Bunda Siz V bobda o'rganilgan mavzularning qisqacha xulosalari bilan tanishasiz.
Jismlarning
elektrlanishi
|
Jismlar bir-biriga ishqalanib yaqinlashtirilganda biridan ikkinchisiga erkin elektronlarning o‘tib qolishi.
|
Musbat zaryad- langan jism
|
0‘zidan elektronlarni bergan jism.
|
Manfiy zaryad- langan jism
|
0‘ziga elektronlarini olgan jism.
|
Proton
|
Atomning yadrosida musbat zaryadga ega bo‘lgan zarra.
|
Neytron
|
Atomning yadrosida zaryadga ega bo‘lmagan zarra.
|
Elektron
|
Yadro atrofida aylanib yurgan manfiy zaryadga ega bo‘lgan zarra.
|
Batareya
|
Bir marta ishlatiladigan galvani elementi.
|
Akkumulyator
|
Qayta zaryadlab ishlatiladigan galvani elementi.
|
Yoltmetr
|
Elektr kuchlanishini o‘lchaydigan asbob.
|
Ampermetr
|
Zanjirdan o‘tayotgan tok kuchini o‘lchaydigan asbob.
|
Elektr zanjiri
|
Tok manbai, ulovchi o‘tkazgichlar, tok iste’molchisi va uzib-ulagichdan tashkil topgan zanjir.
|
Elektr zanjiri- ning chizmasi
|
Asboblarning shartli belgilari yordamida o‘zaro ulanish chizmasi.
|
130
YORUG‘LIK HODISALARI HAQIDA DASTLABKI 1 MA’LUMOTLAR
|
VI
BOB
|
|
|
|
|
Bu bobda Siz:
— yorugiikning manbalari;
— yorugiikning tarqalish qonuni;
— Quyosh va Oy tutilishi;
— yorugiik hodisalari haqida Beruniy va Ibn Sinoning fikrlari;
— ko‘zgu haqidagi maiumotlar;
— kamalak hosil boiishi va oq yorugiikning prizmada ranglarga ajralishi;
— yorugiik hodisalariga doir laboratoriya ishlari bilan tanishasiz.
В
KIRISH SUHBATI
Oldingi mavzularda aytganimizdek, Quyosh Yerdagi energiyaning asosiy manbai bo£lishi bilan birga, undagi organik hayotning sababchisi hamdir. 0‘simliklar va daraxtlarning o‘sishi uchun albatta yorug‘lik kerak. Yorug£lik deganda nimani tushunamiz? Ko£rish qanday ro£y beradi? Yorug£lik nima sababdan qalin oynadan o£ta oladi-yu, lekin yupqa karton qog£ozdan o£tmaydi? Qanday tezlik bilan tarqaladi? Bu kabi savollarga insoniyat qadim zamonlardan javob topishga harakat qilgan. Lekin yorug£lik o£z sirlarini, boshqa hodisalarga nisbatan uzoqroq saqlab keldi. Bizning ko£rish orqali atrof olam haqida olgan bilimlarimiz boshqa sezgilarimiz tufayli olgan bilimlardan ancha ko£p.
Qadimgi greklar inson ko£zidan qandaydir nurlar chiqadi va ular narsa, buyumlarga tushib uni ko£radi, deb o£ylaganlar. U holda ko£zning ko£rishi kechasi va kunduzi bir xil bo£lishi kerak emasmi? Siz nima deb o£ylaysiz? Keyinchalik ingliz olimi I. Nyuton yorug£likni juda mayda zarralar oqimi deb qarashni taklif qildi. Bu oqimni yorugiik nuri deb ataladi. Yorug£lik nuri biror manbadan, masalan, Quyoshdan chiqib narsa va buyumlarga tushadi. Ulardan qaytib ko£zimizga tushsa, ularni ko£ramiz deb tushuntiradi. Bunday tushuntirish yorug£lik bilan bog£liq ko£pgina hodisalarni tushuntirsa- da, ayrimlarini tushuntira olmaydi. Masalan: Quyoshdan tananing qorayishi, gazmollarning yorug£lik ta’sirida rangi o£chib ketishi, o£simliklar bargining yashil bo£lishi va h.k. Shunday hodisalarni o£rganish jarayonida olimlar yorug£lik tabiati haqidagi boshqa nazariyalarni yaratdilar. Ular bilan Siz navbatdagi sinflarda tanishasiz.
47-MAVZU
YORUG‘LIKNING TABIIY VA SUN’IY MANBALARI
0‘zlaridan yorugiik chiqaradigan jismlar yorugHik manbalari deb ' ataladi. Masalan, Quyosh, yulduzlar, elektr lampochkasi, yonib turgan sham, gulxan alangasi va h.k. Ayrim jismlar o£zlaridan yorug£lik chiqarmasa-da, boshqa manbadan chiqib, o£ziga tushgan yorug£likni qaytaradi. Masalan, Oy, ko£zgular.
Ayrim hasharotlar, baliqlar ham o£zlaridan nur chiqaradi. Yorug£lik manbalarini shartli ravishda ikki turga ajratish mumkin: tabiiy va sun’iy manbalar (102-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |