Kafedrasi zoologiya


Download 1.19 Mb.
bet6/17
Sana22.03.2023
Hajmi1.19 Mb.
#1286725
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
10.03 Tayyori Mamatqulova1

1. Leptolida turkumi vakillari tropik va mu'tadil iqlimda keng tarqalgan; nasl almashinishi orqali ko‘payadi. Dengiz tubida, suv o‘tlari va chig‘anoqlar ustida qalin bo‘lib o‘sadi. Tanasi uzunligi 1 mm dan 1 m gacha bo‘ladi. Ko‘pchilik turlari dengizlarda, ayrim turlari chuchuk suvlarda (Limnomedyzae turkumi va hamda Craspedacusta avlodi) uchraydi. Yapon dengizi va Kurill orollari yaqinida tarqalgan butli meduza Gonion- emus juda zaharli hisoblanadi. Ayrim turlari korall poliplarga o‘xshash ohak skeletga ega bo‘ladi.
2. Trachylida turkumi vakillarining hayot siklida faqat medu za nasli bo‘ladi; nasl almashinmaydi. Bu turkumga butun dunyo okeanicla keng tarqalgan Aglantha avlodi turlari kiradi. Ayrim turlari (masalan, Cuni- na) Leptolida turkumi turlari hosil qiladigan meduzalarda parazitlik qiladi. Polypodium hydriforme osetrsimonlar tuxumida parazitlik qiladi.
3. Hydrida - gidralar turkumiga yakka yashaydigan poliplar kiradi. Gidralar nasl almashinmasdan ko‘payadi.

1.2. Tip vakillarining tana shakli va simmetriyasi
Tuzilishi va ekologiyasi. Sifonoforalar koloniyasi polimorf bo‘lib, uzunligi 1-2 sm dan 2-3 m gacha yetadi. Tuzilishiga ko‘ra sifonoforalarni ikki guruhga ajratish mumkin. Bir xil sifonoforalar koloniyasida individlari asosiy poya bo‘ylab joylashgan bo‘lib, umumiygastrovaskulyarnayorqali o‘zaro tutashgan (3-ilova). Boshqa sifonoforalarning asosiy poyasi qisqargan bo‘lib, individlar poyaning pastki kengaygan uchida joylashgan (3-ilova).
Ko‘pchilik sifonoforalar koloniyasining ustki qismida maxsus pufak - pnevmatofor bo‘ladi. Pnevmatoforning yuqori qismi gazga to‘lgan, pastki qismida gaz ishlab chiqaradigan bezlar joylashgan. Ba'zi sifonoforalar pnevmatoforida juda yirik ochilib yopiluvchi teshikchasi bor. Koloniya suv yuzasida suzib yurganida pnevmatofor teshigi yopiq, uning ichi gazga to‘lgan bo‘ladi, Pnevmatofor siqilganida undan gazlar chiqib ketib, koloniya suvga cho‘kadi. Suv yuzasida doim suzib yuradigan koloniyalarning pnev- matofori yirik, teshikchasi bo‘lmaydi, pnevmatofor bo‘shlig‘i mezogleya to‘siq bilan bir necha qismga ajralgan bo‘lib, suv yuzasiga chiqib turadi. Pnevmatofor ustida S- ga o‘xshash egilgan "yelkani" bor. Bunday si- fonoforalar shamol yordamida suzib yuradi. Portugaliya kemachasi fiza- liya (Physalia) pnevmatofori qizg‘ish rangli, uzunligi 20-30 sm ga yetadi. Pnevmatofor ostida (agar u bo‘lmaganida koloniyaning eng yuqori qismida) suzuvchi qo‘ng‘iroqlar - nektoforlarjoylashgan. Nektoforlarmeduza- larga o‘xshash, lekin ularning og‘iz teshigi va xartumi bo‘lmaydi. Meduza- larga o‘xshab nektoforlar soyaboni ritmik qisqarishi tufayli koloniya astasekin suzadi. Fizaliya va boshqa shamol va suv oqimi orqali suzib yuradigan sifonoforalarning nektoforlari bo‘lmaydi.
Koloniyaning boshqa individlari nektoforlardan pastroqda koloniya poyasi bo‘ylab g‘uj bo‘lib kormidiylar joylashgan. Har bir kormidiy oziqlantiruvchi individ gastrozoid, arqoncha, sucmozoud, ya'ni palponlar, paypaslagichlar, qoplovchi plastinka - qopqoqcha va jinsiy individ gonozoid- dan iborat. Gastrozoidlar - og‘izli, lekin paypaslagichsiz polipchalardan iborat. Ularning og‘iz teshigi gastral bo‘shliqka ochiladi. Hamma gastrozoid- lar bo‘shlig‘i koloniya tanasidagi nay orqali o‘zaro tutashgan bo‘ladi.
Arqoncha birmuncha uzun, odatda ko‘p marta shoxlangan paypaslagichlardan iborat. Paypaslagichlarda otuvchi hujayralar bo‘ladi. Fizaliya paypaslagichlari uzunligi 20 m ra yetadi. Arqonchalar oziqni tutish va himoya vazifasini bajaradi. Fizaliyaning otuvchi hujayralari kuydirish xususiyatiga ega; odam hayoti uchun xavfli.
Sistozoid, ya'ni palponlarog‘izsiz poliplar- dan iborat. Ulaming yonida shoxlanmagan pay- paslagichi bo‘ladi. Sistozoidlar ayirish funksiyasini bajarishi mumkinligi to‘g‘risida taxmin qilinadi. Ularning paypaslagichlari sezgi vazifasini bajaradi. Gonozoidiar gidropoliplar medu- zoidlari va gonoforalariga o‘xshash tuzilgan, ayrim jinsli bo‘ladi. Sifonoforalar orasida faqat birjinsli (erkak yoki urg‘ochi) gonozoidlar hosil qiladigan turlari bilan bir qatorda germafrodit koloniyalilari ham bor. Sifonoforalar koloni- yasidagi qopqoqchalar shakli o‘zgargan poli- plardan iborat. Qopqoqcha kormidiyni ustki tomondan qoplab turadi.

Download 1.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling