Kafedrasi zoologiya


Ko‘payishi va rivojlanishi


Download 1.19 Mb.
bet14/17
Sana22.03.2023
Hajmi1.19 Mb.
#1286725
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
10.03 Tayyori Mamatqulova1

Ko‘payishi va rivojlanishi. Taroqlilar - germafrodit hayvonllar; faqat jinsiy ko‘payadi. Jinsiy bezlari kolbasasimon bo‘lib, gastrovaskul yar sistemasining meridional naylari endodermasi ostida joylashgan. Yetilgan jin siy hujayralarendodermani yorib meridional naylarga, u yerdan og‘iz orqali suvga chiqadi. Tuxumlari suvda urug‘lanadi; to‘liq lekin notekis maydalanadi. Natijada murtakning bir qutbi tez maydalanayotgan mikromerlar- dan, ikkinchi qutbi sekin maydalanayotgan makromerlardan iborat bo‘ladi. Mikromerlarektodermani, makromerlarendodermani hosil qiladi. Halqumi birlamchi og‘iz - blastopor ektodermasini tana bo‘shlig‘iga botib kirishi tufayli hosil bo‘ladi. Gastral bo‘shliq endodermasi hujayralarining bir qismi ektoderma va endoderma orasiga (ya'ni blastotsel qoldig‘iga) botib kirib butsimon plastinkani hosil qiladi. Buu plastinkadan keyinchalik mezogleya- ning hujayra elementlari va paypaslagich muskullari hosil bo‘ladi, Shunday qilib, taroqlilarda birinchi marta dastlabki uchlamchi embrion qavati - mezoderma kurtaklari hosil bo‘ladi. Bu kurtaklar mezogleyaga botib kirgan butsimon plastinkadan iborat. Taroqlilar metamorfozsiz rivojlanadi
Klassifikatsiyasi. Taroqlilar paypaslagichlilar (Tentaculata) va pay- paslagichsizlar (Atentaculata) kenja sinfiga bo‘linadi. Ko‘pchilik turlari paypaslagichlilarga kiritiladi. Ayrim paypaslagichlilar tanasi yassi tasmaga o‘xshash uzun bo‘ladi. Masalan, zuhro kamari (Cestis veneris)ning uzunligi 1,5 m ga yaqin (10-ilova). Ayrim taroqlilarning tanasi tana o‘qi bo‘ylab yassilashgan bo‘lib, ularning suzishi va og‘iz tomoni bilan o‘rmalashini yengillashtiradi (masalan seloplana - Co- eloplana).J O‘troq yashovchi Tjalfiella taroqlisi yosh davrida boshqa Itaroqlilarga o‘xshash, lekin o‘troq yashashga o‘tgandan so‘ng og‘zining o‘rta qismi substratga yopishib ketadi; og‘izning ikki cheti cho‘zilib, oziq tutadigan uzun nayga aylanadi (10-ilova). Ktenoplana taroqlisining taroqsimon plastinkalari bor.
Paypaslagichsizlarning paypaslagichlari bo‘lmaydi. Ularga misol tariqasida shimoliy va Uzoq sharq dengizlarida keng tarqalgan beroyo (IBeroe cucumis)ni ko‘rsatish mumkin. Ular boshqa taroqlilar bilan oziqlanadi.

Download 1.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling