Kelishildi” Aniq va tabbiy fanlar kafedrasi mudiri: U. Qulmanova “ ” 2021 yil “Kelishildi”
Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika niversiteti Termiz filiali akademik litseyi Aniq va tabiiy fanlar kafedrasi Matematika fani o’qituvchisi
Download 247.28 Kb.
|
Matritsalar ustida amallar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch ibora va tushunchalar
- 1 Matritsalar haqida umumiy tushunchalar.
Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika niversiteti Termiz filiali akademik litseyi Aniq va tabiiy fanlar kafedrasi Matematika fani o’qituvchisi Abdig’afforov Davron Matritsalar ustida amallar. Teskari matritsa. Matritsalarning darajalari. Matritsalarning minori
mavzusiga yozgan uslubiy qo’llanmasiga TAQRIZ Akademik litsey 2-bosqich o’quvchilari o’quv rejasiga mo’ljallangan matematika faniga tayyorlagan uslubiy qo’llanma bilan tanishib chiqdim. Matematika fanini o’rganayotgan o’quvchi albatta fanni amaliy jihatdan bilishga harakat qiladi. O’qituvchi uslubiy qo’llanmada o’quvchilarning fanni amaliy jihatdan o’zlashtirishiga alohida e’tibor bergan . Mavzu reja asosida yoritilgan .Uslubiy qo’llanmada o’quvchilar bilishi zarur bo’lgan asosiy tushunchalar tayanch iboralar sifatida ko’rsatib o’tilgan. Bundan tashqari o’quvchilar bilimini baholash uchun nazorat savollari keltirilgan,matematika fani o’qituvchisi uslubiy qo’llanmasini yoritishda adabiyotlardan keng foydalanilgan. Uslubiy qo’llanma o’quvchilarga tushunarli va ravon yozilgan. Tayyorlangan uslubiy qo’llanmalari dastur talablariga javob beradi, undan akademik litseyi o’quvchilari foydalanilishi mumkin. Uslubiy qo’llanma tayyorlashda shu fanga tegishli eng so’nggi adabiyotlardan keng foydalangan va har bir mavzu reja asosida yozilgan. Tayyorlangan uslubiy qo’llanma unga qo’yilgan barcha talablarga javob beradi. Taqrizchi :………………………….. O’.Mengniyozova Matritsalar ustida amallar. Teskari matritsa. Matritsalarning darajalari. Matritsalarning minori Reja:
2. Matritsalar ustida amallar. 3. Matritsaning rangi va uni hisoblash. 4. Birlik matritsa. Teskari matritsa va uni topish. Matritsalarni kushish Tayanch ibora va tushunchalar Matritsa, matritsaning o‘lchami, matritsaning determinanti, maxsus matritsa, maxsusmas matritsa, bosh diagonal, diagonal matritsa, birlik matritsa, transponirlangan matritsa, teng matritsalar, matritsalarning yig‘indisi,matritsani songa ko‘paytirish, matritsalar ko‘paytmasi,matritsaning k-tartibli minori, matritsaning rangi, elementar almashtirishlar,teskari matritsa. 1 Matritsalar haqida umumiy tushunchalar. Sistemalarni modellashtirishda matritsalar algebrasi degan tushuncha muhim ahamiyatga ega . Rejalashtirish muammolari, yalpi mahsulot, jami mehnat sarfi, narxni aniqlash va boshљa masalalar hamda ularda kompyuterlarni qo‘llash matritsalar algebrasini qarashga olib keladi. Ishlab chiqarishni rejalashtirish, moddiy ishlab chiqarish orasidagi mavjud bog‘lanishlarni ifodalashda va boshqalarda, ma’lum darajada tartiblangan axborotlar sistemasiga asoslangan bo‘lishi lozim. Bu tartiblangan axborotlar sistemasi muayyan jadvallar ko‘rinishida ifodalangan bo‘ladi. Misol o‘rnida moddiy ishlab chiqarish tarmoqlari orasidagi o‘zaro bog‘liqlik axborotlari sistemasini qaraylik. Ishlab chiqarish 5 ta (masalan, mashinasozlik, elektroenergiya, metal, ko‘mir, rezina ishlab chiqarish sanoatlari) tarmoqdan iborat bo‘lsin. Bunda ular orasidagi o‘zaro bog‘liqlik 1-jadval bilan ifodalansin. 1-jadval.
Download 247.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling