K. S. Sodiqova Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston


Download 300.83 Kb.
bet25/76
Sana19.11.2023
Hajmi300.83 Kb.
#1786266
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   76
Bog'liq
K. S. Sodiqova Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston-fayllar.org

84-masala. CHeklangan shoxli va qizil rangli g’o’za o’simliklari cheklanmagan shoxli va yashil rangli o’simliklar bilan chatishtirilganda, F1 da olingan o’simliklarning hammasi cheklanmagan shoxli va och qizil rangda bo’lgan. F2 da olingan o’simliklar quyidagi fenotipik sinflarga ajralish bergan:
551 ta cheklanmagan shoxli, qizil rangli;
1076 ta cheklanmagan shoxli, och qizil rangli;
562 ta cheklanmagan shoxli, yashil rangli;
168 ta cheklangan shoxli, qizil rangli;
358 ta cheklangan shoxli, och qizil rangli;
201 ta cheklangan shoxli, yashil rangli.
Olingan natijalarga asoslanib, o’rganilayotgan belgilarning irsiylanish qonuniyatlarini tushuntirib bering hamda nazariy xulosangizni statistik metod yordamida isbotlang.


85-masala. Qoramollarda shoxsizlik shoxlilik ustidan to’liq va junining qizil bo’lishi oq rangi ustidan to’liqsiz dominantlik qiladi. Qizil junli sigirlar oq junli buqalar bilan chatishtirilsa, F1 da targ’il buzoqchalar olinadi.
1) shoxsiz, targ’il sigir va buqalar (digeterozigotali) chatishtirilganda, keyingi avlodda olingan buzoqlarning qancha qismi o’rganilayotgan belgilar bo’yicha ota-onasiga o’xshash bo’ladi?
2) shoxli, targ’il sigir shoxsiz, targ’il buqa bilan chatishtirilganda shoxli, targ’il buzoq tug’ilgan. Sigir va buqaning genotipini aniqlash mumkinmi?
3) shoxsiz, targ’il sigirlar shoxli, oq junli buqalar bilan chatishtirilganda shoxli va oq junli buzoq tug’ilgan. SHu sigir va buqaning keyingi buzoqlari qanday fenotipga ega bo’lish ehtimoli bor?


86-masala. Oq patli va kokilli tovuq zoti qora, kokilsiz zoti bilan chatishtirilganda olingan jo’jalarning hammasi chipor, kokilli bo’lgan. F2 da o’rganilayotgan belgilar bo’yicha qanday ajralish ketadi? F1 da olingan tovuq va xo’rozlar boshlang’ich tovuq va xo’rozlar bilan chatishtirilsa, genotip va fenotip bo’yicha qanday natija olish mumkin?


87-masala. G’o’za o’simligida gulyonbarglarning yuraksimon shakli (Fg) ingichka shakli (fg) ustidan to’liq, barg plastinkasining panjasimon kesik
(Ol) shakli panjasimon-bo’linma (ol) shakli ustidan to’liqsiz dominantlik qiladi.
Gomozigotali gulyonbarglari yuraksimon shaklda bo’lgan, barg plastinkasining shakli panjasimon-bo’linmali g’o’za o’simliklari gulyonbarglari ingichka shaklda va barg plastinkasining shakli panjasimon kesik bo’lgan g’o’za o’simliklari bilan chatishtirilib, F1 da gulyonbarglari yuraksimon shaklda, barg plastinkasining shakli panjasimon bo’lakli bo’lgan duragaylar olindi. F1 duragaylari o’z-o’zi bilan changlantirilib F2 duragaylari olindi. F2 da hosil bo’ladigan genotipik va fenotipik sinflarni aniqlang.

Download 300.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling