K. S. Sodiqova Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston


Download 300.83 Kb.
bet16/76
Sana19.11.2023
Hajmi300.83 Kb.
#1786266
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   76
Bog'liq
K. S. Sodiqova Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston-fayllar.org

56-masala. Qizil, tuksiz mevali pomidor o’simliklari sariq, tukli mevaga ega o’simliklar bilan chatishtirilganda, keyingi avlodda olingan o’simliklarning 98 tasi qizil, tuksiz mevaga; 104 tasi qizil, tukli mevaga; 97 tasi sariq, tuksiz mevaga va 101 tasi sariq, tukli mevaga ega bo’lgan. O’rganilayotgan belgilar bo’yicha chatishtirish uchun olingan o’simliklarning genotipini aniq aniqlash mumkinmi? Ularning irsiylanishi haqida nima deyish mumkin?

57-masala. Bangidevonaning qizil gulli, tikansiz ko’sakli o’simliklari oq gulli, tikanli ko’sakka ega o’simliklar bilan chatishtirilganda, keyingi avlodda olingan o’simliklarning 320 tasi qizil gulli, tikanli ko’sakka va 312 tasi qizil gulli va tikansiz ko’sakli bo’lgan. CHatishtirish uchun olingan o’simliklarning genotipini aniqlang.


58-masala. CHeklanmagan shoxli, to’q sariq gulli g’o’za o’simliklari cheklangan shoxli, och sariq gulli o’simliklar bilan chatishtirilganda, keyingi avlodda olingan o’simliklarning 27 tasi cheklanmagan shoxli, to’q sariq gulli; 31 tasi cheklanmagan shoxli, och sariq gulli; 29 tasi cheklangan shoxli, sariq gulli va 26 tasi cheklangan shoxli, och sariq gulli bo’lgan. Ota-ona va F1 o’simliklarining genotipini hamda o’rganilayotgan belgilarning irsiylanish qonuniyatlarini aniqlang.


59-masala. To’q sariq gulli, tuksiz chigitli g’o’za o’simliklari och sariq gulli, chigiti tukli o’simliklar bilan chatishtirilganda, F1 o’simliklari to’q sariq gulli, tuksiz chigitli bo’lgan. F2 , FB avlodlarda o’rganilayotgan belgilarning genotipi va fenotipi bo’yicha qanday natijalar olish mumkin?


60-masala. Boshog’i qiltanoqsiz va qizil bo’lgan bug’doy o’simliklari boshog’i qiltanoqli va oq rangli bo’lgan o’simliklar bilan chatishtirilganda, F1 da olingan o’simliklar qiltanoqsiz va qizil boshoqli bo’lgan. F2 da esa quyidagicha ajralish ketgan:
159 ta qiltanoqsiz, qizil; 48 ta qiltanoqsiz, oq; 57 ta qiltanoqli, qizil; 16 ta qiltanoqli, oq boshoqli qsimliklar.
O’rganilayotgan belgi qanday irsiylanadi? F2 o’simliklarining necha foizi geterozigotali? Tahliliy chatishtirish o’tkazish uchun F1 o’simliklarini qanday fenotipga ega bo’lgan o’simliklar bilan chatishtirish kerak?



Download 300.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling