Kimyo tarixi
Download 1.01 Mb.
|
portal.guldu.uz-Kimyo tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Murakkab radikallar nazariyasi.
1- savol bayoni: Kimyoning dastlabki rivojlanish bosqichida organik va anorganik kimyo ajralmagan edi. Organik moddalarga ishlov berish ham uncha o’ziga xos usullarga ega emasdi. XIX asrgacha o’simlik va hayvonot dunyosining organik moddalar bilan asosan tibbiyot fanlari qiziqar edi. XIX asr boshlarigacha ham tabiat uchta "podshohlikka" ajratilar edi: mineral, o’simlik, tirik jonzotlar.
Moddalarni tizimlashtirish ularni ikkiga ajratdi: a) anorganik; b) organik. Birinchi marta 1806-yili Berselius o’zining "Hayvonot kimyosi" asarida "Organik kimyo" terminini shifokor talabalarga tanishtirdi va fanga olib kirdi. Sirka kislotasi - arab alkimyogarlari tomonidan V asrda vino achitqisidan haydab olingan. Etil spirti - vinoning o’zidan olingan va “Spiritus vini” deyilgan. Efir – 1625- yili V. Valentin vino spirti va kuporos moyi (H2SO4) dan oldi. Absolyut efir -1796- yili T.Lovis tomonidan K2CO3 va CaCl2 - ta’sirida suv va spirtdan tozalandi. "Yog’larning shirin asosi"- gliserin yog’lardan olindi. XIX asr boshlarida organik moddalarning tabiati hali tushunarli emas edi. 1784- yili A. Lavuazye vino spirti, moylar, mumlarni yoqib ulardan hosil bo’lgan karbonat angidridi va suv miqdorini o’lchadi va tarkibini aniqladi. Lavuazye o’sha paytda organik moddalar murakkab radikallarning kislorod bilan birikishidan hosil bo’ladi deb fikr yurgizardi. Gey-Lyussak, Tenar, Berselius va ayniqsa Libixning tahliliy ishlari organik moddalar tarkibini va undagi elementlar iisbatini aniqlashga imkon berdi. Murakkab radikallar nazariyasi. Berselius Lavuazye xulosalarini tasdiqlab, organik moddalar C, H, O lardan tarkib topgan deydi, organik birikmalarni CH+O yoki C+HO tarzida qabul qiladilar. Olimlarning fikricha, radikallar nazariyasida ham organik moddalarni qutblangan deb hisoblaydilar: O - elektromanfiy qism, K - elektromusbat qism. Ko’pgina olimlar erkin radikallarni aniqlagan bo’lsalar ham, ular olinmagan va o’rganilmagan edi. 1840-yilga kelib radikallar va elektrokimyoviy dualizm nazariyalari orasida qarama - qarshi faktlar yig’ildi. Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling