K. S. Sodiqova Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston


Download 300.83 Kb.
bet20/76
Sana19.11.2023
Hajmi300.83 Kb.
#1786266
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   76
Bog'liq
K. S. Sodiqova Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston-fayllar.org

69-masala. Bangidevona o’simligida gulining alvon (qizil) rangda bo’lishi (P) oq rangi (p) ustidan, ko’saklarining tikanli bo’lishi (S) silliq bo’lishi (s) ustidan to’liq dominantlik qiladi. Qizil gulli, silliq ko’sakli bangidevona o’simligi oq gulli, tikanli ko’sakka ega o’simliklar bilan chatishtirilganda, keyingi avlodda olingan o’simliklarning 320 tasi qizil gul, tikanli ko’saklarga va 312 tasi qizil gul, silliq ko’saklarga ega bo’lgan. CHatishtirish uchun olingan va chatishtirishdan keyin olingan o’simliklarning o’rganilayotgan belgilar bo’yicha genotiplarini aniqlang.


70-masala. Gomozigotali bangidevona o’simliklari quyidagi tartiblarda chatishtirilgan:
1) qizil gulli, ko’saklari tikanli x oq gulli, ko’saklari silliq;
2) qizil gulli, ko’saklari silliq x oq gulli, ko’saklari silliq.
Har ikkala chatishtirishdan olingan F1 o’simliklari o’zaro chatishtirilsa, o’rganilayotgan belgilar bo’yicha keyingi avlodda olingan o’simliklarning genotipi va fenotipi qanday bo’ladi? Ularning nisbatlarini aniqlang.


71-masala. Qovoq o’simliklarida mevaning oq rangda bo’lishi W geniga va sariq bo’lishi w geniga, mevaning yassi bo’lishi S geniga va noksimon bo’lishi s geniga bog’liq. Qovoq o’simliklari meva rangi va shakli bo’yicha qanday genotiplarga ega bo’lish ehtimoli bor? Bunday genotiplarga qanday fenotiplar to’g’ri keladi? Ularning nechtasi gomozigotali bo’lishi mumkin?


72-masala. Oq, yassi mevali qovoq o’simliklari oq, noksimon mevali o’simliklar bilan chatishtirilganda, keyingi avlodda olingan o’simliklarning 38 tasi oq, yassi va 12 tasi sariq, noksimon mevali bo’lgan. CHatishtirish uchun olingan o’simliklarning genotipini aniqlang.


73-masala. G’o’za o’simligida hosil shoxlarining cheklanmagan tipda bo’lishi (S) cheklangan bo’lishi (s) ustidan va gullarining sariq rangi (U1) och sariq rangi (u1) ustidan to’liq dominantlik qiladi. CHeklanmagan shoxli, sariq gulli g’o’za o’simliklari cheklangan shoxli, och sariq gulli o’simliklar bilan chatishtirilganda, keyingi avlodda 372 ta o’simlik olingan bo’lib, ularning 88 tasi cheklanmagan shoxli, sariq gulli; 94 tasi cheklanmagan shoxli, och sariq gulli; 92 tasi cheklangan shoxli, sariq gulli va 98 tasi cheklangan shoxli, och sariq gulli bo’lgan. CHeklanmagan shoxli, sariq gulli o’simliklar o’zaro chatishtirilsa, keyingi avlodda genotip va fenotip bo’yicha qanday natija olish mumkin?



Download 300.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling