Kafedrasi zoologiya


Mavzu bo‘yicha adabiyotlarning qisqacha tahlili


Download 1.19 Mb.
bet2/17
Sana22.03.2023
Hajmi1.19 Mb.
#1286725
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
10.03 Tayyori Mamatqulova1

Mavzu bo‘yicha adabiyotlarning qisqacha tahlili. Kurs ishini tayyorlashda asl nusxalarga qo‘shimcha ravishda quyidagi nashrlarning rasmlari ishlatilgan. Sharova I.X. Zoologiya bespozvonochnix. M., "Vlados", 2002, O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobi, 2 tom, T., 2003, Xadom E., Vener R. Obshaya zoologiya. M., "Mir", 1989.

I.BOB. DASTLABKI TUBAN KO‘P HUJAYRALILAR, BO‘SHLIQICHLILAR TIPI UMUMIY TAVSIFI

    1. Bo‘shliqichlilar tipi umumiy tavsifi.

Bo‘shliqichlilar tipiga 9000 ga yaqin tur kiradi. Ko‘pchilik turlari dengizlarda, ayrim turlari chuchuk suvlarda uchraydi. O‘troq, erkin, yakka holda yoki kolloniya bo‘lib yashaydi. Tanasi radial o‘qli simmetriyaga ega. Tanasi orqali bitta asosiy o‘q o‘tkaziladigan bo‘lsa, tana organlar anasgu o‘q atofidagi radial nurlar bo‘ylab joylashadi. Radial simmetriya soni takrorlanib turadigan organlar soniga bog‘liq. Organlar soniga binoan hayvonlar 2, 4, 6, 8 yoki undan ko‘proq simmetriya yuzasiga ega bo‘lishi mumkin. Biologik nuqtai nazardan nurli simmetriyaning kelib chiqishi o‘troq yoki suv tubiga yopishib yashash bilan bog‘liq. Bunday hayvonlar tanasining bir qutbi odatda yopishish uchun xizmat qiladi. Bo‘shliqichlilar ikki qavatli hayvonlar. Ontogenezda ulaming tanasida faqat ikki qavat, ya’ni tashqi ektoderma va ichki endoderma hosil bo‘ladi. Bu ikki qavat mezogleya parda orqali ajralib turadi.
Bo‘shliqichlilar tipi gidrozoylar, ssifomeduzalar va korall poliplar sinflariga ajratiladi.
Gidrozoylar (hydrozoa) sinfi. Gidrozoylar 2800 ga yaqin tuban bo‘shliqichlilarni,o‘z ichi ga oladi. Ularning tana bo‘shlig‘ida to‘siqlar bo‘lmaydi; hujayralari kam ixtisoslashgan; halqumi rivojlanmagan. Nerv hujayralari tanasida tarqoq joylashgan. Jinsiy hujayralari ektodermada hosil bo‘ladi. Ko‘pchil ik turlari hayot siklida polip va meduza davrlari ketma-ket almashinib turadi. Biroq polip yoki meduza stadiyasi hayot siklidan tushib qolishi ham mumkin. Gidrozoylarning lichinkasi planula deyiladi. Chuchuk suv poliplarining lichinkasi bo‘lmaydi.
Ko‘pchilik gidrozoylar dengizlarda koloniya bo‘lib yashaydi. Gidrozo- ylar gidroidlar va sifonoforalar kenja sinfiga ajratiladi.

Download 1.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling