Kasbiy pedagogika” fan sifatida Reja: “Kasb ta’limi pedagogikasi” fanining maqsad va vazifalari


Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi quyidagi vazifalarni amalga oshiradi


Download 389.03 Kb.
bet80/128
Sana07.02.2023
Hajmi389.03 Kb.
#1173587
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   128
Bog'liq
MA

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:

  • ta’lim sohasida yagona davlat siyosatini ro‘yobga chiqarish ;

  • ta’lim muassasalarini faoliyatini muofiqlashtirish va uslubiy masalalarda ularga rahbarlik qilish;

  • davlat ta’lim standartlari, mutaxassislarning bilim saviyasi va kasb tayorgarlikga bo‘lgan talablar bajarilishini ta’minlash;

  • o‘qitishning ilg‘or shakllari va yangi pedagokik texnologiyalari, ta’limning texnik va axborot vositalarini o‘quv jarayonlariga joriy etish;

  • o‘quv va o‘quv-uslubiy adabiyotlarni yaratish va nashr etishni tashkil qilish;

  • ta’lim oluvchilarning yakuniy davlat attestasiyasi va davlat ta’lim muassasalarida nizomlarni tasdiqlash;

  • pedagog xodimlarni tayyorlashni, ularni malakasini oshirishni va qayta tayyorlashni tashkil etish.

Vazirlar Mahkamasi 1998 yilning fevral oyida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim Vazirligi O‘rta maxsus, kasb-unar ta’lim markazini tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Ushbu Markazni tashkil etishdan maqsad, kadrlar tayyorlash Miliy dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirish hisoblanadi.
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi Markazning asosiy funksiyalariga quyidagilar kiradi:

  • o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqarish;

  • akademik litseylar, kasb-hunar kollejlarning turlarini va yo‘nalishlarini belgilash, ularni respublika regionlarining geografik, demografik va ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlarni hisobga olgan holda oqilona joylashuvni ta’minlash;

  • akademik litseylar, kasb-hunar kollejlarni loyihalash va qurilishga bosh buyurtmachi funksiyani bajarish;

  • mavjud o‘quv yurtlarini qayta tiklash va kapital ta’mirlash sifatini ta’minlash;

  • davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqarish va amalga oshirishni nazorat qilishni ta’minlash;

  • akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari pedagogik va muhandis-pedagogik xodimlarni tanlab olish, ularni tayyorlash malakasini oshirish, malaka darajasida faoliyatlarini nazorat qilish;

  • malakali kadrlar tayyorlash bo‘yicha mamlakatdagi va dunyodagi ilg‘or tajribalarni tahlil qilish, umumlashtirish, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining moddiy va ta’limiy bazasi sifatiga qo‘yiladigan talablarni ishlab chiqarish;

  • akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarini axborotlar bilan ta’minlash, yangi darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari, ilg‘or pedagogik va axbort texnogiyalarini yaratish hamda o‘quv jarayoniga joriy etishni tashkil qilish;

  • o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarni faoliyatlarni boshqaradigan meyoriy aktlar loyihalarni ishlab chiqarish;


Download 389.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling