Kichik va katta оchiq iqtisоdiyotning mоhiyati va farqlarini tushuntirib bering


To’lоv balansi tahlili makrоiqtisоdiy jarayonlar to’g’risida qanday ma’lumоtlar оlish imkоnini beradi?


Download 169.19 Kb.
bet8/37
Sana17.02.2023
Hajmi169.19 Kb.
#1208151
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   37
Bog'liq
Dinamik makroiqtisodiyot yakuniy javoblar

To’lоv balansi tahlili makrоiqtisоdiy jarayonlar to’g’risida qanday ma’lumоtlar оlish imkоnini beradi?



Ushbu hisobot mamlakat tashqi iqtisodiy holatini tahlil qilish va unga oid pul-kredit, valyuta siyosati kabi makroiqtisodiy siyosatni amalga oshirish uchun muhim statistik asos vazifasini o‘taydi.Xalqaro valyuta jamg‘armasining tasnifiga binoan, to‘lov balansi joriy operatsiyalar hisobi, kapital bilan bog‘liq operatsiyalar hisobi, moliyaviy operatsiyalar hisobi hamda sof xatolar va yo‘qotishlar kabi tarkibiy qismlardan iborat.Tovarlar va xizmatlar eksporti va importi, bir mamlakatning xorijda ishlovchi hamda o‘sha davlatda ishlovchi chet ellik ishchilarning daromadlari va xarajatlari, bir mamlakatning tashqi aktivlari va majburiyatlari bo‘yicha qo‘lga kiritgan yoki to‘lab berishi lozim bo‘lgan daromadlari, shuningdek, xalqaro pul o‘tkazmalari, grantlar va insonparvarlik yordamlari va boshqa operatsiyalar to‘lov balansining joriy operatsiyalar hisobida aks etadi. Bundan tashqari, bir mamlakatdagi korxonaning boshqa bir mamlakat korxonasiga katta miqdorda bag‘araz moliyaviy resurs taqdim etishi yoki ixtiyoriy ravishda qarzidan voz kechishi kabi kapital transfertlari hamda yer, tabiiy resurslar, shartnomalar, marketing ishlanmalari kabi ishlab chiqarilmagan nomoliyaviy aktivlar savdolari to‘lov balansining kapital bilan bog‘liq operatsiyalar hisobida jamlanadi.



  1. Xalqarо savdоni rivоjlantirishning оb’ektiv va sub’ektiv sabablari nimalardan ibоrat?



Jahon xoʻjaligi rivojlanishining oʻziga xos xususiyatlaridan biri - bu xalqaro iqtisodiy munosabatlarning intensiv rivojlanib borishi hisoblanadi. Bu mamlakatlar, mamlakatlar guruhi, alohida firma va korxonalar oʻrtasida savdo-iqtisodiy aloqalarning kengayishi tobora chuqurlashuvi bilan izohlanadi. Ushbu holatni xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi, xoʻjalik hayotining globallashuvi, milliy iqtisodiyot ochiqligining kuchayishi, mamlakatlarning iqtisodiy integratsiyalashuvi va hududiy xalqaro iqtisodiy aloqalar strategiyasining chuqurlashib borayotganligida koʻrish mumkin.




  1. Download 169.19 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling