K. S. Sodiqova Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston


Download 300.83 Kb.
bet27/76
Sana19.11.2023
Hajmi300.83 Kb.
#1786266
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   76
Bog'liq
K. S. Sodiqova Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston-fayllar.org

89-masala. Ikkita g’o’za o’simligi o’zaro chatishtirilib, keyingi avlodda 26 ta antotsian rangli va qo’ng’ir tolali; 25 ta oraliq rangli va qo’ng’ir tolali; 21 ta antotsian rangli va novvot rang tolali; 28 ta oraliq rangli va novvot rang tolali duragaylar olindi. Ota-ona sifatida olingan g’o’za o’simliklarining genotipini aniqlang.


90-masala. Ikki xil g’o’za o’simliklari o’zaro chatishtirilib, keyingi avlodda quyidagi fenotip ko’rinishidagi duragaylar olindi: 1/8 qism antotsian rangli, qo’ng’ir tolali; 1/4 qism antotsian rangli va novvot rang tolali; 1/8 qism antotsian rangli va oq tolali; 1/8 qism oraliq rangli va qo’ng’ir tolali; 1/4 qism oraliq rangli va novvot rang tolali; 1/8 qism oraliq rangli va oq tolali. Boshlang’ich ota-ona sifatida olingan g’o’za o’simliklarining genotipini aniqlang.
91-masala. Ikkita g’o’za o’simligi o’zaro chatishtirilib, keyingi avlodda 1/4 qism antotsian rangli va qo’ng’ir tolali; 1/2 qism oraliq rangli va qo’ng’ir tolali va 1/4 qism yashil rangli va qo’ng’ir tolali duragaylar olingan. Ota-ona o’simliklarining genotipini aniqlang.


Poliduragay chatishtirish.
92-masala*. Quyida keltirilgan genotiplar qanday tipdagi gametalarni hosil qiladi?
1) CCDDKK; 2) CCDdkk; 3) CcDdKK; 4) CcDdKk; 5) CcDdKkLl
Masalaning yechilishi:
1) CCDDKK = CDK (gomozigotali bo’lgani uchun faqat bir tipdagi gametalarni hosil qiladi).
2) CCDdkk = CDk, Cdk (monogeterozigotali bo’lgani uchun ikki tipdagi gametalarni hosil qiladi).
3) CcDdKK = CDK, CdK, cDK, cdK ( digeterozigotali bo’lgani uchun to’rt tipdagi gametalarni hosil qiladi).
4) CcDdKk = CDK, CDk, CdK, cDK, Cdk, cDk, cdK, cdk ( trigeterozigotali bo’lgani uchun sakkiz tipdagi gametalarni hosil qiladi).
5) CcDdKkLl = tetrageterozigotali bo’lgani uchun o’n olti tipdagi gametalarni hosil qiladi. Gameta hosil bo’lishining uch xil yo’lini ko’rib o’tamiz:
a) CcDdKkLl = CDKL, CDKl, CDkL, CdKL, cDKL, CDkl, CdKl, CdkL, cDKl, cDkL, cdKL, Cdkl, cDkl, cdKl, cdkL, cdkl.
b) CDKL CdKL cDKL cdKL
CDKl CdKl cDKl cdKl
CDkL CdkL cDkL cdkL
CDkl Cdkl cDkl cdkl
v ) C c
D d D d
K k K k K k K k
L l L l L l L l L l L l L l L l


Download 300.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling