Kasbiy pedagogika” fan sifatida Reja: “Kasb ta’limi pedagogikasi” fanining maqsad va vazifalari


Ta’limni ishlab chiqarish orqali amalga oshirish shakllari turlari


Download 389.03 Kb.
bet75/128
Sana07.02.2023
Hajmi389.03 Kb.
#1173587
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   128
Bog'liq
MA

Ta’limni ishlab chiqarish orqali amalga oshirish shakllari turlari

Talabalarning korxonada ishlab chiqarish ta’lim olishlaridan asosiy maqsad – ularning kasbiy ko‘nikma va mahoratlarini oshirish, kasbiy bilimlarni kengaytirish va chuqurlashtirish, ilgor ishlab chiqarish tajribasi bilan tanishtirish, ishlab chiqarish amaliyotiga tayyorlash va shular asosida kasb-hunar kollejlarini tugatgandan so‘ng ishlab chiqarishda mustaqil faoliyat ko‘rsatishga o‘rgatishdan iboratdir.
Talabalarni korxona ustaxonalarida o‘qitish – malakasi kichik mutaxassislarni tayyorlashdagi xal qiluvchi davr hisoblanadi. Bu yerda talabalar ishlab chiqarish holati, yangi jixozlar va texnologik moslamalar, zamonaviy texnologik jarayonlar bilan tanishadilar.
Korxonada ishlab chiqarish ta’limi talabalarning kompleks ishlarni bajarishda muxim ko‘nikmalarni mustahkamlashlari va takomillashtirishlariga, texnologik jarayonlarni rejalashtirish mahoratiga ega bo‘lishlariga, turli maxsulotlarning assortimentlari bilan keng tanishib chiqishlariga yo‘naltirilgan.
Korxonalarda o‘qitish vaqtda o‘quvchilarda ishga bo‘lgan talablarni to‘g‘ri tushunish, uning hususiyatlari va bajarilish shartlarini hisobga olish, o‘z mehnatini tashkil qilish va rejalashtira bilish, kamchiliklarning oldini olish, texnologik jarayonlarni hamda mehnat unumdorligini oshirish uchun o‘z bilimlaridan to‘la foydalana bilishda o‘z aksini topuvchi kasbga oid mus-taqillik to‘liq tarkib topadi. Kasbga oid mustaqllik yosh avlodda tarbiyalanishi kerak bo‘lgan mehnat natijalariga yuksak ma’naviy javobgarlikni his qilish, kasb sharafini his etish bilan birikib ketadi.
O‘quvchilar yuqori malakali ishchilar va ishlab chiqarish ilg‘orlari bilan har kuni muomalada bo‘lar ekanlar, ularning tajribalarini o‘zlashtiradilar, korxonaning ijtimoiy va ishlab chiqarish hayoti bilan tanishadilar, ishlab chiqarish jamoasining ishlab chiqarish rejasi va korxonaning iqtisodiy ko‘rsatgichlarini bajarishdagi faoliyatida faol ishtirok etadilar.
Har bir kasb va mutaxassislik bo‘yicha bevosita korxonada o‘qitish hajmi, mazmuni va muddatlari mutasaddi tashkilotlar tamonidan tasdiqlangan o‘kuv dasturlariga muvafiq belgilanadi.
KXK o‘quv rejaga muvofiq korxonalarda ishlab ishlab chiqarish amaliyotiga ajratiladi.

Download 389.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling