Kafedrasi zoologiya


Jinsiy ko‘payishi va nasl almashinishi


Download 1.19 Mb.
bet5/17
Sana22.03.2023
Hajmi1.19 Mb.
#1286725
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
10.03 Tayyori Mamatqulova1

Jinsiy ko‘payishi va nasl almashinishi. Gidroid meduzalar faqat jinsiy yo‘l bilan ko‘payadi. Yetilgan jinsiy hujayralar meduza tanasi devorini yorib suvga chiqadi va suvda urug‘lanadi. Ayrim gidropoliplar koloniyasi polimorf bo‘ladi; ya'ni ularda gidrant meduzadan tashqari kurtaklanish orqali nematoforlar ham bo‘ladi. Nematoforlarning paypaslagichlari va og‘zi bo‘lmaydi, lekin juda ko‘p otuvchi hujayralari bo‘ladi. Ular himoya funksiyasini bajaradi.
Urug‘langan tuxum hujayra to‘liq bir tekis bo‘linib, blastula hosil qiladi. Blastuladan ikki qavatli gastrulaning hosil bo‘lishi odatda migratsiya orqali sodir bo‘ladi. Bunda blastulaning keyingi qutbidagi hujayralarning bir qismi blastula bo‘shlig‘i - blastotselga ko‘chib o‘tib, uni asta-sekin to‘ldiradi. Rivojlanishning bu davrida lichinka g‘ovaktanlilarning parenx- i mulasiga o‘xshab ketadi. Keyinchalik blastula bo‘shlig‘idagi ayrim hujayralarning yemirilishi tufayli gastrula bo‘shlig‘i shakllanadi. Bu davrda bushliqichlilar lichinkasi planula deyiladi. Planula oval shaklda bo‘lib, tanasi mayda kiprikchalar bilan qoplangan. Planula suvda bir qancha vaqt suzib yurib, kiprigini yo‘qotadi va suv tubidagi narsalarga yopishib oladi. Uning endodermasida gastrula bo‘shlig‘ining shakllanishi oxiriga yetadi. Lichinkaning tovoniga qarama- qarshi tomonida og‘iz teshigi va uning atrofi- dla paypaslagichlar shakllanishi bilan planula polipga aylanadi. Polip o‘sib, kurtaklanish orqali ko‘payish natijasida yangi koloniyani hosil qiladi.
Shunday qilib, gidroid poliplarning hayot siklida, tuzilishi va ko‘payishiga binoan bir-biriga o‘xshamaydigan ikki nasli: o‘troq polip va erkin yashovchi meduza davrlari gallanadi. Polip faqat kurtaklanib ko‘payadi va meduzalarni hosil qiladi. Meduzalar esa jinsiy ko‘payish orqali yangi poli- plarni hosil qiladi. Har xil usulda ko‘payadigan organizmlar hayot siklida jinssiz va jinsiy nasllarining to‘g‘ri tartibda gallanshi metagenez deyiladi.
Ko‘pchilik gidroidlar hayotida yuqorida ta'kidlab o‘tilganidek jinssiz vajinsiy nasllari takrorlanib turadi. Ayrim gidroidlar hayotiy siklida redu- zoid nasli yo‘qolib ketadi. Bunday xollarda meduzalar koloniyadan ajralib ketmasdan blastostilda qolib, jinsiy hujayralarni hosil qiladi. Bir qancha gidropoliplarda meduzalaro‘z shaklini tamoman yo‘qotib, jinsiy hujayralar bilan to‘lgan xaltaga o‘xshab qoladi. Shunday qilib, dastlab xaqiqiy erkin yashovchi nasldan iborat bo‘lgan meduzalar, asta-sekin o‘zgarib koloniyaning jinsiy hujayralar hosil qiladigan organiga aylanadi.
Ayrim gidroidlarda nasl almashinuv teskari tomonga yo‘nalgan bo‘lishi mumkin. Bunday turlarning meduza nasli gidroid naslidan ustun turadi. Gidrozoylar orasida polip stadiyasidan iborat vakillari (gidra) bilan bir qatorda faqat meduzalar holida hayot kechiruvchi turlari (Trachylida turkumi) ham bo‘ladi. Bunday meduzalar planulasi polipga aylanmasdan yana meduzani hosil qiladi.
Gidrozoylar sinfi bir necha turkumlarni o‘z ichida oladi. Ulardan asosiylari quyidagilardan iborat.

Download 1.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling