Kasbiy pedagogika” fan sifatida Reja: “Kasb ta’limi pedagogikasi” fanining maqsad va vazifalari


Baholash va tahlil qilish bo‘yicha vazifalar


Download 389.03 Kb.
bet72/128
Sana07.02.2023
Hajmi389.03 Kb.
#1173587
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   128
Bog'liq
MA

Baholash va tahlil qilish bo‘yicha vazifalar
o‘quvchilarning amaliy natijalarini kuzatish, tahlil qilish va baholash;

  • o‘quvchilarning o‘zlashtirilgan nazariy bilimlarini baholash;

  • o‘quvchilarning xulqini baholash;

  • ta’limning mavjud sharoitlarining sifatini baholash;

  • rejalashtirish va tashkillashtirish bo‘yicha hujjatlarning sifatini baholash;

  • o‘quv-didaktik materiallarning sifatini baholash;

  • o‘zi bergan yo‘l-yo‘riq va namoyishlarni o‘zi baholash;

  • berilgan topshiriqlarning sifatini o‘zi baholash.



4. O‘qituvchining metodik ishlari
Kasb ta’limi o‘qituvchisi o‘zining pedagoglik maxoratini takomillashtirish ustida, o‘z malakasini oshirish ustida xar doim ishlashi kerak. Unga bu borada o‘qituvchilar malakasini oshirish institutlari ancha yordam beradi. Bu institutlarda qichqa muddatli kurslar tashkil qilinib, ularda o‘qituvchilar fan va texnika sohasidagi yutuqlar, ilg‘or pedagogik tajribalar bilan tanishadilar.
Bu kurslar xamma o‘qituvchilarni qamrab ololmaydi, albatta. Shu sababli kurs tayyorgarligi bilan birga joylarda muntazam ravishda metodik ishlab olib boriladi. Odatda, ular birqancha metodik ishlarini bojarishadi. Bu esa qo‘shimcha ma’suliyat yuklaydi, ularning mustaqil bilim olish borasida qunt bilan ishlab, xamkasblari uchun namuna bo‘lishga majbur qiladi.
Kasb-hunar kollejlarida ilmiy-uslubiy ishlarni zamon talablari asosida tashkil etish va unga rahbarlik qilish uchun kollej rahbari ayni vaqtda ham yaxshi pedagogik, ham kasb-hunar sirlarini yaxshi biladigan mutaxassis bo‘lishi kerak. U mustaqil ravishda bilim olish va malaka oshirish kurslari orqali ilmiy-uslubiy ishlarning mazmuni hamda ularni tashkil etishga oid masalalarni o‘rganib borishi kerak.
Kasb-hunar kollejlarida tashkil etiladigan ilmiy-uslubiy ishlarning vazifalari sirasiga quyidagilar kiradi:

  • kasb-hunar kolleji pedagog va texnik xodimlarining ilmiy-g‘oyaviy saviyasini, pedagogik mahoratini oshirish;

  • talabalarni milliy mustaqillik ruhida tarbiyalash mazmuni, shakl, metod va vositalarini takomillashtirish;

  • ta’lim, tarbiya va rivojlantirish maqsadlarining birligi, umumilmiy, umumkasbiy va maxsus tayyorgarlikning uzviyligini ta’minlash;

  • ilg‘or pedagogik va ishlab chiqarish tajribalarini, fan va texnika yutuqlarini o‘rganish, umumlashtirish hamda ta’lim-tarbiya jarayoniga joriy etishdan iborat.

Ilmiy-uslubiy ishlarda ishtirok etish kasb-hunar kollejlaridagi barcha rahbarlar, o‘qituvchilar, muxandis-pedagoglar uchun majburiy bo‘lib, ularning pedagogik faoliyatini ajralmas qismi hisoblanadi.
Kusb-hunar kollejlaridagi metodik ishlarning mazmuni, yo‘nalishi, tuzilmasi kabilar metodik ish haqidagi Nizom bilan belgilanadi. Shu nizomga muvofiq jamoaviy va individual uslubiy ishlar olib boriladi.
Quyidagilar jamoaviy uslubiy ish shakllari sirasiga kiradi:

  • pedagogik kengash;

  • uslubiy komissiyalar;

  • ilg‘or tajriba maktabi, muammoli seminarlar, ilmiy-uslubiy konferensiyalar, pedagogik o‘qish va turli uslubiy kengashlar.

Individual uslubiy ish quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:

  • kasb-hunar kollejlari rahbarlari, o‘qituvchilar, muhandis-pedagoglar va boshqa muxandis-texnik xodimlarning o‘z g‘oyaviy-siyosiy darajasi, pedagogik malakasi va kasbiy mahoratini oshirish yuzasidan olib boriladigan mustaqil uslubiy ishlari;

  • kollej rahbari (direktor), uning o‘rinbosarlari, katta usta, o‘qituvchilar, muxandis-pedagoglar va boshqa muhandis-texnik xodimlar bilan olib boradigan individual uslubiy ishlari.

Uslubiy ishlar shakli va mazmuni bo‘yicha ham pedagogik xodimlarning turli guruhlarini qamrab olish bo‘yicha ham muvofiqlashtirilgan taqdirdagina yuqori samaradorlikka erishish mumkin. Kasb-hunar kollejida uslubiy ishlarni umumiy mavzu asosida tashkil etish tajribasi bunday muvofiqlashtirish usullaridan biridir. Uslubiy ishni bunday tashkil etishning mohiyati shundan iboratki, kasb-hunar kolleji ma’lum bir vaqtga mo‘ljallangan umumiy mavzuni tadqiq etadi. Buning natijasida ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirishning dolzarb muammolarini hal etishga muayyan hissa qo‘shadi, turli toifadagi pedagogik xodimlarning tayyorgarlik darajasi hisobga olingan holda, ularning pedagogik mahoratini oshirish vazifalarini muvaffaqiyatli amalga oshirishga imkon beradi.
Uslubiy ish kasb-hunar kollejining istiqbol va joriy ish rejalarida mustaqil bo‘lim sifatida rejalashtirilishi kerak. Mustaqil ishlarning tashkil etilishi va samaradorligini tekshirish masalalari kasb-hunar kollejlarining ichki nazorat rejalarida o‘z aksini topadi. Uslubiy ishlarni rejalashtirishda quyidagi talablarga asoslanish maqsadga muvofiqdir.

  • kelajakdagi rivojlanishni ko‘zda tutish (bajarish muddatlari va vazifalari bo‘yicha);

  • rejalarni ta’lim-tarbiya va uslubiy ishning ahvoli va natijalarini har tomonlama chuqur o‘rganish hamda tahlil qilish asosida ishlab chiqish;

  • rejalarning ijodiy xarakteri, ya’ni ularni bajarishda ishtirok etuvchi xodimlarning tashabbusi va ijodkorligini namoyish etilishga zarur imkoniyat yaratish;




Download 389.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling