Kafedrasi zoologiya
Tip vakillarining ko‘payishi hamda rivojlanishi
Download 1.19 Mb.
|
10.03 Tayyori Mamatqulova1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nerv sistemasi.
2.2. Tip vakillarining ko‘payishi hamda rivojlanishi
Hazm qilish sistemasi. Og‘iz teshigi ektodermal yassi halqumga ochiladi. Halqum endodermal oshqozon bilan tutashgan. Oshqozon xaltaga o‘xshab halqumga perpendikulyar yo‘nalishda yassilashgan. Paypaslagichlari ana shu yuzada joylashganidan tananing bu qismi paypaslagichlar yuzasi deyiladi. Oshqozondan beshta nay boshlanadi. Shu jumladan ikkita uchi berk naylar halqumning ikki yoni bo‘ylab og‘iz teshigi tomonga yo‘naladi. Bitta ingichka nay aboral tomonga ko‘tariladi. Bu yerda ikki marta shoxlanib, to‘rtta kalta va ingichka naylarni hosil qiladi. Ulardan ikkitasining uchi berk; ikkitasi esa ayirish teshigi orqali tashqariga ochiladi. Oshqozonning yana ikkita nayi ikkita paypaslagichlar yuzasi tomonga (tana o‘qiga perpendikulyar yo‘nalishda) tarqaladi. Ular shoxlanib, ikkitadan juft va bittadan toq naylarni hosil qiladi. Ikkita juft naylar yana bir marta dixotomik shoxlangach, sakkizta uchi berk meridional naylarga ochiladi. Meridional naylar taroqsimon plastinkalar ostiga joylashgan. Toq naylar esa paypaslagichlar asosiga keladi. Shunday qilib, halqum va oshqozonning yassilashganligi, oshqozondan boshlanadigan naylar va paypaslagichlarning joylashuvi taroqlilarda simmetriyaning ikki yuzasi borligini, ya'ni ular simmetriyasi ko‘p nurli emas, balki ikki nurli simmetriyaga yaqin turishini ko‘rsatadi. Nerv sistemasi. Taroqlilar nerv sistemasi ektodermada joylashgan nerv to‘ridan iborat. Nerv hujayralari taroqsimon plastinkalar ostida tig‘iz joylashib, aboral tomonga yo‘nalgan nerv zanjirini hosil qiladi. Alboral organ murakkab tuzilgan statotsistdan iborat. Uning statoliti kalsiy karbonat zarrachasidan iborat bo‘lib, kiprikchalarning bir-biriga yopishishidan hosil bo‘lgan to‘rtta kamarchada osilib turadi. Ustki tomondan statolit qopqoqcha bilan yopilgan. Statolit kamarlaridan chiqadigan to‘rtta egatcha dixotomik shoxlanib, sakkizta taroqsimon plastinkalarga keladi. Aboral organ tana muvozanatini saqlash va harakatni boshqarish vazifasini bajaradi. Download 1.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling