Kasbiy pedagogika” fan sifatida Reja: “Kasb ta’limi pedagogikasi” fanining maqsad va vazifalari


O‘MKHT kasblari va mutaxassisliklarini turkumlash


Download 389.03 Kb.
bet83/128
Sana07.02.2023
Hajmi389.03 Kb.
#1173587
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   128
Bog'liq
MA

O‘MKHT kasblari va mutaxassisliklarini turkumlash
Reja:
1. O‘MKXT mutaxassislik va kasblar yo‘nalishlari bo‘yicha Umumdavlat Klassifikatori, uning maqsadi va obektlari.
2. Mutaxassislik, kichik mutaxassis, kichik mutaxassis vazifalari, kasbiy faoliyat sohasi.
3. O‘MKHT ta’lim muassasalarida ta’lim yo‘nalishlari tushunchasi.
4. Tasniflagich tuzilmasi.


Tayanch so’z va iboralar: klassifikator, mutaxassislik, kichik mutaxassis, faoliyat sohasi, ta’lim yo’nalishlari.


1. O‘MKXT mutaxassislik va kasblar yo‘nalishlari bo‘yicha Umumdavlat Klassifikatori, uning maqsad va obektlari
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limidagi tayyorlov yo‘nalishlari, kasblar va mutaxassisliklari umumdavlat Tasniflagichi O‘zbekiston Respublikasida texnikaviy-iqtisodiy va ijtimoiy axborotlarni tasniflash va kodlashtirish bo‘yicha yagona tuzilma tarkibiga kiradi va Vazirlar Mahkamasining «Uzluksiz ta’lim tizimi uchun davlat ta’lim standartlarining ishlab chiqish va joriy etish to‘g‘risida» gi 1998-yil 5- yanvar 5-son qarori asosida tayyorlangan.
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limidagi tayyorlov yo‘nalishlari, kasblar va mutaxassisliklari umumdavlat Tasniflagichi O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi, «Kadrlar tayyorlash bo‘yicha milliy dastur» qonunlari hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim Vazirligining meyoriy hujjatlariga asoslanib tuzilgan.
Kasb-hunar kollejining tayyorlov (ta’lim) sohalari:
Gumanitar fanlar va san’at;
Ijtimoiy fanlar, biznes va huquq;
Fan;
Muhandislik, ishlov berish va qurilish tarmoqlari;
Qishloq xo’jaligi;
Sog’liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot;
Xizmatlar.
Mazkur tasniflagich O‘zbekiston Respublikasining hududlarida foydalanish uchun ishlab chiqilgan.
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari, tayyorlov yo‘nalishlari, kasblar va mutaxassisliklari tasniflagichning tasniflash obektlari hisoblanadi.
Mazkur Tasniflagichda tayyorlash yo‘nalishlari nomi, kodi va shu tayyorlash yo‘nalishlari turkumiga kiruvchi kasblar va mutaxassisliklar ro‘yxati keltirilgan.
Ushbu tasniflagichda ta’lim haqidagi meyoriy hujjatlarni indeksasiyalash maqsadida foydalaniladigan ta’limni xalqaro standart tasniflash (TXST) kodlari ham keltirilgan.
O‘MKHT tayyorlov yo‘nalishlari va ixtisosliklar kodi — kasbiy faoliyat sohalariga muvofiq kasblar va mutaxassisliklar bo‘yicha tayyorlov yo‘nalishlari ixtisoslashtirilgan ro‘yxatining raqamli belgisidir.



Download 389.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling