Erkin tebranuvchi valyuta kursi tizimida to’lоv balansi qay yo’sinda barqarоrlashadi?
Erkin tebranuvchi valyuta kurslari to’lov balansini tenglashtirishda katta imkoniyatlarga ega bo’lsada, kamchilikliklardan holi emas. Chunonchi, bunday valyuta birinchidan, savdoning noaniqligi va qisqarishiga, ikkinchidan, savdo sharoitining yomonlashishiga, uchinchidan, nobarqarorlikka va boshqalarga olib keladi.Agar Markaziy Bank rasmiy valyuta zahiralari vositasida chet el valyutasini sotib yoki sotib olib valyuta kursini erkin tebranishiga barham bersa valyuta kursining erkin tebranishi vositasida to’lov balansini tartibga solish zarurati yo’qoladi.Bunda to’lov balansi taqchilligi Markaziy Bank rasmiy zahiralarini qisqartirish hisobiga moliyalashtirilishi mumkin
To’lоv balansini makrоiqtisоdiy tartibga sоlish deganda nimani tushunasiz? Bunda qanday vоsitalardan fоydalaniladi?
Tolov balansining aktiv qoldig`i yoki taqchilligi mamlakat iqtisodiyotixususiyatlariga qarab turlicha baholanishi mumkin. Valyutasi xalqaro hisob-kitoblarda hamda boshqa mamlakatlar zahira valyutasi sifatida foydalaniladigan mamlakatlar uchun to`lov balansining taqchil bo`lishi tabiiy hol hisoblanadi. Bunday mamlakatlar to`lov balansini uzoq muddat makroiqtisodiy tartibga solmasligi mumkin.Milliy valyutasi jahon iqtisodiyotida zahira valyutasi hisoblanmaydigan mamlakatlar Markaziy banklarida rasmiy valyuta zahirasi cheklanganigi tufayli tolov balansining uzoq muddatli taqchilligi bu rezervlaming sarflab bo` linishiga olib keladi. Bunday hollarda to`lov balansi makroiqtisodiy tartibga solinadi. Mamlakat savdo siyosatini va valyuta almashinuv kursini o`zgartirishi choralarini qo`llab chet ellardagi o`z xarajatlarini kamaytiradi yoki eksportdan o`z daromadlarini oshiradi. Bunday tartibga solish natijasida baholar umumiy darajasi oshadi. Oqibatida aholi turmush darajasining pasayishi, milliy valyutaning qadrsizlanishi, iqtisodiyotning ayrim tarmoqlarida bandlilikning pasayishi ro`y berishi mumkin. Valyuta rezervlari sarflab bo`linganligi, ilgari olingan chet el kreditlarini qaytarilish grafiklari buzilganligi tufayli bunday kreditlarni yana olish imkoniyatlari yo`qqa chiqadi. Shu tufayli mamlakat to`lov balansi taqchilligining uzoq vaqt davom etishi to`lov balansi inqirozi deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |