Kasbiy pedagogika” fan sifatida Reja: “Kasb ta’limi pedagogikasi” fanining maqsad va vazifalari


O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalariga rahbarlik qilish, rahbarlar ishining mazmuni


Download 389.03 Kb.
bet82/128
Sana07.02.2023
Hajmi389.03 Kb.
#1173587
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   128
Bog'liq
MA

2. O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalariga rahbarlik qilish, rahbarlar ishining mazmuni
O‘quv yurtlarida birinchi navbatda kadrlar tayyorlash sifatiga javobgar bo‘lgan mustaqil bo‘linma (tashkiliy shakli va kimga buysunishdan qat’iy nazar) sifatida, o‘quv jarayonini boshqarish, xo‘jalik-moliyaviy faoliyat va boshqa kasbiy tayorgarlikning zaruriy darajasini ta’minlaydigan faoliyatlarni amalga oshiradi.
O‘quv yurtlari darajasida quyidagi vazifalar hal etiladi;

  • o‘quv jarayonini rejalashtirish va tashkil etish bo‘yicha barcha ishlarni olib borish;

  • o‘quv rejalari tuzilmalarni va dastur mazmunini belgilash;

  • korxonalar, bandlik xizmatchilar, xududiy boshqaruv organlari va boshqalar bilan sharnoma asosida ishchilar tayyorlash hajmlari va kasb-malaka tuzilmalarni belgilash;

  • qo‘shimcha tayyorlash, qayta tayyorlash, malaka oshirish va boshqa xizmatchilarni amalga oshirish uchun korxonalar, hamda tashkilotlar bilan shartnomalar tuzish;

  • mustaqil ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish;

  • o‘quv moddiy bazani kelgusida rivojlantirishini hisobga olib, moliyaviy mablag‘larni taqsimlash va sarflash masalalarni mustaqil hal qilish.

Mustaqil O‘zbekiston davlatini har tomonlama rivojlantirish, iqtisodiy mustaqilligini ta’minlash ko‘p jihatdan zamon talabiga javob beradigan rahbar va mutaxassislarni tayyorlash sifatiga bog‘liq. Bozor iqtisodiyoti sharoitida boshqaruv kadrlarini tayyorlashda oliy ta’lim muassasalarining roli katta, albatta. Kasbiy oliy ta’limning asosiy maqsadlaridan biri, bozor munosabatlari sharoitida ishlay oladigan malakali kadrlarni tayyorlash, ya’ni o‘quvchilarda zamonaviy fikrni shakllantira oladigan, xo‘jalik yuritish va boshqaruvda yangicha usullarni qo‘llay oladigan, shuningdek rahbarlik san’ati sirlarini o‘rgana oladigan darajada nazariy va amaliy bilimlar berishdan iboratdir.
Barcha sohalardagi islohotlarni amalga oshirishda boshqaruv apparatining roli muhim ahamiyatga ega. Boshqaruv apparatining tuzilishi deganda, boshqaruv apparati va ular orasidagi bog‘lanish tushiniladi. Boshqaruv apparatining tarkibi bir-biri bilan bog‘langan teng huquqli birikmalar va bo‘g‘inlar bilan to‘ldirilishi uning tizimi deyiladi.
Tashkiliy qism bu boshqaruv tizimining asosiy tarkibiy qismlaridan biri bo‘lib, boshqaruvchi tizim, subekti tashkiliy tuzilishining shakli demakdir. U boshqaruv tizimining negizi sifatida maydonga chiqadi va kadrlar bilan boshqarishni tashkil qilish rasmiy qoidalarini tartibga soladi. Ana shuning uchun ham uning boshqaruv tizimidagi roli benihoya kattadir.
Ma’lumki, birinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasida «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonun qabul qilingan edi. Ushbu qonunning 10-moddasida ta’lim turlari bayon etilgan bo‘lib, unda maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta-maxsus, kasb-hunar ta’limi, oliy ta’lim, oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash, maktabdan tashqari ta’lim kabilarni o‘z ichiga olishi nazarda tutiladi.
Qonunning 28-moddasida «Ta’lim muassasasini uning rahbari boshqaradi. Ta’lim muassasalarida qonun hujjatlariga muvofiq faoliyat ko‘rsatadigan jamoat boshqaruvi organlari tashkil etilishi mumkin» deb takidlangan. Shunday ekan, ushbu ta’lim muassasalarining bir turi bo‘lgan kasb-hunar ta’limi ta’lim muassasalarini ham uning rahbari (direktor) boshqarishi belgilab qo‘yilgan. O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalarini o‘quv yurti rahbari (direktor) bilan birga uning muovinlari boshqaradi. KXK larda direktorning o‘quv ishlari bo‘yicha, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha va ishlab chiqarish ishlari bo‘yicha muovinlari akademik litseydalarda esa direktorning o‘quv ishlari bo‘yicha, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha muovinlvri faoliyat yuritadi.



Download 389.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling