Kasbiy pedagogika” fan sifatida Reja: “Kasb ta’limi pedagogikasi” fanining maqsad va vazifalari


Kasb-hunar ta’limini tashkil qilishda o‘qituvchining asosiy vazifalari


Download 389.03 Kb.
bet69/128
Sana07.02.2023
Hajmi389.03 Kb.
#1173587
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   128
Bog'liq
MA

Kasb-hunar ta’limini tashkil qilishda o‘qituvchining asosiy vazifalari
Reja:
1. O‘qituvchining lavozim vazifalari.
2. O‘qituvchining ta’limni rejalashtirish bo‘yicha vazifalar.
3. Nazorat va baholash bo‘yicha vazifalari.
4 O‘qituvchining metodik ishlari.


Tayanch so’z va iboralar: o’qituvchining vazifalari, metodik ishlar, lavozim vazifasi, kasbiy tayyorgarlik.


1.O‘qituvchining lavozim vazifalari
O‘quv jarayonida o‘qituvchi raxbarlik vazifasini bajaradi. Bu umumiy qoida kasb ta’limi o‘qituvchisiga xam ta’luqlidir. Kasb ta’limida vaqtning qismini o‘quvchilarning mustaqil amaliy ishlari egallashi o‘qituvchining rolini yanada oshiradi. Chunki hamma narsa o‘qituvchi tomonidan oldindan puxta o‘ylansa va yaxshi rejalashtirilsagina o‘quvchilar mustaqil ishlay olishlari mumkin.
Bu borada kasbiy ta’lim o‘qituvchisining metodik pedagogik va maxsus tayyorgarliklari yuqori pog‘onaga ko‘tarilishi lozim. Unda kasbiy ta’lim o‘qituvchisi o‘z fanining ilmiy asoslarini mukammal bilish bilan birga, mustaqil mexnat ko‘nikmalari va malakalarni egallangan bo‘lishi, ularni o‘quvchilarga moxirlik bilan yetkazib bera olishi kerak. Shu munosabat Bilan aytish zarurki, faqat o‘z sohasida yaxshi malaka orttirgan va ishining ustasi bo‘lgan kishigina o‘quvchilarga o‘z ishini egallashda yordam bera oladi.
Kasb ta’limi o‘qituvchisining lavozim vazifalari quyidagilardan iborat:

  • o‘quvchilarning kasb-hunarga moyilligini, mahorat va malakasini rivojlantirish;

  • tanlangan kasb va ixtisosligi o‘quv fanlari bo‘yicha chuqur bilimlarni, ilmiy dunyoqarashni shakllantirish;

  • ta’lim jarayonida o‘qitishning samarali usullari, vositalari va shakllarini, yangi pedagogik texnologiyalarni keng qo‘llash;

  • o‘qitadigan fani bo‘yicha darsdan tashqari ishlarni, to‘garak mashg‘ulotlarni tashkil qilish;

  • o‘quvchilarni bilim sifati, o‘zlashtirish darajasi va davomatini nazorat qilish;

  • o‘quvchilar bilan yakka tartibda ishlash;

  • o‘quvchilarni fan olimpiadalariga tayyorlash;

  • o‘quv xonalarini jahon standartlari va dizayn talablari darajasida jihozlashda qatnashish;

  • ilg‘or pedagogik tajribalarni o‘rganish va qo‘llash;

  • muntazam ravishda malakasini oshirish.

Kasb ta’limi o‘qituvchilari bundan tashqari mutaxassisligi bo‘yicha ishlab chiqarish texnologiyalarini, iqtisod asoslari, ishlab chiqarish va boshqarishni tashkil etish asoslarini bilishi kerak.



Download 389.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling