Kimyoviy texnologiya


Texnologiyalarni taqqoslash


Download 0.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/35
Sana25.08.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1670038
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   35
Texnologiyalarni taqqoslash 


Fisher-Tropsh sintezi bo’yicha kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarish 
texnologiyalari: Fisher-Tropsh texnologiyasi, Sasol texnologiyasi Syntroleum 
texnologiyasi. 
Sasol texnologiyasining birinchi bosqichida havodan kislorod olinadi. 
Boshqa texnologiyalarda havoni separastiyalash talab etilmaydi. Syntroleum 
texnologiyasida sintez-gaz olishda kislorod o’rniga havo ishlatiladi. 
Fisher-Tropsh texnologiyasi va Sasol texnologiyasining ikkinchi bosqichida metan 
parstial oksidlanadi. Bu jarayonda katalizator ishlatilmaydi.
Syntroleum texnologiyasining ikkinchi bosqichida qo’zg’almas qatlamli 
katalizator bo’lgan po’lat trubada aralashma qizdirilgan metan bug’i bilan bug’ 
reformingi amalga oshiriladi. Avtotermik reforming havo yordamida olib boriladi 
(azot yordamchi mahsulot sifatida jarayonning davomiga yuboriladi). 
Uchinchi bosqich barcha texnologiyalarda Fisher-Tropsh sintezi olib 
boriladi. Vodorod va uglerod monooksidi sintezi qo’zg’almas qatlamli temir yoki 
kobalt katalizatori ishtirokida amalga oshiriladi. Sasol reaktorida reakstiya uch 
fazali sistemada olib boriladi: sintez-gaz pufakchalari yuqorimolekulyar parafin 
aralashmalari va temir katalizatori bo’laklari orqali o’tadi. Bu texnologiyada 
parafin olinadi. 
Syntroleum jarayonida Fisher-Tropsh reaktorida mavhum qaynash qatlamli 
kobalt katalizatori qo’llaniladi. Reakstiya katalizator bo’laklarini sintez-gaz bilan 
aralashishi orqali boradi, so’ngra katalizator mahsulotdan ajratiladi 
Barcha texnologiyalar to’rtinchi bosqichida sintez mahsulotlari sifatini 
oshirish maqsadida gidrokrekinglanadi va ajratish uchun rektifikastiya jarayoniga 
beriladi. Gidrokreking qurilmasida yuqorimolekulyar parafinlar vodorod 
ishtirokida tarmoqlanib, kichik molekulyar massaga ega bo’lgan uglevodorodlarni 
hosil qiladi. Olefinlarni vodorod bilan to’yinishi natijasida parafinlar va 
izoparafinlar hosil bo’ladi. 



Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling