Kafedrasi zoologiya


Gidroidlar (Hydroidea) kenja sinfi


Download 1.19 Mb.
bet3/17
Sana22.03.2023
Hajmi1.19 Mb.
#1286725
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
10.03 Tayyori Mamatqulova1

Gidroidlar (Hydroidea) kenja sinfi. Gidroidlar orasida eng sodda tuzilgan chuchuk suv gidralari hisoblanadi. Gidralarning tanasi cho‘ziq qopcha yoki silindrga o*xshaydi; tanasining pastki substratga yopishgan tomoni tovon deyiladi. Tovonning qarama-qarshi uchida og‘iz teshigi joylashgan bo‘lib, bu tomoni oral, tovon tomoni esa aboral (oral qutbga qarama-qarshi) qutb deyiladi.
Gidra tanasi devori tashqi ektoderma va ichki endodermadlan tuzilgan. Bu ikki qavatni bazal parda ajratib turadi. Ektoderma va en doderma tana bo‘shlig‘ini o‘rab turadi. Bu bo‘shliq gastral bo‘shliqqa mos keladi. Gastral bo‘shliq yagona og‘iz teshigi orqali tashqi muhitga ochiladi. Og‘iz teshigi atrofida 5-12 ta paypaslagichlar joylashgan. Gastral bo‘shliq ana shu paypaslagichlar ichida davom etadi (1-ilova). Ektoderma va endoderma hujayralari og‘iz teshigi chetida tutashganidan gidroidlardza halqum (ektoderma bilan qoplangan oldingi ichak) bo‘lmaydi.
Gidra tanasi bir necha xil hujayralardan tuzilgan. Ektoderma va en- dodermada silindrsimon yoki kubsimon epiteliy-muskul hujayralar ko‘p bo‘ladi. Ularning bazal membranaga tegib turadigan dukka o‘xshash cho‘ziq tomonida muskul tolalari bor. Tolalar gidra tanasi bo‘ylab joylash gan; ular qisqarganida gidra tanasi va paypaslagichlari tortiladi. Endoder- rada muskul tolalari tanaga ko‘ndalang halqa shaklda joylashgan. Endoderma muskullari qisqarganida gidra tanasi ingichkalashib uzayadi.
Epiteliy-muskul hujayralar orasida otuvchi hujayralarjoylashgan. Otuvchi hujayralar uch xil bo‘ladi. Pinetrantlar deb ataladigan otuvchi hujayralar ichida otuvchi kapsulasi bor. Kapsula suyuqligida orqaga biroz egilgan ilmoqchali mayda tukchalarga ega bo‘lgan sanchiluvchi nayza - stilet bo‘ladi. Otuvchi hujayra ustida maxsus sezgir tukcha - knidotsel joylashgan (2-ilova). Knidotsel 18 ta barmoqsimon o‘simtalar - mikrovorsinkalar bilan o‘ralgan. O‘lja yoki dushman xivchinga tegib, ketganida xivchin mikrovorsinkalarga tegib otuvchi hujayrani qo‘zg‘atadi. Otuvchi kapsula otuvchi tolani otib chiqaradi. Tola hayvon tanasiga nayzaga o‘xshab sanchiladi. Kapsula ichidagi suyuqlik tola ichidagi nay orqali o‘lja tanasiga oqib o‘tadi. Suyuqlik mayda hayvonlarni falajlashi mumkin.
Bir marta foydalanilgan otuvchi hujayra qayta tiklanmaydi; uning o‘miga boshqasi hosil bo‘ladi. Volvenilar deb ataladigan boshqa bir xil otuvchi hujayralar suyuqligi kuydirish xususiyatigaega. Ularning ipi o‘lja tanasidagi tuklarga o‘ralib qolib, uni ushlab turadi. Uchinchi guruh otuvchi hujayralar - glyutinantlar yopishqoq iplar chiqaradi. Bu iplar yordamida gidra harakatlanadi yoki o‘ljasini yopishtirib ushlab turadi. Otuvchi hujayralar pay- paslagichlarda ayniqsa ko‘p bo‘ladi.
Ektodermadagi epiteliy - muskul hujayralar asosida ixtisoslashmagan juda ko‘p mayda interstitsial (oraliq) hujayralar to‘p-to‘p bo‘lib joylashgan. Ular gidra tanasidagi boshqa hujayralarni, jumladan otuvchi va jinsiy hujayralarni hosil qiladi.
Endoderma qavati asosan hazm qilish funksiyasiga ega bo‘lgan epiteliy- muskul va maxsus bez hujayralardan iborat. Bu hujayralarning muskul tolalari gidra tanasiga nisbatan ko‘ndalang joylashganligi yuqoridla qayd etilgan edi. Endoderma hujayralari 1-3 ta xivchinga ega: Ular soxta oyoqlar hosil qiladi va gastral bo‘shliqdagi zarralarni qamrab olib, hujayra ichida hazm qiladi. Shunday qilib, bo‘shliqichlilar ham g‘ovaktarılilarga o‘xshab oziq moddalarni hujayra ichida hazm qilish xususiyatiga ega. Lekin bo‘shliqichlilar endodermasidagi bezli hujayralar gastral bo‘shliqqa hazm shirasi ishlab chiqarishi tufayli oziqning hazm bo‘lishi tana bo‘shlig‘ida boshlanadi. Gidra har xil mayda jonivorlar, asosan qisqichbaqasimonlar (dafniya, sikloplar) bilan oziqlanadi.

Download 1.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling