Kamilova zebiniso nusrat qizi son tushunchasining rivojlanish tarixi va istiqbollari
Download 145.94 Kb.
|
dissertatsiya Kamilova Zebiniso
- Bu sahifa navigatsiya:
- DISSERTATSIYA Ilmiy rahbar
- Ilova. Arifmetikadagi bazi masalalar
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI Qo‘lyozma huquqida KAMILOVA ZEBINISO NUSRAT QIZI SON TUSHUNCHASINING RIVOJLANISH TARIXI VA ISTIQBOLLARI Mutaxassislik: 5A110101-Matematika o‘qitish metodikasi MAGISTR akademik darajasini olish uchun yozilgan DISSERTATSIYA Ilmiy rahbar: dots. S.X.Abjalilov Navoiy – 2020 MUNDARIJA
Kirish Mamlakatimizda ta’lim samaradorligini oshirish va shu orqali mehnat va xizmatlar bozoriga malakali mutaxassis kadrlar tayyorlash “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ni amalga oshirishning ustuvor vazifalaridan biri sifatida belgilangan. Jamiyatda fan va texnikaning shiddat bilan rivojlanishi kadrlar salohiyatini zamon talablariga mos ravishda oshrish hamda kasbiy malakalarini tizimli boyitib borishni talab etmoqda. Hozirgi kunda zamonaviy ta’lim asosida ta’lim jarayonini amalga oshirish, mazkur jarayonda zamonaviy pedagogik va innovatsion texnologiyalardan samarali foydalanishni taqazo etadi. O’z navbatida bulardan foydalangan holda o’qitish samaradorligini oshirishga erishish zamonaviy ta’lim metodlaridan to’g’ri va o’rinli foydalanishni talab etadi. Ta’lim tizimini isloh qilish kelajakda o‘qituvchilik kasbini egallaydigan yangi avlodni yuqori kasbiy madaniyat, ijodiy va ijtimoiy faollik, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil qatnasha olish qobiliyatlarini shakllantirishga yo‘naltirilgan. Mazkur vazifalarni bajarishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarning ahamiyati o‘ta salmoqlidir. Matematika va uni o‘qitish muammolariga murojaat etish va ularni muhim zamonaviy ilmiy fikrlash yo‘nalishlariga qo‘shish jamiyatda innovatsion jarayonlar dinamikasining o‘sib borayotganini tushuntirish natijasida vujudga keldi. Har qanday jarayon – harakatdir, moddiy dunyoning narsalar yoki hodislalarning asta-sekin o‘zgarishidir. O‘qitish jarayoni ham yosh avlodda aqliy kuchlarni rivojlantirishga va ahloqiy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan harakatdir. Bugungi kunda uzluksiz ta’lim qatnashchilarining tarbiyalanganlik darajasini tashxislaydigan va korreksiyalaydigan yaxlit nazariya va amaliyotini yaratish, mamlakatimiz va xorijiy tajribalarni hamda metodlarni atroflicha o‘rganish, psixologik, sotsiologik yo‘nalishdagi manbalarni tadqiq etish muhim va dolzarb masalalardan biridir. Download 145.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling