Kafedrasi zoologiya


Download 1.19 Mb.
bet9/17
Sana22.03.2023
Hajmi1.19 Mb.
#1286725
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17
Bog'liq
10.03 Tayyori Mamatqulova1

Coronata turkumi turlari uncha ko‘pemas, dengizning chuqur qismida uchraydi. Soyaboni halqa egat orqali markaziy disk va periferik '"toj"ga bo‘lingan.
Semaeostomeae turkumi soyaboni disksimon yassi, soyabon chetida juda ko‘p paypaslagichlari bo‘ladi. Bu turkumga deyarli hamma dengizlarda keng tarqalgan dengiz laganchasi aureliya (Aurelia auritca), shimoliy dengizlarda tarqalgan qutb meduzasi (Cyanea capillata) kiradi. Ayrim vakillari (Pelagia) qorong‘ida kuchli nur tarqatadi.
Ildizog‘iz meduzalar (Rhizostomida) turkumiga ancha yirik, tropik dengizlarda, keng tarqalgan meduzalar kiradi. Soyaboni chetid a paypaslagichlari bo‘lmaydi. Ozig‘ini og‘iz xartumlari orqali suvdan filtrlab oladi. Qora dengizda ildizog‘iz meduza Rhizostoma pulmo uchraydi. Ayrim turlari tuzlangan holda iste'mol qilinadi.
Korall poliplar faqat dengizlarda o‘troq hayot kechiradigan 6000 dan ortiq bo‘shliqichlilardan iborat. Ko‘pchilik turlari koloniya hosil qiladi. Kattaligi har xil; yakka yashovchi poliplar bir necha milli metrclan bir necha o‘n santimetrgacha; ayrim turlari 1 m gacha bo‘ladi. Korall poliplar nasl almashinmasdan rivojlanadi, ya'ni faqat polip shaklida uclhraydi; meduza davri bo‘lmaydi.
Tuzilishi. Tanasi gidropoliplarga o‘xshash, lekin ularga nisbataan murakkab tuzilgan. Yakka poliplar silindrsimon tanasining yassi tovor qismi substratga yopishish uchun xizmat qiladi. Koloniyali poliplarda esa har qaysi individ tovon orqali koloniyaning poyasiga yoki shoxiga yop ishadi. Og‘iz teshigi har bir polip tanasining uchki qismidajoylashgan. Og‘iz teshigi sakkizta (sakkiz nurlilar kenja sinfi), yoki olti karra miqdord a paypaslagichlar bilan o‘ralgan (6-ilova).
Og‘iz nayga o‘xshash uzun halqumga ochiladi. Halqum da- vori gastral bo‘shliqqa osilib turadi. Halqum og‘iz diski devorining polip tanasiga botib kirishidan hosil bo‘lganligi tufayli ektoderma epiteliysi bilan qoplangan. Halqum nayi yassi bo‘lganidan halqum teshigi ham bir tomonlama yassilashgan tirqishga o‘xshaydi. Halqumning bir uchida yoki ikkala uchida ham sifonoglifdeb ataladigan og‘iz egatchalari joylashgan. Egatchalarda joylashgan kipriklarning harakati tufayli suv gastral bo‘shliqqa kiradi. Halqumning boshqa qismi orqali suv gastral bo‘shlig‘idan oqib chiqadi. Shu usulda gastral bo‘shlig‘idagi suv doimo almashinib turadi. Suvning yangilanib turishi polip tanasini kislorod bilan ta'minlanishida va mayda plankton organizmlar bilan oziqlanadigan poliplarning oziqlanishida katta ahamiyatga ega. Gastral bo‘shliqdan suvdagi kislorod to‘qimalarga o‘tadi; karbonat angidrid esa to‘qimalardan suvga o‘tadi. Karbonat angidridga to‘yingan suv hazm bo‘lmagan oziq qoldiqlari bilan birga gastral bo‘shliqdan chiqib ketadi.
Gastral bo‘shliq endoderma bilan goplangan bo‘lib, parda to‘siq-sep- ta yordamida kameralarga bo‘lingan. Septaning bir tomoni tana devoriga yopishgan bo‘lib, periferik kameralarni hosil qiladi; ikkinchi tomoni gastral bo‘shliqda erkin joylashgan. Ana shuning uchun ham gastral bo‘shliqning markaziy qismi kameralarga bo‘linmagan. Septaning tana bo‘shlig‘ida erkin joylashgan qalinlashgan uchi mezenterial iplar deyiladi. Mezenterial iplarda hazm qiluvchi fermentlar ishlab chiqaradigan bezli hujayralar joylashgan. Septalar soni paypaslagichlar soniga teng bo‘ladi. Septalar endoderma bilan qoplangan mezogleyadan iborat.
Gistologik jihatdan ham korall poliplar gidroidlarga nisbatan ancha murakkab tuzilgan. Ularning yupqa bazal membranasi o‘miga qalin me- zogleya; ektodermadagi epiteliy-muskul hujayralari o‘rniga ixtisoslashgan bo‘ylama va halqa muskullar rivojlangan. Bunday muskullar septalarda ham bo‘ladi. Ular har bir septa bo‘ylab o‘tadigan yug‘onlashuv, ya'ni jiyakni hosil qiladi. Korall poliplar ektodermasi ostida joylashgan nerv tugunlari gidroidlarga nisbatan yaxshi rivojlangan. Koloniya bo‘lib yashovchi korall poliplar ohak, ba'zan (sakkiz nurlilar)
muguz skelet hosil qiladi. Ko‘pchilik yakka yashovchi korallarning skeleti bo‘lmaydi. Sakkiz nurlilar skeleti mezogleyada tarqoq joylashgan mikroskopik ohak ninalardan iborat. Qizil korall tanasidagi skelet ignalarning ko‘pi bir-biriga yopishib, birmuncha tig‘iz skeletni hosil qiladi. Olti nurlilarda dastlab tovon plastinkasi, so‘ngra polip tanasi sirtida kosacha, ya'ni teka hosil bo‘ladi. Keyinroq tekadan tana ichiga skelet to‘siq-sklerosepta botib kiradi. Juda ko‘pindividlardan iborat poliplar koloniyasidagi qo‘shni individlar tekasi o‘zaro qo‘shilib ketadi. Sakkiz nurlilar skeleti mezogleyada, oltinurli- lar skeleti esa ektodermada joylashgan. Sakkiz nurlilarda gastral bo‘shliqning sakkizta kamerasidan ikkitasi uning toraygan tomoni qarshisida joylashgan bo‘lib, yo‘naltiruvchi kameralar deyiladi. Septalarda muskulli valiklar joylashgan. Oltinurlilar septalari yanada murakkabroq tuzilgan. Ularning gastral bo‘shlig‘ida to‘siqlar juft-juft bo‘lib joylashgan; to‘siqlar soni kamida 12 ta yoki 12 karra miqdorda bo‘ladi. Kameralar birdaniga hosil bo‘lmaydi. Dastlab olti juft birinchi tartib kameralar, so‘ngra ular orasida ikkinchi tartib kameralar hosil bo‘ladi. Bitta juftlikni tashkil etadigan to‘siqlar oralig‘idagi kameralar ichki, har xil juft to‘siqlar oralig‘idagi kameralar oraliq bo‘ladi. Skleroseptalar ana shu oraliq to‘siqlarda joylashadi. Yakka holda yashaydigan yirik korallar-aktiniyalarning skeleti bo‘lmaydi.

Download 1.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling