Kasbiy pedagogika” fan sifatida Reja: “Kasb ta’limi pedagogikasi” fanining maqsad va vazifalari


Download 389.03 Kb.
bet76/128
Sana07.02.2023
Hajmi389.03 Kb.
#1173587
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   128
Bog'liq
MA

Ishlab chiqarish amaliyoti. Ishlab chiqarish amaliyoti kasbiy tayyorgarlikning yakuniy bosqichini tasvirlaydi va o‘qitishning so‘nggi oylarida o‘tkaziladi.
Agar korxona o‘z bazasidagi o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi o‘quv yurti o‘quvchilarining barchasini o‘quv dasturlari va xavfsizlik texnikasi talablariga javob beruvchi ish o‘rinlari bilan ta’minlay olmasa, o‘quv yurti bilan karxona o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida ishlab chiqarish ta’limini boshqa korxonalarda o‘tkazishga ruxsat beriladi.
Korxonalarda o‘qitishga tayyorlash.
O‘quvchilarning korxonalarda ishlab chiqarish ta’limini muvaffaqiyatli o‘tashlari uchun korxonalarda o‘quv dasturlariga muvofiq ishlab chiqarish va nazariy jihatdan tayyorlash ishlari o‘tkaziladi. Bundan tashqari, o‘quvchilarni, albatta korxonadagi yong‘inga qarshi tadbirlar, xavfsizlik texnikasi va mehnatni muhofaza qilish qoidalari bilan tanishtirish lozim.
Ishlab chiqarishda o‘qitish boshlanishida bir oy oldin o‘quv yurti korxona bilan ishlab chiqarishda o‘qitishga yuborilayotgan o‘quvchilarning miqdorini (Kasblar bo‘yicha) aniqlab xar bir o‘quvchi o‘quv dasturi hamda ishchining malaka darajasiga muvofiq keluvchi malaka tavsifnomasi talablarida nazarda tutilgan barcha mustakil ishlarni bajarishni o‘rganishi uchun ishlab chiqarish ta’limini o‘tkazish grafigini belgilaydi.
Xavfsizlik texnikasi injeneri yoki uning vazfasini bajaruvchi shaxs o‘quvchilarni texnika xavfsizligi qoidalari va yong‘inga qarshi tadbirlar bilan tanishtiradi. O‘quvchilar ish boshlashlaridan oldin sex, uchastka ma’muriyati ma’lum ish o‘rnida o‘quvchilar bilan (aloxida-aloxida, brigada, guruh shaklida) tegishli suhbatlar o‘tkazadi. Ishlab chiqarish ta’limini qayd qilish jurnalida, suhbat o‘tkazilgan sana, uning mavzusi va unda ishtirok etgan o‘quvchilarning familiyalari yozib qo‘yiladi.
Zarur hollarda korxona yoki tashkilot o‘quvchilarni ish joyiga olib kelish va ishdan olib borib qo‘yishni o‘z hisobidan (yoki o‘z transport vositalari bilan) ta’minlaydi.
O‘quvchilarga o‘quv dasturi talablarida nazarda tutilgan kerakli malakani egallashlarida korxona ma’muriyati tegishli yordam berishi muhimdir. Buning uchun o‘quv ustasi katta usta bilan birgalikda korxona rahbarlari va ishlab chiqarish ma’sularini kasbga oid xarakteristika (malaka tavsifnomasi) va o‘quv dasturlari mazmuni bilan tanishtirishi lozim. Ana shular asosida ish o‘rinlari tanlanadi va joylashtirish belgilab chkqiladi.
Ish o‘rinlarini tanlashda ishlab chiqarish ta’limi ustasi barcha ish o‘rinlarining iloji boricha sexda kompleks tarzda joylashgan bo‘lishini, o‘quvchilar ishlashlari uchun kerak bo‘lgan jihozlar tutash mutaxassisliklari bo‘yicha bajaradigan turli ishlarning xarakteriga muvofiq kelishini, hamda ishlarning asta-sekin murakkablashtirishga imkon berishni nazorat qilib boradi. Uchastka va ish o‘rinlaridagi texnologik jarayonlar ishlab chiqarish texnologiyasining hozirgi zamon talablariga javob berishi, ishlarning hajmi guruxdagi barcha o‘quvchilarni band qilishi kerak. O‘quvchilar uchun mo‘ljallangan ish o‘rinlari xavfsizlik texnikasi talablarga javob berishi kerak.

Download 389.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling