Kafedrasi zoologiya


Download 1.19 Mb.
bet7/17
Sana22.03.2023
Hajmi1.19 Mb.
#1286725
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
Bog'liq
10.03 Tayyori Mamatqulova1

Ko‘payishi. Sifonoforalarning tuxum hujayralari urg‘ochi gonozoidlar ichida hosil bo‘ladi. Tuxumdan planula lichinkasi chiqadi. Planuladan bir muncha murakkabroq tuzilgan lichinka rivojlanadi. Koloniyadagi ayrim individlar kurtaklanish orqali hosil bo‘ladi.
Kelib chiqishi. Ko‘pchilik zoologlarning fikricha sifonoforalar suzib yurishga moslash gan koloniya bo‘lib yashovchi poliplardan kelib chiqqan. Suzib yuruvchi poliplar koloniyasining topilishini bunga dalil qilib ko‘rsatish mumkin. Bunday gidroidlar koloniyada polipoid va meduzoid individlar hosil qiladi. Kaspiy dengizida suzib yuruvchi gidroid polip Moerisia koloniyasi uchraydi. Shunday qilib, sifonoforalar kolonial gidroidlardan ulardagi alohida individlarning ixtisoslashishi tufayli kelib chiqqan, deb faraz qilish mumkin. U holda koloniyadagi pufak, suzuvchi qo‘ng‘iroq va gonoforalar meduzalarga, gastrozoidlar va poliponlar esa shakli o‘zgargan poliplarga mos keladi.
Ssifoid meduzalar (scyphozoa) sinfi. Ssifoid meduzalar - erkin yakka yashovchi bo‘shliqichlilar. Ularning hayoti asosan meduza davrida o‘tadi, polip davri juda qisqa bo‘ladi. Tashqi ko‘rinishi bilan ssifoid meduzalar gidroid meduzalarga o‘xshash; ulardan ancha yirik bo‘lishi, murakkab tuzilganligi va yelkani bo‘lmasligi bilan farq qiladi. Masalan, aureliya tanasi diametri 25-40 sm ga, qutb meduzasi esa 2 m ga yetadi. Tanasining asosiy massasi dildiroq mezogleyadan iborat. Mezogleyaning 98% ini suv tashkil etadi. Tanasining shaffof bo‘lishi meduzalarni dushmanlardan saqlanishda katta ahamiyatga ega; faqat ayrim zaharli meduzalar rangli bo‘ladi. Ba'zi meduzalar masalan, Pelagica noctiluca qorong‘ida fosforli nur taratadi.
Ssifoid meduzalar soyaboni chetida 8 ta, ba'zan 16 ta ropaliyalar joylashgan. Soyabon chetidan juda ko‘p paypaslagichlari osilib turadi. Paypaslagichlari va xartumga o‘xshash og‘iz bo‘laklari ektodermasida ko‘p miqdorda otuvchi hujayralar joylashgan. Tanasining yiriklashuvi tufayli ssifoid meduzalar gastrovaskulyar sistemasining tuzilishi murakkablashgan. Og‘iz teshigi kvadrat shaklida; soyaboni ostki tomoni o‘rtasida maxsus poyacha ustida joylashgan (4-ilova). Og‘iz burchaklaridan xartum- ga o‘xshash yug‘on o‘simtalar osilib turadi. Xartum oziqni tutish funksiyasini bajaradi. Ildizog‘iz meduzalar turkumi vakillarida xartumi ko‘p burmali; bir-biri bilan qo‘shilib o‘sgan; og‘iz o‘rnida mayda teshikchalar bo‘ladi. Bu teshikchalar opqali meduza oshqozoniga mayda plankton organizmlar o‘tadi. Og‘iz teshigi qisqa endodermal halqum orqali oshqozonga ochiladi. Oshqozon chala to‘siqlar yordamida to‘rtta kameraga bo‘lingan. Kameralarda juda ko‘p bezli hujayralarga ega bo‘lgan gastral iplar joylashgan. Oziqning hazm bo‘lishi bezlar ishlab chiqaradigan fermentlar ta'sirida oshqozonda boshlanadi. Oziq zarralarini endodermadagi hazm qiluvchi hujayralar qamrab olib batamom házm qiladi.
Meduzalar oshqozonidan 8 ta yoki 8 karra miqdorida radial naychalar boshlanadi. Aureliya meduzasi oshqozonidan boshlanadigan naylar 16 ta, u lardan 8 tasi, shu jumladan 4 ta naylar oshqozon bo‘lmalarining qoq o 'rtasidan, qolgan 4 tasi esa oshqozon to‘siqlari ustidan boshlanadi. Shoxlangan naylar orasida 8 ta shoxlanmagan naylar joylashgan. Barcha shoxlangan va shoxlanmagan naylar soyabon chetida joylashgan halqa nay bilan qo‘shilgan. Naylar devori kiprikli epiteliy hujayralari bilan qoplangan. Naylar oshqozon, og‘iz teshigi va halqum bilan birgalikda meduzanir ggastrovaskulyar sistemasini hosil qiladi. Kipriklarning hilpirashi tufayli suiv gastrovaskulyar sistema orqali oqib turadi. Suyuqlik shoxlanmagan nzaylar orqali kalqa naylarga, shoxlangan naylar bo‘ylab esa orqaga, ya'ni halqa naydan oshqozonga oqadi. Bu murakkab gastrovaskulyar sistemaning rivojlanganligini meduzalar tanasining yiriklashuvi bilan bog‘liq deyish mumkin. Chunki gastrovaskulyar naylar orqali kislorod va oziq moddalar meduza tanasining hamma qismiga tarqaladi; modda alnnash- inuvi mahsulotlari chiqarib yuboriladi.
Ko‘pchilik meduzalar har xil organizmlar, jumladan ancha yirik plankton bilan oziqlanadi. Faqat ildizog‘iz meduzalar juda mayda plankton bilan oziqlanadi. Bu jihatdan ildizog‘iz meduzalarni g‘ovaktanlilarga o‘xshash filtrlovchi organizmlar deyish mumkin.
Meduzalar soyabonining qisqarishi va kengayishi tufayli soyaaboni ostidan siqib chiqariladigan suv ularni soyabon gumbazi tomonga suradi. Meduzalar soyaboni ostida 8 qator radial muskullar va soyabon cheti bo‘ylab halqa muskullar joylashgan. Muskul tolalari gidroid poliplar singari epiteliy-muskul hujayralardan hosil bo‘ladi.
Nerv hujayralari soyabon cheti bo‘ylab joylashgan nerv halqasi ni hosil qiladi. Nerv halqasi bo‘ylab har qaysi ropaliya yaqinida bittadar nerv tuguni joylashgan. Ropaliyalar qisqargan va shaklan o‘zgargan pay- paslagichlardan iborat, har bir ropaliyada bir nechta ko‘zchalar va bitta statotsist bo‘ladi. Ko‘zchalar har xil tuzilgan. Gidroid meduzalarnikiga o‘xshash sodda ko‘zchalar bilan birga bir muncha murakkablashgan pufakcha tipidagi ko‘zchalar ham bo‘ladi. Bunday ko‘zlar odatda ko‘ z chuqurchasini epiteliy ostiga cho‘kishi natijasida hosil bo‘ladi. Pufak ustida joylashgan teri epiteliysi yupqa va shaffof bo‘lib, shox qavat deyiladi. Pufakning tubi va yon devorlari pigment va sezgir hujayralardan iiborat. Pufakning shox qavati ostida joylashgan qismi qalinlashib, ikki tormonla- ma qavariq linza ko‘z gavharini hosil qiladi. Pufak bo‘shlig‘i strukturasiz shishasimon suyuqlik bilan to‘lgan. Murakkab tuzilishiga qaramasdamn ko‘z faqat yorg‘lik va qorong‘ilikni ajrata oladi.

Download 1.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling