Toblab pishiriladigan go'sht taomlar
Go'sht mahsulotlari toblab pishirish uchun avval qaynatiladi, yopiq idishda
pishiriladi, dimlanadi yoki to'la-to'kis pishguncha qovuriladi, keyin garnir, qayla
bilan yoki qaylasiz porsiyali tovalar yoxud tunuka tovalarda toblab pishiriladi. Ular
250-300 °C haroratda qizil qobiq hosil bo'lguncha va mahsulot 80-85 °C gacha
isiguncha, bevosita suzib berish oldidan toblab pishiriladi, negaki saqlab
turiladigan bo'lsa, taomlarning tashqi ko'rinishi va mazasi yomonlashadi.
Porsiyali tovada toblab pishirilgan taomlar o'sha tovaning o'zida suzib
beriladi. Suzib berilayotganda ustiga eritilgan sariyog' quyiladi.
45
19-rasm. Turkcha kabob.
Do'stlaringiz bilan baham: |