K. hoshimov kuni uzaytirilgan guruhlarda ta
Download 115.68 Kb. Pdf ko'rish
|
110 asosan, maktab shifokori o‘quvchilaming qanday taomlar iste’mol qilishlaridan doimo xabardor bo‘lib turishlari zarur. Bolalarning o‘z vaqtida to‘g‘ri ovqatlanishlarini ta’minlash uchun kuni uzaytirilgan sinf va guruhlar juda qulaydir. Akademik I. P. Pavlovning «faqat ishtaha bilan yeyiladigan taomgina normal va foydali bo‘la oladi» degan so‘zlariga kuni uzaytirilgan sinf va guruhlarda doimo amal qilinmog‘i lozim. 0 ‘quvchilaming ishtaha bilan ovqatlanishini ta’minlash uchun ularning ta’bi va milliy xususiyatni hisobga olish katta ahamiyatga ega. Maktab oshxonalari ko‘proq o‘zbek milliy taomlari tayyor- lashi zarur. Kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, ayrim kuni uzaytirilgan sinf va guruhlarda bolalami ovqatlantirish qoniqarli emas. Bu sinf va guruhlarda bolalar bir martagina ovqatlantiriladi, ya’ni bola 5—6 soat orasida faqat bir mahal ovqat yeydi. Bunday ovqat- lanishni normal ovqatlanish, deb bo‘lmaydi. Kichik yoshdagi o‘quvchilar organizmi har 3—4 soatda ovqatlanishni talab qiladi. Shuning uchun bola ovqatni oz-oz, ammo tez-tez yeb turishi kerak. Agar katta yoshdagi odam uchun 3 marta ovqatlanish kifoya qilsa, kichik yoshdagi 0 ‘quvchilar kuniga kamida 4 marta ovqatlanishlari lozim. Shu tufayli mavjud imkoniyatlardan foydalanib, bolalami maktabda bir marta ovqatlantirishdan ikki marta ovqatlantirishga ko‘chish kerak. Toshkent shahar Shay- xontohur tumanidagi 157-maktabning pedagoglar jamoasi ota- onalar bilan kelishib, o‘quv yilining boshidan bolalarga ikki mahal ovqat bera boshladi. 0 ‘quv yilining birinchi choragida bolalarga soat 1300 va 1700 da ovqat berildi. Lekin bu sanitariya-gigiyena talablariga, pedagogik maqsadga to‘la javob bermagach, maktab jamoasi bolalami soat l l 30 da, so‘ngra esa soat 1400 da ovqat- lantiradigan bo‘ldilar. Bu tartib bolalarning salomatligiga, unumli ishlashiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Sutkalik kun tartibining bolalar hayotida odat tusiga kirib borishi uchun o‘qituvchi, pedagog-tarbiyachi va ota-onalar bir xilda talab qo‘yib, ish olib borishlari kerak. Buning uchun o‘qi- tuvchi va pedagog-tarbiyachilaming ota-onalar bilan munta- zam ish olib borishlari talab qilinadi. Bolaning sog‘lom o‘sishi, ularning ish qobiliyatini kuchaytirishi uchun sutkali kun tartibiga rioya qilmaslik holatlari va uning oqibati haqida vaqti-vaqti bilan ota-onalarga xabar berib turadilar. Ayniqsa, bahor faslida o‘quv- 111 chilarmng kech uxlashi, vaqtida kechki ovqatga kelmaslik holatlari ko‘plab uchraydi. Bu esa o‘quvchining ish faoliyatini susaytiradi. Bunday vaqtlarda ota-onalar o‘z farzandlarini nazorat qilishlari lozim. Rejim muammolarini ota-onalar bilan hal qilib, ularga o‘quvchilaming vaqtini ratsional o‘tkazish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatishi lozim. Chunki barcha ota-onalar ham farzandining kunlik tartibini gigiyenik jihatdan to‘g‘ri tashkil etishga, aqliy mehnatni jismoniy mehnat, sport bilan bog‘lab olib borish ke- rakligiga birdek e’tibor beravermaydilar. «Insonning sihat-salo- matligi to ‘g‘risida, ayniqsa, bolaning sihat-salomatligi haqida qayg‘urish — bu sanitariya-gigiyena normalari va qoidalarining oddiy yig‘indisigina emas, balki rejimga, ovqatlanishga, mehnatga, dam olishga bo‘ladigan talablaming yig‘indisi hamdir. Bu, awalo, barcha jismoniy va ma’naviy kuchlaming to‘la uyg‘unligi to‘g‘- risidagi g‘amxo‘rlikdirki, ijod, quvonch ana shu uyg‘unlikning tojidir»1, — degan edi pedagog V. Suxomlinskiy. Biz quyida sutkalik kun tartibining namunalarini ilova sifatida keltira- miz. 1 Suxomlinskiy V «Tarbiya haqida», Т., 1977. 57-bet. I L О У A L A R Birinchi smenada o‘qiydigan kuni uzaytirilgan I—II sinf guruh o‘quvchilari uchun quyidagicha sutkalik kun tartibini tuzish mumkin: T/r Mashg‘ulot turlari Vaqti 1 Uyqudan turish 7.30 2 Jismoniy mashqlar bajarish va 0 ‘rinni yig‘ishtirish 7.30-8.00 3 Nonushta 8.00-8.20 4 Maktabga kelish va ertalabki yig‘ilish 8.20-9.00 5 Dars jarayoni 9.00-12.40 6 0 ‘quvchilami qabul qihsh, ochiq havoda sayr qilish, dam olish, tushki ovqatga tayyorgarlik 12.40-13.00 7 Tushki ovqat 13.00-13.30 8 Ochiq havoda bo‘lish; sayr, о‘yin, ekskursiya 13.30-14.00 9 Kunduzgi uyqu 14.00-15.00 10 Ochiq havoda bo'lish: yuvinish, sayr, o‘yin 15.00-15.30 11 Peshingi ovqat 15.30-15.45 12 Uy vazifasini mustaqil bajarish 15.45-16.45 13 Bo‘sh vaqt: turli to‘garaklarga qatnashish va o‘zlari qiziqqan ishlar bilan shug‘ullanish 16.45-17.30 14 0 ‘z-o‘ziga xizmat qihsh, sinflami tozalash va uyga ketish 17.30-18.20 15 Kechki ovqat 18.20-18.40 16 Toza havoda sayr qihsh va turli o‘yinlar o‘ynash 18.40-19.10 17 Televizor ko4rish, radio tinglash va dam olish 19.10-20.30 18 Uyqu oldidan toza havoda sayr qihsh 20.30-21.30 19 Uyqu 21.30 113 Ikkinchi smenada o ‘qiydigan kuni uzaytirilgan I—II sinf, guruh o ‘quvchilari uchun quyidagicha sutkalik rejim tuzish mumkin: T/r Mashg‘ulot turlari Vaqti 1 Uyqudan turish 7.30 2 Jismoniy mashqlar bajarish va o‘rinni yig‘ishti- rish 7.30-8.00 3 Nonushta 8.00-8.20 4 Maktabga kelish va ertalabki yig‘ilish 8.20-9.00 5 Uy vazifasini mustaqil bajarish 9.30-10.30 6 Yarim nonushta 10.30-10.45 7 Bo‘sh vaqt: turli to‘garaklarga qatnashish va o‘zlari qiziqqan ishlar bilan shug‘ullanish 10.45-11.30 8 Kunduzgi uyqu (uxlatish imkoniyati boimasa, toza havoda turli o‘yinlar bilan shug‘ullanish, sayr qilish) 11.30-12.30 9 Toza havoda sayr, o‘yin, ekskursiyalar 12.30-13.30 10 Tushki ovqat 13.30-14.00 11 Dars jarayoni 14.00-17.40 12 0 ‘z-o‘ziga xizmat qilish, sinflami tozalash va uyga ketish 17.40-18.20 13 Kechki ovqat 18.20-18.40 16 Toza havoda sayr qilish va turli o‘yinlar o ‘ynash 18.40-19.10 17 Televizor ko‘rish, radio tinglash va dam olish 19.10-20.30 18 Uyqu oldidan toza havoda sayr qilish 20.30-21.30 19 Uyqu 21.30 114 Birinchi smenada o‘qiydigan kuni uzaytirilgan III—IV sinf, guruh o ‘quvchilari uchun quyidagicha sutkalik rejim tuzish mumkin: T/r Mashg‘ulot turlari Vaqti 1 Uyqudan turish 7.30 2 Jismoniy mashqlar bajarish va o‘rinni yig‘ishti- rish 7.30-8.00 3 Nonushta 8.00-8.20 4 Maktabga borishga hozirlik ko‘rish 8.20-8.40 5 Maktabga kelish va ertalabki yig'ilish 8.40-9.00 6 Dars jarayoni 9.00-12.40 7 0 ‘quvchilami qabul qilish. Ochiq havoda sayr qilish, dam olish, tushki ovqatga tayyorgarlik ko‘rish 12.40-13.00 8 Tushki ovqat 13.00-13.30 9 Ochiq havoda bo‘lish (o‘yin, sayr va ijtimoiy foydali mehnat) 13.30-15.00 10 Peshingi ovqat 15.00-15.15 11 Uy vazifasini mustaqil bajarish 15.15-16.45 12 Bo‘sh vaqt (turli to‘garaklarga qatnashish va o‘zlari qiziqqan ishlar bilan shug'ullanish) 16.45-17.30 13 0 ‘z-o‘ziga xizmat qilish, uyga borish 17.30-18.10 14 Kechki ovqat 18.10-18.30 15 Uy ishlarida ota-onalarga yordam berish, o‘zi yoqtirgan foydali ishlar bilan shug'ullanish 18.30-19.30 16 Badiiy kitob, gazeta o'qish, televizor ko‘rish, radio tinglash 19.30-20.50 18 Uyqu oldidan toza havoda sayr qilish 20.50-21.30 19 Uyqu 21.30 115 Ikkinchi smenada o ‘qiydigan kuni uzaytirilgan III—IV sinf, guruh o ‘quvchilari uchun quyidagicha sutkalik rejim tuzish mumkin: T/r Mashg6ulot turlari Vaqti 1 Uyqudan turish 7.30 2 Jismoniy mashqlar bajarish va o‘rinni yig'ishtirish 7.30-8.00 3 Nonushta 8.00-8.20 4 Maktabga borishga hozirlik ko‘rish 8.20-8.40 5 Maktabga kelish, sayr qilish 8.40-9.00 6 Uy vazifasini mustaqil bajarish 9.00-10.30 7 Nonushta (yarim nonushta) 10.30-10.45 8 Bo‘sh vaqt (turli to‘garaklarga qatnashish, o£zlari qiziqqan ishlar bilan shug'ullanish) 10.45-12.30 9 Ochiq havoda bo‘lish (o‘yin, sayr va ijtimoiy-foydali mehnat) 12.30-13.30 10 Tushki ovqat 13.30-14.00 11 Dars jarayoni 14.00-17.40 12 Sinflami tozalash, o‘z-o‘ziga xizmat qilish va uyga ketish 17.40-18.20 13 Kechki ovqat 18.20-18.40 14 Uy ishlarida ota-onalarga yordam berish, o‘zi yoqtirgan foydali ishlar bilan shug‘ullanish 18.40-19.40 15 Badiiy kitob, gazeta o‘qish, tele vizor ko‘rish, radio tinglash 19.40-21.00 16 Uyqu oldidan toza havoda sayr qilish 21.00-21.30 17 Uyqu 21.30 Xulosa qilib aytganda, kundalik tartib har tofnonlama o‘ylab, mavjud sharoit hisobga olingan holda tuzilsa va unga doimo amal qilinsagina, u tarbiyalanuvchilaming aqliy va jismoniy mehnat qilish qobiliyatini oshiradi, shuningek, ulaming sog‘lig‘ini, iroda va xarakterini mustahkamlaydi, o‘qishga ham, dam olishga ham, o‘z-o‘ziga xizmat qilishga ham, o‘ynashga ham, oilaviy ishlarga yordam berishga ham vaqt yetadi. 116 KUNI UZAYTIRILGAN SINF, GURUH VA MAKTAB- INTERNAT ISHLARINI HUJJATLASHTIRISH Kuni uzaytirilgan sinf, guruh va maktab-intemat muassasa- larida barcha ta’lim-tarbiya hamda xo‘jalik ishlarini hujjatlash- tirish muhim ahamiyatga ega. Maktab rahbarlari tarbiyachi va ota-onalar bu tipdagi maktablarda ta’lim-tarbiya ishi samara- dorligini oshirish uchun olib boradigan ishlar quyidagicha bo‘lgandagina qabul qilingan mavjud qonun-qoidalari asosida ishlashni taqozo qiladi. Kuni uzaytirilgan sinf va guruhlar tuman, shahar xalq ta’lim, bo‘limi tomonidan belgilangan miqdorda tashkil qilinadi. Buning uchun o‘z farzandlarini berishni istagan ota-onalar yoki ular o‘rnini bosuvchi shaxs 1-iyundan 15-avgustga qadar maktab direktori nomiga ariza yozadi. Arizada o‘z farzandini kuni uzay tirilgan sinf, guruh yoki maktab-intematga berish sababi ko‘rsati- ladi. Ariza namunasi: Zomin tuman 1-o‘rta maktab direktori Karimov Valiga shu tumanda istiqomat qiluvchi Ochilov Ahmaddan ARIZA Oilamizda men va turmush o ‘rtog‘imning korxonalarda ishla- shimiz sababli, farzandimiz 1-sinf o ‘quvchisi Ochilov Shodmonni kuni uzaytirilgan о ‘quv guruhiga qabul qilishingizni iltimos qilaman. Sana va imzo 117 Maktab rahbariga Ota-onalar (ismi, sharifl)dan ARIZA Mening farzandim (bolaning ismi sharifi, sinfi)ni XHKUGga qabul qilishingizni s o ‘rayman. (fani к о ‘rsatilgan) haftaning quyidagi kunlariga (m uddati k o ‘rsatiladi) haftasiga... soat. Har bir ariza maktab ma’muriyati tomonidan ко‘rib chiqilib, 20-avgustga qadar bolaning qabul qilinishi yoki qabul qilinmasligi haqida ota-onalarga javob qaytariladi. 25-avgustga qadar sinflar, guruhlar tashkil etilib, shu kundan maktab ma’muriyati buyruq chiqaradi. Buyruq namunasi: BUYRUQ № ...Zomin tuman 1-son o ‘rta maktab boyicha. Ota-onalar tomonidan tushgan arizalarga muvofiq maktab qoshida quyidagicha o ‘quv kuni uzaytirilgan sinf va guruhlar tashkil qilinsin: l - § Quyidagi о ‘quvchilar 1-sinfning kuni uzaytirilgan guruhiga qa bul qilinsin: 1. Ochilov Shodmon. 2 . 3. 4. va hokazo. 2 -§ Quyidagi о ‘quvchilar 2-sinfning kuni uzaytirilgan guruhiga qa bul qilinsin: 1. Musayev Eson. 2 . 3. 4. va hokazo. Yoki boshqacha nusxasi: 118 Shu tariqa maktabda nechta sinf yoki guruh bo‘lsa, shuncha paragrafda buyruq beriladi. Buyruq tagida ota-onalar arizasi buyruq uchun asos ekanligi ta’kidlanadi. Shuning uchun arizalar doimo maktab direktorida saqlanishi kerak. 0 ‘quv yili davomida biror o‘quvchining sinf yoki guruhdan chiqib ketishi zarur bo‘lsa, ota-ona maktab direktori nomiga ariza yozadi va shu ariza asosida buyruq chiqariladi. Yangi o‘quvchi qabul qilish kerak bo‘lsa ham ariza va buyruq bilan rasmiylashtiriladi. Buyruq maktab buyruqlar kitobiga kiritilishi shart. Shu buyruq berilgan kundan boshlab tarbiyachi yoki boshqa shaxslarga ish haqi to‘lanadi. Agar kuni uzaytirilgan sinf yoki guruh birinchi sentabrdan ishlab, buyruq 20-sentabrda berilsa, maktab ma’muriyati tarbiyachilarga 20 kunlik ish haqini to‘lashdan mahrum bo‘ladilar. Sinf yoki guruh jurnali. Respublika xalq ta ’limi vazirligi ko‘rsatmalariga muvofiq kuni uzaytirilgan sinf yoki guruh haftasiga har kuni 5 soatdan yoki 5 kunda 6 soatdan ishlashi kerak. Bu ish uchun tarbiyachiga bir stavka ish haqi to‘lanadi. Kuni uzaytirilgan sinf yoki guruhda maxsus jurnal yuritiladi. U sinfning oddiy jurnallariga o‘xshagan bo‘lib, kuni uzayti rilgan sinf va guruh ishiga moslashtirilgan1. Tarbiyachi tomo nidan har kuni shu jurnalga besh soatlik ish mazmuni va o'quvchilarning bor-yo‘qligi qayd qilib boriladi. Ayniqsa, jur- nalda o ‘quvchilarni yo‘qlama qilishga alohida e’tibor berish kerak. Mashg‘ulotga kelmagan bolani jurnalda kelmaganini qayd qilish va bir ilojini topib, uning kelmaganligi haqida uyiga xabar berish har qanday noxush voqealar yuz berishining oldini oladi. Aks holda, kelmagan o‘quvchi bilan shu vaqtda biror baxtsiz hodisa ro‘y bersa, maktab va tarbiyachi javobgarlikdan soqit bo‘lmaydi. Uzaytirilgan sinf va guruh jumalini maktab rahbarlari vaqti- vaqti bilan tekshirib, u haqdagi fikr va mulohazalarini jurnalda qayd qilib qo‘yishlari lozim. Jumal moliyaviy hujjat hisoblanadi. U tarbiyachiga to'langan haqning to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligini isbot qila oladigan darajada bo‘lishi kerak. 1 Jurnal 10 yil ilmiy bo‘lim mudiri qo'lida va 40 yil maktab arxivida saqlanadi. Shu muddat davomida moliya yoki boshqa tekshiruv xodimlari tomonidan reviziya qilinishi mumkin. 119 Bolalami ovqatlantirish qonun va qoidalari. Kuni uzaytiril gan sinf, guruh o ‘quvchilari ikki mahal, maktab qoshidagi internat o‘quvchilari har kuni to ‘rt mahal issiq ovqat bilan ta’minlanishi shart. Bu davlat hujjatlarida maxsus qayd qilingan. Ma’lumki, ovqat ota-onalar hisobidan bo‘lishi kerak. Ovqat narxi ota-onalar xohishiga ko‘ra qoidada ko‘rsatilgan past narxda bo‘lishi mumkin. Bu narx maktab ma’muriyati va ota-onalar hamkorligida aniqlanadi. Kuni uzaytirilgan maktab guruh va intematlarda ovqat puli har oyning boshida besh kundan kechiktirmay to‘lanishi kerak. Ayrim hollardagina direktor tomonidan buyruq bilan tayinlab qo‘yilgan shaxs qo‘hga pul topshirihshi mumkin. Markazlashgan buxgalteriya esa bu shaxs nomiga to‘lov xabamomasini to‘ldiradi. Pul hisobi 2-ilovada ko‘rsatilgan forma asosida maxsus kitob- daftarda olib boriladi. To‘plangan pul uch kun davomida tegishli tashkilot hisobiga davlat banki orqali o‘tkazilishi zamr. Pulni bankka topshirmasdan xarajat qihnishi mumkin emas. Maktab qoshidagi intematlar oshxonalariga (zarur yordam- chi xonalar, shtatlar bo‘lsa) ota-onalar tomonidan to‘lanadigan ovqat puli o‘miga mahsulot topshirilishi mumkin. Qabul qilishda uchta kirish orderi to‘ldirilib, biri buxgalteriyaga, biri qabul qiUb olgan kishiga, biri topshirgan kishiga beriladi. Unda mahsulotning turi, nomi, necha kilogrammligi, narxi, topshirgan kuni aniq ko‘rsatiladi. Fermer otahq tashkilotlari va maktab tajriba uchastkasidan tushgan mablag‘ ham mavjud hisobga o‘tkaziladi. Agar mahsulot bo‘lsa «nakladnoy» orqali topshiriladi. Agar oshxonada ishlovchi shaxslar uchun shtat bo‘lmasa, u holda hamma inventar, mahsulot va pul jamoat yo‘li bilan ovqatlanish tashkilotlariga topshiriladi. U vaqtda bolalar talon bilan ovqatlanadi. Bunda maktab direktori tomonidan maxsus shaxs tayinlanadi. Bu shaxs bolalar soniga qarab, buxgalteriyadan talon olib, tarbiyachilarga tarqatib beradi. Oy oxirida maxsus shaxs talonlarning xarajat qilinganligi haqida hisobot tuzadi. Buning uchun tarbiyachilar bolalarning davomati va talonning qanchasidan foydalanganligi haqida ma’lumot beradi. Bu hisobot asosida buxgalteriya jamoat yo‘li bilan ovqatlanish tashkilotlari, ota-onalar bilan hisoblashadi. 120 Kuni uzaytirilgan guruhlarda ota-onalarning o‘zi jamoatchilik asosida ovqatlanish tashkilotlaridan talon olib, zarur bo‘lishiga qarab, maktabni aralashtirmagan holda tashkil qilishi ham mumkin. Muallif professor Komiljon Hoshimov kuni uzaytirilgan guruhli maktab rahbarlari bilan suhbat o‘tkazmoqda. 121 U C H I N C H I Q I S M KUNI UZAYTIRILGAN SINF, GURUH УА MAKTAB-INTERNATLARDA TA’LIM-TARBIYA ISHINING 0 ‘ZIGA XOSLIGI VA AFZALLIKLARI Kuni uzaytirilgan maktab, sinf, guruhlar ta ’lim-tarbiya tizimining yangi shakli bo‘lib, ular, asosan, umumiy majburiy ta’lim maktablarining amaldagi reja va dasturlari bo‘yicha ish olib borsa-da, bolalarga ta’lim-tarbiya berishda o‘ziga xos xususiyat- larga ega. Bu xususiyatlar quyidagilar bilan izohlanadi: 1. Kuni uzaytirilgan sinf, guruh va intemat tipidagi maktab larda bolalar kun bo‘yi pedagog-tarbiyachilar, «Kamalak» bosh- lang‘ich tashkiloti va «Kamolot» YIH a’zolari nazoratida bo‘la- dilar. Bu ta’lim va tarbiya ishida nihoyatda katta ahamiyatga ega. 2. Bolalar bilan sinfdan va maktabdan tashqarida olib borila- digan tarbiyaviy ishlar uzluksiz amalga oshiriladi. 3. 0 ‘quvchilar faoliyati butun kun bo‘yi, yagona kundalik rejim asosida tashkil etiladi. 4. Bolalarga o‘zini o‘zi boshqarish, rahbarlik qilish va bo‘ysu- nish tamoyillarini singdirish imkoniyatlari nihoyatda keng. 5. 0 ‘quvchilami umumiy ovqatlantirish, ulaming jamoa va ko‘ngilli dam olishlari yo‘lga qo‘yiladi. 6. Jamoatchilik va ota-onalar bilan aloqa yanada yaxshila- nadi. 7. Ta’lim sifatini yuqori darajaga ko‘taradi. Bularning ham- masi kuni uzaytirilgan maktab, sinf va guruhlar umumiy ta’lim maktablaridan bir qancha afzal va samarali ekanligini ko‘rsatadi. Ma’lumki, 0 ‘zbekistonda paxtachilik xalq xo‘jaligining aso siy tarmog‘i hisoblanadi. Ayniqsa, ekish va yig‘im-terim vaqtlarida dala ishlari ancha davom etadi, mehnatkashlar ertadan kechgacha dalada bo‘lishadi. 0 ‘zbek xonadonlarining aksariyat qismi ko‘p bolali oilalardir. Yosh bolalaming bu vaqtda ma’lum muddat qarovsiz qolishi tabiiy. Bunday oilalarga kuni uzaytirilgan sinf- guruhlar, intemat-maktablar juda qo‘l keladi. Lekin shuni ham aytish kerakki, bu ota-onalami bola tarbiyasidan ozod qilmaydi yoki bola tarbiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan mas’uliyatdan xoli 122 etmaydi. Aksincha, bunday maktablar oilada bola tarbiyasiga bo‘lgan talabni yanada oshiradi, uni tashkil etishni yaxshilashda maktab, oila va jam oatchilikning hamkorligi uchun yangi imkoniyat va qulayliklar yaratib beradi. Bola tarbiyasida oilaga kerakli yordam ko‘rsatish imkoniyati kengayadi. Download 115.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling