mashg‘ulotlarning  qisqartirilishi 
hisobiga  uyushtiriladi.
Uyqu  qo‘shilganda  kun  tartibi  quyidagicha  tuziladi:
Guruhga  kelish 
12.15—12.30
Sayr 
12.30—13.30
Tushki  ovqat 
13.30—14.00
Uyqu 
14.00-15.00
Dars  tayyorlash 
15.00(15.30)—16.00(16.30)
Klub  mashg‘ulotlari
yoki  ikkinchi  sayr 
16.30—17.30
Uyga  ketish 
17.30—18.00
Ilg‘or  maktab  ma’muriyati  va  pedagoglar  sinf  hayoti  kun 
tartibini bolalaming oiladagi sutkalik hayoti tartibi bilan moslash- 
tirgan  holda  tuzmoqdalar.
Bu  quyidagicha:
Rejim vaqti
I  sinf
II—III sinflar
7.00-7.30
7.30-8.00
8.00-8.30
8.30-17.30 
18.00-19.00
19.30-20.30
20.30-21.00
0
‘rindan  turish,  yuvinish, 
badantarbiya,  o ‘rinni 
yig‘ishtirish
0 ‘rindan  turish,  yuvinish, 
Nonushta,  maktabga 
badantarbiya 
tayyorgarlik,  kiyinish
Nonushta,  maktabga  kelish 
Sayr,  maktabga kelish
Sinfdagi  va  guruhdagi  mashg‘ulotlar
Sayr,  dam  olish,  oila  ishlariga  yordam,  kechki  ovqat
0
‘qish,  erkin  mashg‘ulotlar,  oilaga  yordam.
(30  daqiqalik  sayr  ham  bo‘lishi  mumkin)
Uyquga  tayyorgarlik,  uyqu
1986-yilning  1-sentabridan  boshlab  olti  yoshli  bolalami  asta- 
sekin  bosqichma-bosqich  1-sinflarga  qabul  qilish  boshlandi. 
Bunday  sinflar  maktablar  qoshida,  bolalar  bog‘chalarida  ochil- 
di.  0 ‘sha  yili  birinchi  sinflarda  71,1  ming  olti  yoshli  bola, 
shundan  54,1  ming  bola  maktablarda,  17  ming  bola  bolalar 
bog‘chalarida  o‘qiy  boshladi.
1-sinfda bolalaming o‘qish muddati  32  o‘quv haftasidan iborat 
bo‘lib,  olti yoshli bolalarga  faqat birinchi  smenada  ta’lim berildi. 
Bolalar  uchun  maktab  rejimini  ratsional  tashkil  etish  katta 
ahamiyat kasb  etadi.  6 yoshli bolalar maktabda soat  17—18  gacha
106

qolishadigan bo‘lishsa,  ular,  albatta kunduzi  2  soat uxlashlari,  2— 
3  soat  faol  dam  olib,  sayr  qilishlari,  jismoniy  sog‘lomlashtiiish 
mashg‘ulotlari  bilan  shug‘ullanishlari  va  3  marta  ovqatlanislilari 
kerak.
0 ‘quv  yili  davomidagi  jadvalni  tuzishda  maktabning  barcha 
o‘quvchilariga  ko‘zda  tutilgan  ta’tillardan  tashqari  23-fevraldan 
boshlab bir haftalik qo‘shimcha ta’til o‘tkazish ham tavsiya etiladi. 
To‘g‘ri  rejimni  tashkil  etish  uchun  maktablarda  ham,  maktab- 
gacha  tarbiya  bolalar  muassasalarida  ham  optimal  sharoitlar 
yaratish,  maktab  va  bolalar  bog‘chasi  ish  rejimiga  xalaqit  ber- 
maslik  uchun  olti  yoshlilar  doirasini  belgilab  qo‘yish  lozim.
Takror  aytamizki,  olti  yoshli  bolalaming  kuni  uzaytirilgan 
guruhlarda  qancha vaqt bo'lishi va ketish tartibi  maktab  direktori 
hamda  ota-onalaming  o‘zaro  fikr  almashuvi  bilan  belgilanadi.
Sobiq pedagogika  fanlari Akademiyasi bolalar va  o‘smirlar  fi- 
ziologiyasi  ilmiy  tadqiqot  instituti  6  yoshli  tayyorlov  sinflarining 
kuni uzaytirilgan guruhlari uchun quyidagi taxminiy kun tartibini 
tavsiya  etadi:
13.00—13.30  tushlik;
13.30—15.30  uyqu;
15.30—15.45  о‘mini  yig‘ishtirish;
15.45—16.20  o‘zlari  qiziqqan  mashg‘ulotlar  bilan  shug‘ul- 
lanish,  tinch  o‘yinlar  o‘tkazish;
16.20—16.40  peshingi  ovqat;
16.40—18.00  sayr  qilish,  ochiq  havoda  harakatli  o‘yinlar.
Ta’tillar  davrida  va  shanba  kunlari  ertalabki  soatlami  o‘zlari 
qiziqqan mashg‘ulotlami bajarishga,  sayohatlar,  uzoq vaqth sayrlar 
hamda ochiq havoda badantarbiya va harakatli o‘yinlar o‘tkazishga 
ajratish  maqsadga  muvofiqdir.
Maktab-intematning kundalik tartibi umumiy ta’lim maktabi- 
ning kundalik tartibidan ancha  farq  qiladi.  Ya’ni,  u o‘quvchining 
yarim kunini emas,  balki butun kunini qamrab oladi.  Shuningdek, 
o‘quvchilaming  sinfdan  tashqari  mashg'ulotlarini  tashkil  etish, 
ulami maqsadga muvofiq ravishda ovqatlantirish va organizmlarini 
chiniqtirish  uchun  qulay  sharoitlar  vujudga  keltiradi  (105-betga 
qaralsin).
Kundalik  tartibning  maktab-intemat  tarbiyalanuvchilari  bo­
lalaming ochiq havoda bo‘ladigan paytlar bilan bog‘liq jihatlariga
107

alohida  e’tibor  berishlari  kerak.  Kichik  yoshdagi  o‘quvchilar 
3,5—4  soat,  yuqori  sinflarning  tarbiyalanuvchilari  esa  2—2,5 
soat  ochiq  havoda bo‘lishlari  lozim.  Buni  amalga oshirish uchun 
ayrim  fanlarni,  ya’ni  badantarbiya,  biologiya,  geografiya  darsla- 
rini  tez-tez  sinfdan  tashqarida  o ‘tkazish  foydalidir.  Maktab- 
intematning  shiyponlaridan  tizimli  ravishda  foydalanish  lozim. 
Ko‘pgina  to ‘garaklar  va  sport  seksiyalari  mashg‘ulotlarining 
sinfdan  tashqarida  o‘tkazilishi,  turli  xil  sayohatlarga  chiqish  — 
bularning  hammasi  bolalarning  ochiq  havoda  bo‘lish  vaqtini 
ancha  uzaytirish  imkoniyatini  beradi.  Agar  kuni  uzaytirilgan 
IV—VIII  sinflarning  kundalik  rejimida  asosiy  e’tibor 
0‘quvchi- 
laming  maktabdagi to‘garak  ishlarida ishtiroki,  maktab ustaxona- 
sida  ishlashi,  otaliqqa  olingan  tashkilotlarga  yordam  qilish, 
ijtimoiy-foydali  mehnatga jalb  qilinishi,  uy  ishlarida  yordamla- 
shishi  kabi  ishlarga  qaratilsa,  I—III  sinflarnikida  esa  asosan 
harakatli  o‘yinlar o‘ynash,  diafilm va  kinofilmlar ko‘rish,  sayohat 
va  sayillar  tashkil  etish,  o‘z-o‘ziga  xizmat  qilish  kabilar  asosiy 
o‘rinni  egallaydi.  Kuni  uzaytirilgan  sinf va guruhlarning tarbiya- 
chilaridan  kundalik  tartibdan  ijodiy  foydalanish  va  o‘quvchilar 
guruhini  hisobga  olish  talab  qilinadi.  Agar guruh  I—II—III  sinf 
o‘quvchilaridan  tuzilgan  bo‘Isa,  u  vaqtda  pedagog-tarbiyachi 
I—II  sinflar  va  III  sinflar  uchun  tuzilgan  kundalik  tartiblardan 
ijodiy  foydalanishi  lozim.  Masalan,  III  sinflarda  5  soat  dars 
boiganda,  pedagog-tarbiyachi  I—II  sinf bolalari  bilan  ishlashi, 
I—II  sinf  bolalari  uxlagan  vaqtda  esa  III  sinf  bolalari  bilan 
kundalik  tartibda  ko‘rsatilgan  tadbirlarni  amalga  oshirishi  mum­
kin.  Kuni  uzaytirilgan  guruhlar  II—III  sinf  o‘quvchilaridan 
tashkil topgan bo‘lsa,  kundalik tartibdagi  tadbirlarni  to‘la  amalga 
oshirishga  maktab  «Kamalak»  tashkiloti  va  «Kamolot»  YIHni, 
o‘quvchilar  jamoasi  faollarini,  gumh  yetakchilarini  jalb  qilish 
maqsadga  muvofiqdir.
Kuzatishlarimiz  yuqoridagi  kundalik tartibda  ish  olib borilgan 
sinf va guruh o‘quvchilarining yuqori  o‘zlashtirishga erishayotgan- 
larini  ko‘rsatdi.  Lekin  bunday natijaga osonlik bilan  erishilmaydi. 
Buning uchun kundalik tartibda  ko‘rsatilgan  barcha tadbirlaming 
bajarilishi  yoki  o ‘tkazilishini  maktab  m a’muriyati,  maktab 
shifokori,  ota-onalar  va jamoatchilik  nazorat  qilib  borishi  va  bu 
tadbirlaming  amalga  oshirilishiga  har  tomonlama  yordamla- 
shishlari  zarur.
108

Bolalaming  yoshi  qanchalik  kichik  bo‘lsa,  ular  shunchalik 
ko‘proq  uxlashlari  kerak.  Bolaning  yoshi  ulg‘aygan  sari  uyqu 
muddati  kamaya  boradi,  7—9  yashar  bolalar  10,5—11  soat, 
10—12  yashar bolalar 9,5—10  soat,  13—15  yashar bolalar esa  9— 
9,5  soat  uxlashlari  lozim.  Buning  uchun  bola  kechki  9—10  dan 
kechikmay  uxlashga  yotishi  zarur.  Bola  uxlaydigan  xona  yaxshi 
shamollatilgan,  shovqin eshitilmaydigan bo‘lishi hamda xonaning 
harorati  18°C  dan  oshmay,  unda  ko‘p  bolalar  yotmasligi 
maqsadga muvofiqdir.  Agar maxsus ajratilgan xonalar yetishmasa, 
u  holda veranda,  zal,  sinf xonasi va  zal tipidagi joylardan bolalar 
uxlaydigan  xona  sifatida  foydalanish  mumkin.  Buning  uchun 
yig‘ma  mebellar  bo‘lishi  kerak.
RF  Pedagogika  fanlari  Akademiyasining  badantarbiya  va 
maktab  gigiyenasi  ilmiy  tekshirish  instituti  kuni  uzaytirilgan 
maktablar uchun tuzilgan kundalik tartibda bolalaming kunduzgi 
uxlash  muddatining  1  soat  bo‘lishini  tavsiya  etadi.
Ba’zi  maorif xodimlari  kunduzgi uxlash  uchun bir soat  emas, 
balki  1  soat-u  30  daqiqa  lozimligini  ta’kidlaydilar.  0 ‘zbekiston 
sharoitida esa bolalami qish oylarida  1  soat,  yoz  oylarida kunning 
uzayishi  munosabati bilan  1  soat-u  30  daqiqa  uxlatish  ma’quldir. 
0 ‘quv  yilining  boshida  ba’zi  tushunmovchiliklar  natijasida  kuni 
uzaytirilgan  ayrim  maktablar  rejimida  bolalar  tushki  ovqatdan 
keyin  biror  ish  bilan  shug‘ullanmay  darhol  uxlashga  yotqizilsa, 
ular  tinch  uxlay  olmaydi  va  yaxshi  dam  ololmaydi.  Shuning 
uchun  tushki  ovqatdan  keyin  bolalar  toza  havoda  dam  olishlari 
yoki  biror  foydali  ish  bilan  shug‘ullanishlari  zarur.
Ovqatlanishni  to ‘g‘ri  tashkil  qilish  kishi  salomatligining 
garovidir.  Shuning  uchun  ham  kuni  uzaytirilgan  sinf va  guruh­
larda  bolalaming  kun  bo‘yi  maktabda  bo‘lishini  e’tiborga  olib, 
ularning  kun  tartibi  rejim  asosida  ovqatlanishini  ta’min  etish 
muhim  masalalardan  biridir.  Bunda  birinchi  navbatda  bolalar 
taomining  xilma-xil  bo‘lishiga  alohida  ahamiyat  berish  zamr. 
Chunki  taomning  xilma-xilligi  o‘quvchilarning  ishtaha  bilan 
ovqatlanishiga  ijobiy  ta ’sir  ko‘rsatadi  va  uning  yaxshi  hazm 
bo‘lishini  ta’minlaydi.  7—11  yoshli  bolalaming bir sutkalik ovqat 
ratsionida  75—80  gramm  oqsil,  75—80  gramm  yog‘,  280—300 
gramm shakar moddalari,  12 yoshdan  15 yoshgacha bolalar ratsi­
onida  esa  90—100  gramm  oqsil,  90—100  gramm  yog‘,  270—420 
gramm shakar moddalari bo‘lishi  maqsadga muvofiq hisoblanadi.
109

Yog‘  energiya va issiqiikni ko‘p miqdorda beradi.  Agar ovqatda 
yog‘  kam bo‘lsa,  ishlash  qobihyati yomonlashadi,  tez  charchaydi, 
yuqumli kasalliklarga  qarshiligi pasayadi.  Demak,  yog‘  organizm- 
ning  normal  o‘sishi  uchun  zarurdir.
Bola  organizmining  normal  faoliyati  uchun  suv,  mineral 
tuzlar,  vitaminlar  ham juda  zarur.  Maktab  yoshidagi  bolalar  bir 
sutkada  har  bir  kilogramm  og‘irligi  hisobiga  50  ml  ga  yaqin  suv 
iste’mol qihshlari kerak.  Ovqatlardagi suyuqliklar ham shu hisobga 
kiradi.  Ayniqsa,  ko‘proq  sabzavotlar  bilan  ta’minlashga  e’tibor 
berish  lozim.  Ovqatning  kaloriyasi  sutka  davomida  sarflangan 
energiya  o‘mini  qoplabgina  qolmay,  balki  bolalaming  aqliy  va 
jismoniy jihatdan  to‘g‘ri  va  normal  o‘sishini  ham  ta’min  etmog‘i 
lozim.  Shuning  uchun  ham  o‘quvchilarga  to‘yimli  ovqat  berish 
zarur.  Chunki  ular katta  yoshdagi  kishilarga  nisbatan  tez  va  ko‘p 
harakat  qiladilar.  Bundan tashqari  o‘qish,  dars  tayyorlash jarayo­
nida  kuniga  I—IV  sinf  o ‘quvchilari  5—6  soat,  V—VIII  sinf 
o‘quvchilari  7—8  soat  aqliy  mehnat  bilan  band  bo‘ladilar.
Ovqat  rejimini  tuzishda  ovqatning  miqdorigina  emas,  balki 
uning  sifatini,  mazasini  ham  nazarda  tutish  va  o‘quvchilaming 
ovqatlanish  vaqtini  aniq  gigiyenik  talablarga  mos  qilib  belgilab, 
o‘quvchilami  sutkada  4  marta  ovqatlantirish  lozim.
Biror  bola  oldiga  qo‘yilgan  taomni  oxirigacha  yemasa,  ba’zi 
tarbiyachilar  sababini  so‘ramasdan  «yemasdan  oshxonadan 
chiqmaysan»  deb,  turib  oladilar.  Bu  xato,  albatta.  Chunki  bola- 
ning kayfiyati,  salomathgi  doimo bir xilda bo‘lavermaydi.  Ovqatni 
yemasa,  yegin  deb  majbur  qilish,  boshqacha  aytganda,  majburan 
yeyilgan  ovqat ba’zan  bolaning  salomatligiga  zarar keltirishi  ham 
mumkin.  Masalan,  Toshkent  shahridagi  kuni  uzaytirilgan 
guruhlardan  birida  tarbiyachi  o ‘z  gumhida  Sh.  ismli  bolani 
oldidagi  taomni  oxirigacha  yemaganini  ko‘rib  «oxirigacha 
yemasdan joyingdan  turmaysan»  deb,  uning  tepasida  turib  oldi. 
Sh.  istar-istamas  o‘zini  zo‘rlab  yeya  boshladi  va  yeb  tugat- 
masdanoq qayt  qihb tashladi.  Shifokorga murojaat qilishga to‘g‘ri 
keldi.  Bola  ikki  kunga  qadar  o‘zini  og‘ir  sezib  yurdi.
Keragidan  ortiq  berilgan  taomdan  bola  esnay  boshlaydi  va 
tez  uxlab  qoladi.  Uyqudan  esa  og‘ir  bo‘Ub  turadi.  Bunday  holda 
bola  ishga  ham,  darsga  ham,  hatto  o‘yinga  ham  qiyinlik  bilan 
kirishadi.  Shu  sababli maktab  direktori,  ota-onalar,  tarbiyachilar,
Download 115.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling