Kafedrasi zoologiya
Ko‘payishi va rivojlanishi
Download 1.19 Mb.
|
10.03 Tayyori Mamatqulova1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Klassifikatsiyasi
- Kubomeduzalar
Ko‘payishi va rivojlanishi. Ko‘pchilik ssifoid meduzalar ayrim jinsli. Jinsiy bezlar taqasimon shaklda bo‘lib, oshqozon kameralari devorida joylashgan. Yetilgan tuxumlar va spermatozoidlar gastrovaskulya r sistema orqali suvga chiqadi. Tuxum hujayralar suvda urug‘lanadi. Urug‘ langan tuxum hujayra to‘liq va bir tekis bo‘linadi. Gastrulyatsiya invagimatsiya orqali sodir bo‘ladi. Gastrulyatsiyaning bu xili yuksak bo‘shliqichlila r, ya'ni ko‘pchilik ssifoid meduzalar va olti nurli korall poliplar uchun xos bo‘ladi; urug‘langan tuxumdan planula lichinkasi chiqadi. Lichinka sub stratga yopishib, mayda polip - ssifistomni hosil qiladi (5-ilova). Ssifisstomda asta-sekin paypaslagichlar hosil bo‘ladi. Ssifistom kurtaklanish orqa li yangi ssifistomlarni hosil qilishi mumkin, ayrim turlarda yosh ssifistomlar ajralib ketmasdan koloniya hosil qiladi. Ssifistom ko‘ndalangiga kurtaklanish orqali strobilaga aylanadi. Strobila chetlari chuqur kesilgan bir necha diskdan iborat. Disklar ketma-ket strobiladan ajralib chiqib, efiralarga yosh meduzalarga aylanadi. Efiralardan meduzalar rivojlanadi.
Shunday qilib, ko‘pchilik ssifoid meduzalar nasl almashinish, ya'ni jinsi y va jinssiz nasllarning gallanishi orqali ko‘payadi. Ular polip davrining qii sqa, poliplarining juda kichik bo‘lishi, meduza davri ancha uzoq davom et ishi bilan gidroid meduzalardan farq qiladi. Klassifikatsiyasi. Ssifomeduzalar sinfi 5 turkumga bo‘linadi. Stavromeduzalar (Stauromedusae) turkumi o‘troq yashovchi bir necha turlarni o‘zichiga oladi. Meduzalar poyachasi yordamida substratga yopishib yashaydi. Hayot siklida nasl almashinish bo‘lmaydi. Planula li-chinkasi bevosita yosh meduzaga aylanadi. Asosiy vakillaridan lyutsernariya (Lucernaria) va Haliclystus ni ko‘rsatish mumkin. Kubomeduzalar (Cubomedusae) - mayda meduzalar, soyaboni chetida to‘rttadan ropaliyalari va paypaslagichlari joylangan. Iliq suvli dengizlarning uncha chuqur bo‘lmagan joylarida uchraydi. Ayrim meduzalar, masalan, Avstraliya va Indoneziya qirg‘oqlari yaqinida tarqalgan Chi- ropsalmus meduzasi odam uchun xavfli, ularning "kuydirishi" o 'limga sabab bo‘lishi mumkin. Download 1.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling