Kasbiy pedagogika” fan sifatida Reja: “Kasb ta’limi pedagogikasi” fanining maqsad va vazifalari
O‘qituvchining ta’limni rejalashtirish bo‘yicha vazifalar
Download 389.03 Kb.
|
MA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rejalashtirish bo‘yicha vazifalar
2. O‘qituvchining ta’limni rejalashtirish bo‘yicha vazifalar
Kasbiy ta’lim o‘qituvchisining yuksak maxorati va madaniyati, uning ish joyini to‘g‘ri tashkil eta olishi, ishga oid usullarini to‘g‘ri ko‘rsata bilishi, buyum namunasini tayyorlay olishi, uning nutqi, o‘quv-tarbiya jarayoning eng murkkkab vaziyatlarida o‘zini tuta bilishi, bularning xammasi o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirib olinadi va ularning mexnat tarbiyasiga ma’lum darajada ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Kasbiy ta’lim o‘qituvchisi talabchan bo‘lishi kerak. Lekin uning yuqori talabchanligi o‘z tarbiyalanuvchilarning insoniy qadr qimmatini chuqur xurmat qilish bilan ajralmasdir. Kasb ta’limi o‘qituvchisi darsga tayyorlanayotganda uni rejalashtirayotganda xar xil metod va usullarni qo‘llab yangi materialni qanday bayon qilishni o‘ylaydi. U o‘quvchilarning individual xususiyatlarini, ularning tajribasi, jismoniy rivojlanishi va mexnat unumdorligiga ta’sir qiladigan boshqa omillarni xisobga olgan xolda obektlarni tanlaydi. Bu xolat kasbiy ta’lim o‘qituvchisining o‘quvchilarni texnikaviy tafakkurni rivojlantirish omillaridan biri xisoblanadi. Unda kasb ta’limi o‘qituvchisi muayyan tematika bo‘yicha texnikaga oid kitoblarni tanlashda to‘garak azolariga kollej kutubxonasi va otaliq qiluvchi korxona kutubxonasi yordam beradi. Bunday tematik ko‘rgazmalarning roli shundan iboratki, ular boshqa o‘quvchilarni to‘garak a’zolarining ijodiy faoliyati Bilan tanishtiradi. Texnikaga oid kitoblar bilan shu tariqa tanishish shu vaqtga qadar mazkur muammo ustida bosh qotirmagan o‘quvchilarning texnika to‘garaklariga xam qiziqishlarni oshirmasligi mumkin emas. Shunday qilib, texnikaviy ijodkorlik o‘quvchilarning ilmiy texnikaviy va umumiy ta’lim fanlaridan olgan bilimlarni chuqurlashtiradi, ularning tafakkurini rivojlantiradi, mustaxkam mexnat ko‘nikmalari va malakalarini tarkib toptirishga yordam beradi, rasionalizatorlik va ixtirochilikka qiziqish uyg‘otadi, siyosiy bilim doirasini kengaytiradi. Bu ijodkorlik kollej o‘quvchilarini istiqlol ruxda tarbiyalashning eng muxim vositasidir. O‘qituvchining lavozim majburiyatlarini ish bajarish ketma-ketligiga qarab 3 bosqichga bo‘lish mumkin: Rejalashtirish bo‘yicha vazifalar; Amalga oshirish bo‘yicha vazifalar; Baholash va tahlil qilish bo‘yicha vazifalar. Rejalashtirish bo‘yicha vazifalar: Davlat ta’lim standartlari, o‘quv reja va dasturlar asosida ta’limning maqsad va mazmunlarini tanlash va rejalashtirish; o‘quv reja va dasturlar asosida kalendar mavzuli reja va dars rejasini ishlab chiqish; ta’limni tashkillashtirish va o‘tkazish bo‘yicha hujjatlarni tayyorlash; o‘quvchilarning qobiliyatlari va bilimlarini baholash bo‘yicha hujjatlarni tayyorlash; korxonaning turli bo‘limlarida o‘quvchilarni o‘qitish joylarini rejalashtirish; qo‘yilgan maqsadlarga javob beradigan ish topshiriqlari va mashqlarni tayyorlash; amaliy mashqlar hamda loyihalarni o‘tkazish uchun xomashyo va chiqim materiallarni rejalashtirish; o‘quv ustaxonasida o‘qitish uchun yetarli sharoitlarni tayyorlash; o‘quv-didaktik materiallarni aniqlash, tanlash va ishlab chiqish. Download 389.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling