Kasbiy pedagogika” fan sifatida Reja: “Kasb ta’limi pedagogikasi” fanining maqsad va vazifalari


Nazorat va baholash bo‘yicha vazifalari


Download 389.03 Kb.
bet71/128
Sana07.02.2023
Hajmi389.03 Kb.
#1173587
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   128
Bog'liq
MA

3. Nazorat va baholash bo‘yicha vazifalari
Ta’lim tarbiya jarayonini bashqarish va nazorat qilishda quyidagilar kasb ta’limi o‘qituvchisiga xos bo‘lishi kerak:
1)Yuqori g‘oyaviylik. O‘qituvchi o‘sib kelayotgan avlodning tarbiyachisidir. U o‘quvchilarni milliy istiqlol g‘oyalari ruxida tarbiyalashi kerak.
2) Yuqori texnika malaka. Masalan, ta’limi jarayonida o‘quvchilar o‘zlari tanlagan mutaxassislikka oid o‘quv yurtining talablari bu mutaxassisliklarga oid bilim va ko‘nikmalarni egallaydilar. Shu munosabat bilan oliy o‘quv yurtining talablari bu mutaxassisliklarga oid kabiy bilimlar asoslarini egallashlari hamda keyingi amaliy faoliyat jarayonida o‘z maxorati darajasini uzluksiz oshira borishlari kerak.
3) Yuqori psixologik-pedagogik tayyorgarlik. Kasb ta’limi o‘qituvchilarining o‘zi bilim va malakalarni yuksak saviyada egallabgina qolmay balki o‘quvchilarda xam ma’lum malakalarni tarkib toptirish uchun ularga bilimlar berish kerak. Bilim va malakalarni egallash jarayonining o‘z qonuniyatlari bor, maktabdagi ta’lim shu qonuniyatlar asosida tashkil etiladi. Kasb ta’limi o‘qituvchisi asixologiya, didaktika va boshqa fanlarning o‘quv jarayoniga asos bo‘ladigan muxim qoidalarini chuqur o‘zlashtirib olishi kerak.
4)O‘z kasbiga muxabbat. O‘qituvchilik kasbining o‘ziga xos tomonlarini chuqur bilish, o‘z kasbini faoliyatida erishgan yutuqlaridan zavqlanishi, qiyinchilarni yengib o‘tish uchun kuch va imkoniyat topa olish kasb ta’limi o‘qituvchisining muxim fazilatlari qatoriga kiradi.
Kasb ta’limi o‘qituvchisi oliy o‘quv yurtidagi tayyorgarligi xar qancha asosli bo‘lsa xam, u tugallangan xisoblanmaydi. Ma’lumki, xozirgi zamon ishlab chiqarish juda tez sur’atlar bilan rivojlanmoqda. Mexnat qurollari, texnologik jarayonlar uzluksiz takomillashib bormoqda. Bu kasb ta’limi jarayonida o‘z aksini topmog‘i kerak. Demak, kasb ta’limi o‘qituvchisi fan va texnika sohasidagi taraqqiyotni uzluksiz kuzatib borishi, ulardan o‘quvchilarni tushunarli shakilda xabardor qilib turishi kerak.
O‘qituvchilar kasb ta’limi jarayonida foydalaniladigan metodik vositalar majmuasi xam o‘zgarmay qolmaydi. O‘z ishiga ijodliy yondoshuvchi o‘qituvchilar o‘quvchilarga ta’sir qilishning yangi shakillarini, uzluksiz ravishda bilim, malaka va ko‘nikmalarni shakillantirishning yangi usullarini topadilar. Yaxshi tajriba umumlashtiriladi va ko‘pchilikning mulki bo‘lib qoladi. Shunga ko‘ra xar bir o‘qituvchi ilg‘or pedagogik tajriba yoritiladigan vaqtli matbuotni kuzatib borishi va undan o‘z ishida foydalanishi kerak.
O‘quvchilarning moddiy ishlab chiqarish sohasida xayot va kasbga tayyorlanishda kasbiy ta’lim o‘qituvchisi yetakchi rol o‘ynaydi. U o‘z mashg‘ulotlarida o‘quvchilarning turli kasblarga bo‘lgan qiziqishini aniqlash va rivojlantirish lozim. Buning uchun gurux raxbarini, shu guruxda ishlaydigan boshqa predmetlarning o‘qituvchilarnini va o‘quvchilarning ota-onalarini jalb qilish kerak. Ular bilan muntazam uchrashib turish va suxbatlashish bu gruppadagi o‘quvchilarni yaxshiroq bilish, ularning qiziqishlari va yakka xususiyatlari bilan tanishish imkonini beradi.
Kasb ta’lim o‘qituvchisi o‘quvchilarni baxolashda, ish joyini tashkil etishda, topshiriqlarni bajarishda mustaqillikni tarbiyalashi, shaxsning xalollik, kamtarlik, qat’iylik, dadillik, faollik, sabo-matonat xislatlarini, o‘rtooqlik, do‘stlik, ma’suliyatini sezish xissi va xokozolarini tarkib toptirish lozim. Buning uchun birqancha vazifalarni bajaradi.

Download 389.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling