Katta geologik aylanish va kichik biologik doira boylab aylanayotgan moddalarning tuproq hosil bo
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Download 93.86 Kb. Pdf ko'rish
|
ABUBAKR
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh., 2022-yil 19-iyul, 389-son 7 Hozirgi zamon tuproqlar kimyosi va landshaftlar geokimyosining metodologik negizida borliqning umumiy qoidalari yotadi. Buning asosiy vazifasi esa landshaftlarda atomlar migratsiyasini o‘rganish hisoblanadi. Migratsiyaning qaramaqarshi tomonlarini, kimyoviy elementlarni landshaftlardagi konsentratsiyasi va tarqalishini o‘rganish uning xususiy tomonlari hisoblanadi. Polinov fikricha, landshaftlarni o‘rganishning asosiy metodi tarixiy — geokimyoviy bo‘lib, bu maxsus tizimga tayanadi. Bu borada Glazovskaya (1974) shunday yozadi; «landshaftlardagi jarayonlarni o‘rganishni eng oddiy geokimyoviy landshaftlarning tizimidan boshlamoq kerak». Bunda dastlabki landshaft — oqindi jinslar ustida joylashgan litofil o‘simliklardan boshlab, to‘la shakllangan shu sharoit uchun to‘la rivojlangan biogeotsenozlargacha hisoblanadi. Bu zanjirda makro- va mikroelementlar, galogenlar migratsiyasini o‘rganish katta ahamiyat kasb yetadi. Geokimyoviy landshaftlardan tuproq tizimining strukturasini aks ettiradigan modellarni tuzish, galloidlarni o‘rganishda, boshqa usullar qatorida elementar va kaskadli geokimyoviy tizimlarni qo‘llash ham yaxshi natijalarga olib keladi. Bunda migrandlarni o‘rganish landshaft bloklarida, ya‘ni atmosfera, tuproq, sizot suvlari, yer ustki suvlari, o‘simlik, litosferalarda olib boriladi. Har bir blok ichida galloidlar gaz, suyuq, qattiq, tirik fazalarida o‘rganiladi. Gologenlarni o‘rganishda kaskadli tizimlarning chiqindisini tanlash maqsadga muvofiq keladi. Bunda konsentratsiya va tarqalishga alohida e‘tibor berish kerak. 8 Tuproqni analizga olishda o‘tuvchi qatlamlarga e‘tibor berilib, bu o‘tuvchi qatlamdan albatta namuna olinishi lozim. Tuproq, suv, ona jins, o‘simlik va boshqa bloklardan namunalar olib analiz qiladigan bo‘lsak, u holda spektrofotometrlardan, ya‘ni ISP-28, ISP — 30 hamda atom — adsorbsion usullardan foydalanish kerak. Bu usullar asbob — anjom jihatdan nisbatan qimmatroq bo‘lsada, kam mehnat talab qiladi. Galloidlar va boshqa elementlar migratsiyasini o‘rganishda biogeokimyoviy va geokimyoviy ko‘rsatkichlariga e‘tibor berish yaxshi natija beradi. Bu ko‘rsatkichlar elementlarni biofilligi, talosofilligi, texnofilligi, klarki va boshqalardir. Landshaftlarni shu yo‘sinda o‘rganishda hodisalar va jarayonlar nisbatan yengil aniqlanadi va ochiladi. Masalan, elementning texnofilligi qancha yuqori bo‘lsa, shuncha darajada tirik organizm uchun xavfli bo‘ladi. Bu nuqtayi nazardan olib qaraydigan bo‘lsak, ftor, brom, xlor va yodning destruktiv aktivligi Galozovskaya ma‘lumotlariga ko‘ra, P 10 11 —10 10 ni tashkil qilib o‘rtacha darajadagi faollikka to‘g‘ri keladi. Demak, bu uncha xavfli emas. Download 93.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling