Kafedrasi zoologiya


II.BOB BO‘SHLIQICHLILAR SISTEMATIKASI VA FILOGENYASI


Download 1.19 Mb.
bet12/17
Sana22.03.2023
Hajmi1.19 Mb.
#1286725
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
10.03 Tayyori Mamatqulova1

II.BOB BO‘SHLIQICHLILAR SISTEMATIKASI VA FILOGENYASI
2.1. Taroqlilar (Ctenophora) sinfi.
Bo‘shliqichlilar orasida gidrozoy lar eng tuban tuzilishga ega bo‘lgan hayvonlar hisoblanadi. Ularning tana si ikki qavatli qopchaga o‘xshash bo‘ladi; ektodermal halqumi va tana bo‘shlig‘i to‘sig‘i rivojlanmagan. Gidrozoylar orasida hech shubhasiz dengiz gidroidlarini eng qadimgi hayvonlar deyish mumkin. Ularning meduza davri keyinroq paydo bo‘lgan. Chunki meduza polipga nisbatan ancha murakkab tuzilgan. Meduza davrining paydo bo‘lishi o‘troq yashovchi poliplarning tarqalishini osonlashtiradi. Hozirgi ayrim bo‘shliqichlilar ikkilamchi marta meduza davrini yo‘qotgan. Gidrozoylar orasida sifonoforalar keyinroq paydo bo‘lgan. Ular tanasidagi individlarixtisoslashib, polimorfkoloniyani hosil qiladi. Evolyutsiya davomida ssifomeduzalarning polip stadiyasi murakkablashmasdan meduza stadiyasi murakkablashib borgan. Bu hodisa meduzalarni erkin harakat qilishi bilan bog‘liq.
Korall poliplar evolyutsiyasi ularda metagenezning bo‘lmasli gi tufayli o‘troq yashashga moslashuv yo‘nalishida borgan. Korall poliplar tuzilishida ham bir qancha murakkablashuv belgilari paydo bo‘lgam. Chunki ularning hazm qilish sistemasi ektodermal halqum va endodermal ichakka bo‘lingan. Oshqozon devorida to‘siqlar paydo bo‘lishi ichakn ing hazm yuzasini kengaytiradi. Korall poliplar va ssifomeduzalarning tuzilishi umumiy plani gidrozoylarga o‘xshash bo‘lganidan, bu sinflar gidrozoylar bilan genetik jihatdan bog‘langan deyish mumkin.
Taroqlilar . Taroqlilar - dengizlarda yakka yashovchi hayvonlar. Ko‘pchilik turlari suv qa'rida, boshqalari suv tubida o‘rmalab hayot kechiradi. Tanasi bo‘shliqichlilarga o‘xshash ikki qavatdan, ya'ni ektoderma va endoder- madan iborat. Bu qavatlar o‘rtasida mezogleya bo‘ladi. Ko‘pchilik taro qlilarning yopishuvchi hujayralari bo‘ladi. Shaklan o‘zgargan kipriklar yordamida harakatlanadi. 90 ga yaqin turlari bitta sinfni tashkil etadi.
Tanasi odatda xaltaga o‘xshash bo‘lib, uning bir chetida og‘iz teshigi (oral qutbi), ikkinchi chetida chiqaruv teshigi (aboral qutbi) joylashgan. Tananing asosiy o‘qi ana shu ikki qutbi orqali o‘tadi. Asosiy o‘q orqali ikkita har xil simmetriya yuzasini o‘tkazish mumkin. Ana shuning uchun taroqlilarni ikki nurli simmetriyali hayvonlar deyish mumkin. Ammo ko‘pchilik organlar (taroq plastinkalar, radial naylar, jinsiy bezlar) asosiy tana o‘qi bo‘ylab 8 tadan joylashadi. Shuning uchun taroqlilarda ikki nurli va sakkiz nurli simmetriya belgilari mujassamlashgan. Taroqlilarda birin- clhi marta dastlabki embrion yaproglari va alohida muskul to‘qimasi paydo bo‘ladi; taroqsimon plastinkalar yordamida harakat qiladi. Muvozanat vazifasini maxsus aboral organ bajaradi (9-ilova).
Taroqlilar tanasining ikki yonida shoxlangan ikkita uzun paypaslagichlari joylashgan. Paypaslagichlar cho‘zilishi yoki maxsus xalta ichiga joylashib olib, qisqarishi mumkin. Paypaslagichlarda joylashgan juda ko‘p yopishqoq hu- jayralaro‘ljasini ushlab turish uchun xizmat qiladi. Ayrim taroqlilarning paypaslagichlari bo‘lmaydi.
Taroqlilar tanasi sirtida oral qutbidan aboral qutbi yunalishida 8 qator taroqsimon plastinkalar joylashgan. Har bir taroq plastinka asoslari orqali bir-biri bilan yopishgan qator kipriklardan iborat. Taroqchalarni bir me'yorda silkinishi tufayli hayvon harakat qiladi. Mezogleyasi tiniq quyuq moddadan iborat. Mezogleyada muskul hujayralari to‘p bo‘lib, taroq plastinkalari va paypaslagichlari ostida joylashgan.

Download 1.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling