Kapital fondlar va moliyaviy natijalar xisobi. Reja
Ba’zi hollarda Nizom kapitaliga yangi muassis kelib qo‘shilishi mumkin. Bu esa quyidagi yo‘llar bilan amalga oshiriladi
Download 104.5 Kb.
|
Kapital fondlar va moliyaviy natijalar xisobi.
Ba’zi hollarda Nizom kapitaliga yangi muassis kelib qo‘shilishi mumkin. Bu esa quyidagi yo‘llar bilan amalga oshiriladi:
Nizom kapitali ulushini bir yoki bir necha sherikdan sotib olish; qo‘shimcha sarmoya kiritish. Bizningcha, har ikkala holatda ham yangi muassisning kelib qo‘shilishi jamiyatning barcha a’zolari tomonidan ma’qullanishi lozim. Agar muassis chiqib ketayotgan vaqtda korxona ma’lum jamg‘arilgan foydaga ega bo‘lsa, u holda ta’sis hujjatlarida belgilangan nisbatda u ham o‘z haqqiga ega bo‘ladi. Shuningdek, davlat muassasalaridan ro‘yxatdan o‘tkazish bilan tasdiqlangan, ammo muassislarning tegishli qarorlarisiz Nizom kapitalini o‘zgartirishlari bilan bog‘liq muomalalar buxgalteriya hisobida aks ettirilmaydi. Aksionerlik jamiyati o‘z aksiyalarini aksionerlardan sotib olishi, sotishi yoki bekor qilishi schyotlarda quyidagicha aks ettiriladi: Dt-5000, 5100, 5200 va boshqalar Kt-8610 Bu aksiyalarni keyinchalik qayta sotish schyotlarida quyidagicha aks ettiriladi: Dt-8610 Kt-4610 Yuqorida keltirilgan yozuvlar natijasida 4610 – schyotining Dt tomonida hosil bo‘lgan qoldiq aksionerlarninig qarzini, ya’ni olingan aksiyalar uchun to‘lanmagan mablag‘ yoki ta’sis hujjatida e’lon qilingan Nizom fondiga ko‘chirilishi lozim bo‘lgan ulush miqdorini ko‘rsatadi. Bu to‘lovlar yoki aksiya qiymati to‘langanda kelib tushgan mablag‘ summasiga 4610 – schyoti Ktlanib, Nizom kapitali miqdori o‘zgarishsiz qoldiriladi. Aksionerlar sotib olgan aksiyalar uchun aksionerlik jamiyati foydasi hisobidan dividend oladilar. Uning miqdori xo‘jalik sub’ekti xo‘jalik faoliyati natijalariga ko‘p jihatdan bog‘liq. Foydadan byudjetga soliq, rezerv kapitaliga, xo‘jalik sub’ekti umumiy maqsadlariga ajratmalar qilingandan keyin aksionerlar uchun dividend to‘lanadi. Bu schyotlarda ro‘yxatdan o‘tkazilgan aksiyalar qiymatining chegarasidagi yoki puli to‘langan aksiyalarning nominal qiymatidagi Nizom kapitali aks ettiriladi. Nizom kapitalining hajmi Nizomda ro‘yxatdan o‘tkazilgan summadan oshib ketishi mumkin emas. Sub’ekt Nizom kapitalining ko‘payishi yoki kamayishi faqat ta’sischilarning qarori bilan va sub’ekt nizomi hamda boshqa ta’sis hujjatlariga o‘zgarishlar kiritilgandan so‘ng, amalga oshiriladi. Ta’sischilar qo‘yilmalarining haqiqiy kelib tushishi 4610-«Nizom kapitaliga ulushlar bo‘yicha ta’sischilarning qarzlari» schyotining Ktiga o‘tkaziladi. 8310-«Oddiy aksiyalar» schyoti ovoz berish huquqiga ega bo‘lgan oddiy aksiyalarning qiymati qo‘shilgan holdagi aksiyadorlar kapitalining holati va harakati to‘g‘risidagi va imtiyozli aksiyalar uchun to‘lanadigan dividendlar qayd etilgandan keyin qolgan sof daromadni taqsimlashda qatnaShuvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan. Nizomda qayd qilingan va ta’sis hujjatlarida ko‘rsatilgan ta’sischilarning ulushi va omonatlaridan tashkil topgan sub’ektning Nizom kapitalini ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin ta’sischilarning ulushi va omonatlarining summasi 8330 – «Ulush va omonatlar» schyotining Kti va 4610 –«Nizom kapitali (fondi) ga badallar bo‘yicha ta’sischilarning qarzlari» schyotining Ktida va pul mablag‘larini, moddiy va nomoddiy qiymatliklarni hisobga oluvchi schyotlarning Dt tomonida ko‘rsatiladi. Download 104.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling