4. Tasniflagich tuzilmasi
Kasb-hunar ta’limi yo‘nalishlari tasniflagichi o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi muassasalarida kichik mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha tayyorlov yo‘nalishlari kasblarining va mutaxassisliklarining tizimlashtirilgan ro‘yxatidir.
Davlat ta’lim standartlari ( DTS)- umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim mazmuniga hamda sifatiga qo‘yiladigan talablarni belgilaydi. DTSlarini bajarish O‘zbekiston Respublikasining barcha ta’lim muassasalari uchun majburiydir.
Tasniflagichda sakkizta bilim sohasi nazarda tutilgan:
Ta’lim;
Gumanitar fanlar va san’at;
Ijtimoiy fanlar, biznes va huquq;
Fan;
Muhandislik, ishlov berish va qurilish tarmoqlari;
Qishloq xo‘jaligi;
Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot;
Xizmatlar.
Tasniflagichda ta’lim bosqichlari, bilim va ta’lim sohalari, tayyorlov yo‘nalishlari va ixtisosliklar yettita raqamli kod bilan belgilanadi. Ta’limning xalqaro klassifikasiyasiga binoan ta’lim bosqichi - o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi 3-raqami bilan belgilangan. Masalan: 3144610, 3210210, 3380110 va boshqalar.
O‘rta maxsus, kasb — hunar ta’limi kodlarida:
Birinchi raqam - ta’lim dasturi bosqichi kodi;
Ikkinchi raqam - bilim sohasi kodi;
Uchinchi raqam - ta’lim sohasi kodi;
To‘rtinchi va beshinchi raqamlar - tayyorlov yo‘nalishi kodi;
Oltinchi va yettinchi raqamlar - ixtisosliklar kodi.
Uzluksiz ta’lim tizimidagi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi va oliy ta’lim (bakalavriat) da uzviylikni ta’minlash maqsadida O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limidagi tayyorlov yo‘nalishlari, kodlari oliy ta’limning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari kodlariga moslashtirilgan.
Kasb-hunar kollejlarida o‘quvchilarni tarbiyalash
Reja:
Do'stlaringiz bilan baham: |