Kadastr sohasida ayrim davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida


Download 1.82 Mb.
bet27/36
Sana26.06.2023
Hajmi1.82 Mb.
#1656237
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   36
Bog'liq
Vazirlar Mahkamasi 2020 yil 2 Sentyabr 535-son karoriga 1-ILOVA 23-bandiga asosan rad etish

3-bob. Yakunlovchi qoidalar
15. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, uning hududiy boshqarmalari va Davlat xizmatlari markazlari ushbu Reglament talablari ijrosi bo‘yicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyatini, shu jumladan, YIDXP orqali doimiy nazorat va monitoring qilib boradi.
16. Ariza beruvchilar davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishlari mumkin.
17. Mazkur Reglament talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Bino va inshootlarning mansubligi va tarkibi to‘g‘risida ma’lumotnoma berish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish ma’muriy reglamentiga
1-ILOVA
Bino va inshootlarning mansubligi va tarkibi to‘g‘risida ma’lumotnoma berish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Ariza beruvchi

1. Ma’lumotnoma olish uchun Davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat qiladi, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki davreestr.uz veb-sayti orqali murojaat qiladi.
2. Xizmat ko‘rsatish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 5 foizi miqdorida yig‘im to‘laydi.

O‘z xohishiga ko‘ra

2-bosqich

1. Davlat xizmatlari markazi
2. YIDXP
3. davreestr.uz veb-sayti

So‘rovnoma�i Palataga yuboradi.

So‘rovnoma to‘ldirilishi bilan

3-bosqich

Palata

QR-kod (shtrixli kod) qo‘yilgan ma’lumotnomani rasmiylashtiradi va uni Davlat xizmatlari markaziga, ariza beruvchiga (elektron shaklda murojaat etgan taqdirda) YIDXP yoki davreestr.uz veb-sayti orqali yuboradi.

Real vaqt rejimida

4-bosqich

1. Davlat xizmatlari markazi
2. YIDXP
3. davreestr.uz veb-sayti

1. Ma’lumotnomani ariza beruvchining elektron manziliga jo‘natadi va ariza beruvchini bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi.
2. O‘zi kelib murojaat qilganda, ma’lumotnomani ariza beruvchiga beradi.

Real vaqt rejimida

Bino va inshootlarning mansubligi va tarkibi to‘g‘risida ma’lumotnoma berish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish ma’muriy reglamentiga
2-ILOVA

________________

________________

(sana)

(raqami)


Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling