Sariyog‗ sigir qaymog'ini qayta ishlash natijasida olinadigan mahsulot hisoblanib,
yuqori darajada energiya berish qobiliyatiga ega.
Uning ozuqaviy va biologik qiymati kimyoviy tarkibi bilan tavsiflanadi. Tarkibidagi
yog'ning miqdori turiga qarab 52 %dan %gachani, suv esa 16 %dan 35 % gacha bo‗ladi.
Sut yog‗i boshqa tabiiy yog‗lardan murakkab kimyoviy tizimga, yuqori ozuqaviy va
biologik qiymatga ega ekanligi bilan ajralib turadi. Sariyog'ning biologik qiymatini ular
tarkibiga kiruvchi fosfatidlar va yog‗da eruvchi vitaminlar birmuncha oshiradi. Tarkibida
uchraydigan yog'da eruvchi vitaminlarga A, D, E vitaminlari va karotinlarni kiritish mumkin.
Shuningdek, sariyog` tarkibida kam miqdorda suvda eruvchi B
1
B
2
, С va PP vitaminlari ham
uchraydi.
Sariyog‗ tayyorlashda asosiy xomashyo qaymoq hisoblanadi. Sariyog‗ olishning asosiy
usullaridan biri kuvlash hisoblanadi. Qaymoqni kuvlash, asosan, sariyog
1
olish mashinalarida
bajariladi. Bu usul quyidagi texnologik jarayonlarni o‗z ichiga oladi:
Do'stlaringiz bilan baham: