K. S. Sodiqova Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston


Download 300.83 Kb.
bet24/76
Sana19.11.2023
Hajmi300.83 Kb.
#1786266
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   76
Bog'liq
K. S. Sodiqova Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston-fayllar.org

81-masala. Boshog’ida donlari tig’iz joylashgan va qiltanoqli bug’doy o’simliklari boshog’ida donlari siyrak joylashgan va qiltanoqsiz boshqa o’simliklar bilan chatishtirilganda, birinchi avlodda olingan duragaylarning hammasi boshog’ida donlari o’rtacha tig’izlikda joylashgan va qiltanoqsiz boshoqli bo’lgan. Ikkinchi avlodda 58 ta qiltanoqsiz va donlari tig’iz joylashgan boshoqli; 125 ta qiltanoqsiz va donlari o’rtacha tig’izlikda joylashgan boshoqli; 62 ta qiltanoqsiz va donlari siyrak joylashgan boshoqli; 18 ta qiltanoqli va donlari tig’iz joylashgan boshoqli; 40 ta qiltanoqli va donlari o’rtacha tig’izlikda joylashgan boshoqli hamda 21 ta qiltanoqli va donlari siyrak joylashgan boshoqli o’simliklar olingan. O’rganilayotgan belgilar qanday irsiylanadi?


82-masala. CHeklanmagan shoxli va oq tolali g’o’za o’simliklari cheklangan shoxli va qo’ng’ir tolali o’simliklar bilan chatishtirilganda, F1 da olingan o’simliklarning hammasi cheklanmagan shoxli va novvot rang tolali bo’lgan. Ikkinchi avlodda olingan o’simliklarni quyidagi fenotipik sinflarga ajratish mumkin:
533 ta cheklanmagan shoxli, qo’ng’ir tolali;
1102 ta cheklanmagan shoxli, novvot rang tolali;
548 ta cheklanmagan shoxli, oq tolali;
178 ta cheklangan shoxli, qo’ng’ir tolali;
370 ta cheklangan shoxli, novvot rang tolali;
186 ta cheklangan shoxli, oq tolali.
Olingan natijaga asoslanib, o’rganilayotgan belgi bo’yicha chatishtirish uchun olingan o’simliklarning genotipini aniqlang. Nazariy xulosangizni statistik metod yordamida izohlang.


83-masala. CHeklanmagan shoxli va bargi panjasimon-bo’linmali g’o’za o’simliklari cheklangan shoxli, panjasimon kesik bargli o’simlik bilan chatishtirilganda, F1 da olingan o’simliklarning hammasi cheklanmagan shoxli va bargi panjasimon-bo’lakli bo’lgan. F2 da esa o’rganilayotgan belgilar bo’yicha quyidagicha ajralish ketgan:
549 ta cheklanmagan shoxli, panjasimon kesik bargli;
1088 ta cheklanmagan shoxli, bargi panjasimon-bo’lakli;
552 ta cheklanmagan shoxli, bargi panjasimon-bo’linmali;
160 ta cheklangan shoxli, panjasimon kesik bargli;
356 ta cheklangan shoxli, bargi panjasimon-bo’lakli;
192 ta cheklangan shoxli, bargi panjasimon-bo’linmali.
Olingan natijalarga asoslanib, o’rganilayotgan belgilarning irsiylanish qonuniyatlarini tushuntirib bering hamda nazariy xulosangizni statistik metod yordamida isbotlang.



Download 300.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling