Kasbiy pedagogika” fan sifatida Reja: “Kasb ta’limi pedagogikasi” fanining maqsad va vazifalari


Download 389.03 Kb.
bet73/128
Sana07.02.2023
Hajmi389.03 Kb.
#1173587
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   128
Bog'liq
MA

Kasb ta’limi dual tizimi
Reja:
1. Kasb-hunar ta’imini bevosita ishlab chiqarish jarayonlari bilan bog‘lash.
2. Ta’limni ishlab chiqarish orqali amalga oshirish shakllari turlari.
3. O‘rta-maxsus, kasb-hunar ta’limi bitiruvchilarining ishlab chiqarish moslashuvchanligi.


Tayanch so’z va iboralar: dual tizim,mehnat bozori, moslashuvchanlik,ishlab chiqarish.

  1. Kasb-hunar ta’imini bevosita ishlab chiqarish jarayonlari bilan bog‘lash

Jahonda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarning ijobiy tomonlarini hisobga olib hayotga tadbiq qilish bizning asosiy siyosatimizdir. Bu borada hamkorlikning o‘rni muhim. Kadrlar tayyorlashda eng avvalo so‘nggi paytlarda bizning hayotimizga kirib kelayotgan mehnat bozori talablari tushunchasini hisobga olish muhim o‘ringa ega.
Mehnat bozori xalq xo‘jaligining turli sohalari uchun malakali kadrlarni talab qiladi. Unda oddiy mutaxassisdan, to yirik tashkilotchi rahbarlargacha barchasi uchun talab o‘zi egallab turgan lavozimiga mos malakaga ega bo‘lishi hisoblanadi. Kasbiy malakaga ega bo‘lish esa respublikamizda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, oliy ta’lim, oliy ta’limdan keyingi ta’lim va malaka oshirish orqali amalga oshiriladi. Mamlakatimiz mustaqilligi fuqarolarimizga o‘zining malakasini oshirishga faqatgina respublikamiz hududida emas, balki jahonning barcha joylaridagi ta’lim muassalarida xalqaro hamkorlik orqali erishish imkoniyatini yaratib berdi. Biz bu borada Olmoniya ta’lim muassasalari tajribasi haqida to‘xtalmoqchimiz.
Olmoniyada yoshlar ikki turdagi kasb-hunarga tayyorlanadi. Aksariyat yoshlar o‘zlari tanlagan kasb-hunar tayyorgarligini qishloq xo‘jalik yoki sanoat tashkilotlarida, savdo-sotiq sohalarida, boshqarmalarda, sog‘liqni saqlash muassasalarida, advokatura idoralarida, devonxonalarda yoki jamoat xizmati joylarida oladi. Ayni paytda o‘qish davomida o‘quvchilar kasb-hunar maktablariga qatnab nazariy bilimga ega bo‘ladi.
Germaniyada kasb-hunar ta’limining dual tizimini quyidagicha rasmda ifodalash mumkin:
Qator ixtisosliklar, masalan, sog‘liqni saqlash yoki ijtimoiy sohalarda o‘qish faqat bitta maktabda olib boriladi (maxsus ta’lim muassasasida yoki maxsus kasb-hunar maktablarida). Bu maktab kasb-hunar o‘qitish deb ataladi. Hozirgi paytda yoshlar orasida ofis (idora) xodimi ixtisosligi bo‘yicha o‘qitiladigan kasb-hunar maktablarida o‘qish ishtiyoqi kuchli bo‘lib, ularda tanlov asosida amalga oshiriladi.
Ayni paytda metallarga ishlov berish, qurilish va mehmonxona restoran xizmat sohalari bo‘yicha o‘qish uchun o‘rinlar bemalol. Shuni qayd qilish lozimki, barcha kasb-hunarli yoshlar davr talabiga ko‘ra o‘z bilim malakalarini doimiy oshirib borishlari zarur.
Germaniya Federativ Respublikasida aksariyat yoshlar deyarli tengqurlarning to‘rtdan uch qismi ishlab chiqarish kasb-hunar ta’limini o‘taydilar.Ular o‘zlari tanlagan kasb-hunarlarini korxona sharoitiga maksimal yaqinlashtirilgan sharoitda «dual tizim» asosida egallaydilar.




Download 389.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling