Keyin bir necha kun yoki bir necha hafta keyin payd


Download 4.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet202/393
Sana03.12.2023
Hajmi4.05 Mb.
#1799559
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   393
Bog'liq
hayotfaoliyatixavfsizligi

Birinchi bosqich - xavfhi oldindan tahlil qilish. Bu bosqich 3 ta 


415 
qadamdan iboratbo'ladi: 
1-qadam. Xavfhing manbaini aniqlash. 
2-qadam. Xavfhi keltirib chiqarishi mumkin bo’lgan tizim 
qismlarini aniqlash. 
3-qadam. Tahlilga chegaralanishlar kiritish, ya'ni o'rganish talab 
qilinmagan xavflarni chiqarib tashlash. 
Ikkinchi bosqich - oqibatlarni tahlil qilish. 
19.3.Xavfsizlikning tizimli tahlili 
 
Tizimli tahlil - murakkab muammolar bo'yicha qarorlarni tayyorlash 
va asoslashda ishlatiladigan metodologik vositalar yig'indisidir, shu
jumladan xavfsizlikda ham. 
«Tizim» deganda elementlar majmuasi tushuniladi, ular orasidagi 
o'zaro ta'sirlar adekvatli ravishda bir xil natijaga olib keladi. Bunday 
tizimni aniq tizim deb ataymiz. Agar elementlarning o'zaro ta'siri har xil 
natijalarga olib kelsa, bu noaniq tizim deyiladi. 
Tizim so'zi grekcha so'zdan olingan bo’lib, butun, qismlari va 
birikmalardan tuzilgan demakdir. 
Tizimning tashkil qiluvchilari (elementlari, qismlari) deganda 
nafaqat moddiy obyektlar tushunilmasdan, yana ular orasidagi
o'zaro munosabatlar va bog'lanishlarni ham anglash kerak. Texnik
holati jihatidan soz bo'lgan har qanday mashina texnik tizimga misol 
bo’la oladi.Tizimni elementlaridan bittasini inson tashkil qilsa-argatik 
tizim deyiladi. 
Argatik tizimga misollar: "inson-mashina", "mson-mashina-
muhit" va hokazo. Umuman olganda bar qanday predmetni (jismni) 
tizimli topish shakliga ega deb tasavvur qilish mumkin. 
Tizimlilik prinsipi hodisalarga bir butun to'plam yoki kompleks deb 
qarab, ularni o'zaro bog'liqlikda o’rganadi. Tizim yuzaga keltiruvchi 
maqsad yoki natija tizimni hosil qiluvchi elementlar deb ataladi. Masalan, 
tizimli hodisa bo’lgan yonish (yong'in) quyidagi asosiy uchta shart 
(element) bo'lgandagina yuzaga keladi: yonuvchi modda, oksidlovchi 
(kislorod) va yondiruvchi manba. Tashkil qiluvchilarning xohlagan 
bittasini yuqotib bu tizimni buzishimiz mumkin. 
Tizim, uni tashkil qiluvchi elementlarida yo'q bolgan sifat belgisiga 
egadir. Tizimning juda muhim bu xususiyati amerdjentlik deb ataladi. Bu 
xususiyat, aslini olganda, umuman tahlil qilishning, shu jumladan 
xavfsizlik muammolarining ham asosida yotadi. 


416 
Tizimli tahlilning uslubiy status! juda g'aroyib: unda nazariya va 
amaliyot elementlari o'zaro aralashib ketgan, aniq shakllangan uslublar, 
xis-tuyg'u, shaxsiy tajribalar va evristik uslublar bilan qo'shilib ketgan. 
Xavfsizlikni tizimli tahlil qilishning maqsadi ko'ngilsiz hodisa 
(avariya, yong'in, jarohatlanish, kasallanish va hokazo)larning yuzaga 
kelishiga ta'sir qiluvchi sabablarni aniqlash va ularning paydo bo'lish 
ehtimolligini kamaytiradigan oldini olish chora-tadbirlarini ishlab 
chiqishdir. 
Har qanday xavf bir yoki bir nechta sabablar tufayli yuzaga keladi 
va ma’lum miqdorda zarar yetkazadi. Sababsiz real (bor bo'lgan) xavflar 
yuzaga kelmaydi. Demak, xavflarning oldini olish yoki ulardan 
himoyalanish ularning paydo bo'lish sabablarini aniqlashga, o'rganishga 
asoslangan. 
Yuzaga kelgan xavflar va ularning sabablari o'rtasida o'zaro sabab-
oqibat bog'lanishi mavjud, xavf ma'lum bir sabab oqibatidir, u esa, o'z 
navbatida, boshqa bir sabab oqibatidir va hokazo. 
Shunday qilib, sabablar va xavflar kerakli, iyerarxik zanjirli 
strukturalami yoki tizimlarni xosil qiladi. Bunday bog'lanishlarning grafik 
ko'rinishi, shoxlanib ketgan daraxtni eslatadi. 
Obyektlar xavfsizligining tahliliga bag'ishlangan horijiy 
adabiyotlarda shunday tushuncha (termin)lar ishlatiladi: "sabablar 
daraxti", "buzilishlar daraxti", "xavflar daraxti " va "hodisalar daraxti". 
Ko'rilayotgan daraxtlarda qoida bo'yicha sabab va xavf shoxchalari 
mavjud bo'ladi. Bu esa, sabab-oqibat bog'lanishlarining dialektik 
xususiyatga ega ekanligini to'liq namoyon qiladi. Bu shoxchalarni bir-
biridan ajratish maqsadga muvofiq emas, ba'zida aslo iloji yo'q. Shu 
sababli obyektlarning xavfsizligini tahlil qilish jarayonida xosil bo’lgan 
graflk ko'rinishlar "sabablar na xavflar daraxtlari" deb aniq aytiladi. 
"Daraxt'larni qurish bar xil ko'ngilsiz hodisalarning sabablarini 
aniqlashda juda katta samara beradigan usul hisoblanadi. "Daraxt" 
shoxlanishining ko'p bosqichli jarayoni, uning chegaralarini aniqlash 
maqsadida cheklashlar kiritishni talab qiladi va bu cheklashlar ilmiy 
izlanishlarning 
maqsadiga 
butunlay 
bog'liq 
boladi. 
Umuman, 
shoxlanishning chegarasi yangi shoxlar xosil qilinishining mantiqiy 
maqsadga muvofiqligi asosida aniqlanadi. 
Mantiqiy amallar (logik operatsiyalar) mos keluvchi maxsus belgilar 
bilan 
belgilanadi 
(1- 
rasm). 
Eng 
koxp 
qo'llaniladigan 
amal 
(operatsiya)larga «VA» ("I"), "YOKI" ("ILI") kiradi. "VA" operatsiyasi 
shuni ko'rsatadiki, chiqish ma" lumotlarini qabul qilish uchun, kirish 


417 
ma'lumotlaridagi barcha shartlar bajarilishi muhim. "YOKI" operatsiyasi 
esa ma’lumotlarni olish uchun, kirish ma'lumotlaridagi bironta shartga 
rioya qilingan bo'lishi kerakligini ko'rsatadi. 
Boshqacha aytganda «VA» amali shuni koVsatadiki. A hodisa 
yuzaga kelishi oldidan, albatta B va V hodisalarning ikkalasi ham ro'y 
berishi lozim, «YOKI» amalida «G» hodisa, agar D va E hodisalardan 
birontasi ro'y bersa (yoki ikkalasi ham) o'rinli bo'ladi. «Taqiq» amali 
shartli hodisa ro'y bersagina yuzaga kelishini ko'rsatadi, boshqa mantiqiy 
belgilardan hodisaning turiga va ro'y berishiga ko'ra foydalanish 30- 
jadvalda keltirilgan. 
30-
jadval 
№ 
Hodisa 
Hodisanin ma nosi 

Aylana 
Kerakli ma’lumotlar. 
ko'rsatkichlar 
bilan 
ta'minlangan dastlabki 
hodisa 

Parallelogram 
Yuz beradigan yoki 
yuz 
bermaydigan 
hodisa 

To’rtburchak 
Mantiqiy 
element 


418 
kiritadigan hodisa 

Uchburchak 
Taqiq mantiqiy belgisi 
bilan qo’llaniladigan 
shartli hodisa 

Romb 
Yetarli darajada ishlab 
chiqilgan hodisa 

Trapetsiya 
O'tish belgilari 
Aprior tahlilda izlanuvchi berilgan tizim uchun potensial bo'lishi 
mumkin bolgan shunday ko'ngilsiz hodisalarni tanlaydi va ularning sodir 
bolishiga olib keluvchi har xil holatlar to'plamini tuzishga intiladi. 
Aposterior tahlil ko'ngilsiz hodisalar ro'y bergandan keyin 
o'tkaziladi. 
Bunday tahlilning maqsadi - kelajak uchun tavsiyalar ishlab 
chiqishdan iborat. Bu ikki uslub bir-birini toldiradi. Tahlilning to'g'ri 
(aprior) usuli oqibatni ko'rish uchun sabablarni o'rganadi. Teskari usulda 
sabablarni aniqlash maqsadida oqibatlar tahlil qilinadi, ya'ni tahlil asosiy 
hodisadan boshlab o’rganiladi. Ikkalasida ham oxirgi maqsad hamma vaqt 
har qanday ko'ngilsizodisalarning oldini olishdir. 
Birlamchi hodisalarning paydo bolish ehtimolligi va chastotasini 
bilgan 1 holda, pastdan yuqoriga harakatlanib, asosiy hodisaning yuz 
berish ehtimolini aniqlash mumkin. 
Xavfsizlikni tahlil qilganda eng asosiy muammo tizimning 
ko'rsatkichlarini aniqlash yoki uni chegaralashdir. Agar tizimning 
chegarasi juda tor qo'yilgan bo'lsa, unda tarqoq, tizimiylashmagan oldini 
olish chora-tadbirlarini xosil qilishga imkoniyat paydo boladi, ya'ni ayrim 
xavfli holatlar diqqatdan chetda qolib ketadi. Boshqa tamondan, agar 
chegara juda keng qo'yilsa, unda tahlil natijalari umumiy, noaniq bo’lib 
qolishi mumkin. 
Umumiy holda yondashish hodisani aniqlashdan iborat, ya'ni 
berilgan aniq holatda oldini olish tadbirlari orqali ta'sir qilish 
mumkinligini ko'rsatadi. 
Xavfsizlikni tahlil qilish aprior va aposterior uslublari bilan amalga 
oshadi, boshqacha aytganda, ko'ngilsiz hodisa yuz berishidan oldin 
(aprior) va yuz bergandan keyin (aposterior) tahlil qilinishi mumkin.

Download 4.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   393




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling