K. S. Sodiqova Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston
Download 300.83 Kb.
|
K. S. Sodiqova Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 67-masala*.
64-masala. Ikkita kulrang tanali, uzun qanotli pashshalar o’zaro chatishtirilganda, keyingi avlodda olingan pashshalarning hammasi kulrang tanali, uzun qanotli bo’lgan. CHatishtirish uchun olingan pashshalarning genotipini aniq aniqlash mumkinmi? Aniq aniqlash uchun qanday chatishtirish o’tkazish kerak?
65-masala. Kulrang tanali, uzun qanotli pashshalar qora tanali, kalta qanotli pashshalar bilan chatishtirilganda, keyingi avlodda olingan pashshalarning 50% i kulrang tanali, uzun qanotli va 50% i kalta qanotli, lekin kulrang tanali bo’lgan. CHatishtirish uchun olingan pashshalarning va chatishtirishdan keyin olingan pashshalarning genotipini aniqlang. 66-masala. Kulrang tanali, uzun qanotli pashshalar qora tanali, kalta qanotli pashshalar bilan chatishtirilganda, keyingi avlodda olingan pashshalarning 1/4 qismi kulrang tanali, uzun qanotli; 1/4 qismi kulrang tanali, kalta qanotli; 1/4 qismi qora tanali, uzun qanotli va 1/4 qismi qora tanali, kalta qanotli bo’lgan. CHatishtirish uchun olingan pashshalarning genotipini aniqlang. Nima uchun fenotip bo’yicha 1 : 1 : 1 : 1 nisbatda ajralish olinganligini tushuntiring. 67-masala*. Itlarda jun rangining qora bo’lishi jigarrang bo’lishi ustidan, kalta bo’lishi uzun bo’lishi ustidan to’liq dominantlik qiladi. Har ikkala belgining rivojlanishini ta’min etuvchi genlar boshqa-boshqa xromosomalarda joylashgan. 1) digeterozigotali qora va kalta junli itlar chatishtirilganda keyingi avlodda olingan kuchukchalarning necha foizi qora va kalta junli bo’ladi? 2) ovchi qora, kalta junli it sotib olgan. Itning o’rganilayotgan belgilar bo’yicha qanday genotipga ega ekanligini aniq aniqlash uchun qanday chatishtirish o’tkazish kerak? Masalaning yechilishi: Belgi Gen Jun rangi qora A Jun rangi jigarrang a Kalta jun B Uzun jun b qora kalta junli qora kalta junli 1) P ♀ AaBb X ♂ AaBb g AB, Ab, aB, ab AB, Ab, aB, ab F1 1. AABB - 1 2. AABb - 2 9/16 qora, kalta junli ( 9 AˍBˍ) 3. AaBB - 2 4. AaBb - 4 5. AAbb - 1 3/16 qora, uzun junli ( 3 Aˍbb) 6. Aabb - 2 7. aaBB - 1 3/16 jigarrang, kalta junli ( 3 aaBˍ) 8. aaBb - 2 9. aabb - 1 1/16 jigarrang, uzun junli ( 1 aabb) Javob: 1) digeterozigotali qora, kalta junli itlar chatishtirilganda, keyingi avlodda olingan kuchukchalarning 9/16 qismi qora, kalta junli bo’ladi. Bu hamma olingan kuchukchalarning taxminan 56,2% ini tashkil qiladi. 2) ovchi qora, kalta junli itining genotipini aniq aniqlashi uchun itini jigarrang, uzun junli it bilan chatishtirishi kerak. Bunda keyingi avlodda har ikkala belgi bo’yicha ajralish ketmasa, uning iti gomozigotali bo’ladi. qora, kalta junli jigarrang, uzun junli P ♀ AABB X ♂ aabb g AB ab F1 AaBb - qora, kalta junli Agar birorta belgisi bo’yicha ajralish ketsa, u geterozigotali bo’ladi: AABb, AaBB yoki AaBb. 1) P ♀ AABb X ♂ aabb g AB, Ab ab F1 AaBb - qora, kalta junli Aabb - qora, uzun junli 2) P ♀ AaBB X ♂ aabb g AB, aB ab F1 AaBb - qora, kalta junli aaBb - jigarrang, kalta junli 3) P ♀ AaBb X ♂ aabb g AB, Ab, aB, ab ab F1 AaBb - qora, kalta junli Aabb - qora, uzun junli aaBb - jigarrang, kalta junli aabb - jigarrang, uzun junli. Download 300.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling