Bunday davlat organlariga quyidagilar kiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi vazirlar kengashi;
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi Vazirligi (1998 yil martgacha) O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (OO‘MTV) (1998 yil martdan);
Qoraqalpog‘iston Respublikasi ta’lim Vazirligi;
Mahalliy davlat hokimiyati organlari (Toshkent shahar viloyatlar hokimiyatlari);
Xalq ta’limi hududiy boshqarmalari (1998 yil martgacha);
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmalari (1998 yil martdan);
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ta’lim sohasidagi vakolatlarga quyidagilar kiradi:
Ta’lim sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;
Ta’lim sohasidagi davlat boshqaruvi organlariga rahbarlik qilish;
Ta’limni rivojlantirish dasturlarni ishlab chiqarish va amalga oshirish;
Ta’lim muassasalarini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish tartibini belgilash;
Ta’lim muassasalarini akkreditasiyalardan, pedagogik, ilmiy kadrlarni attestasiyadan o‘tkazish tartibini belgilash;
Boshqa davlatning ta’lim muassasalariga O‘zbekiston Respublikasining hududida ta’lim faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi ruxsatnomalar berish;
qonun hujjatlariga muvofiq xorijiy davlatlarning ta’lim to‘g‘risida hujjatlarni tan olish va bu hujjatlarning ekvivalent ekanligini qayd etish tartibini belgilash;
davlat ta’lim standarlarini tasdiqlash;
davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatlarni tasdiqlash va ularni berish tartibini belgilash;
davlat grantlari miqdorini va ta’lim muassasalariga qabul qilish tartibini belgilash;
davlat oliy ta’lim muassasalari rektorlarini tayinlash;
ta’lim oluvchilarni akkreditasiya qilingan bir ta’lim muassasasadan boshqasiga o‘tkazish tartibini belgilash;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |