Kimyoviy texnologiya


 Polimerbenzinning zichligini areometr yordamida aniqlash


Download 0.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/35
Sana25.08.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1670038
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35
 
2.5. Polimerbenzinning zichligini areometr yordamida aniqlash 
Ishning maqsadi: polimerbenzin mahsulotining zichligini aniqlash. 
Kerakli jihozlar: polimerbenzin, areometr, Vestfal-Mor tarozisi, 
piknometr, shisha idishlar. 
Nazariy tushuncha 
Bir jinsli moddalarning zichligi deb, birlik hajmda mavjud bo‘lgan 
modda miqdori (massasi) ga aytiladi. 
V
m


(1) 
Bu kattalikni SI o’lchov birliklar sistemasidagi birligi
 
3
m
kg


Moddalar zichligi solishtirma og‘irlik bilan bog‘liq. Solishtirma og’irlik 
deb birlik hajmdagi modda ogirligiga aytiladi 
d = 
V
P
(2) 
Uning SI o‘lchov birligidagi o‘lchami 
 
3
m
N

.
Jismning og‘irligi:
P=mg (3),
ya’ni massaning erkin tushish tezlanishiga bo‘lgan ko‘paytmasiga teng. 
(1), (2) va (3) tenglamalarni solishtirsak: 
d = ρ∙g (4) 
ekanligiga ishonch hosil qilamiz. 
(1) va (4) tenglamalari bilan neft va neft mahsulotlarining zichligini 
aniqlash mumkin. 
Suyuqlikning zichligi uning bug‘i zichligidan taxminan 1700 marta katta. 
Bundan suyuqlikning molekulalari bir-biriga yaqin masofalarda joylashgan, 


degan xulosa kelib chiqadi. Shuning uchun suyuqlikning harakati va boshqa 
ko‘p xossalari molekulalararo o‘zaro ta’sir kuchlari bilan aniqlanadi. Suyuqlik 
molekulalari orasida tortishish va itarishish kuchlari mavjud ekanligi tajriba va 
kuzatishlarda aniqlangan. Itarishish kuchlari siqishda namoyon bo‘ladi 
(suyuqliklar deyarli siqilmaydi), tortishish kuchlari esa suyuqlikning uzilishida 
namoyon bo‘ladi.
Nazariy tadqiqotlar asosida sovet fizigi Ya.I. Frenkel molekula 1 sekund 
davomida 10
10
– 10
11
marta joydan-joyga qo‘zg‘alishini aniqladi, bunda u qisqa 
to‘xtagan joylari yaqinida 100 martaga yaqin tebranar ekan. Shunday qilib, 
suyuqliklarning molekulalari kichik sohalarda o‘zining o‘zaro joylashishini 
ozmi-ko‘pmi vaqt o‘zgartirmaydi. Bunday sohalarning mavjudligi suyuqlikning 
asosiy xossasi – oquvchanligiga sabab bo‘ladi.
Suyuqlik o‘zi turgan idishning shaklini oladi. Agar suyuqlikning og‘irlik 
kuchini yo‘q qilsak yoki uni kichik miqdorlarda olsak, suyuqlik shar shaklini 
oladi. Masalan, anilin tomchisini olsak, uni osh tuzining zichligi anilin 
zichligiga teng bo‘lgan eritmasiga kiritsak, anilin shar shaklini oladi. Shunday 
qilib, suyuqlik molekulalari xaotik harakat qilib, vaqtning ko‘p qismida ma’lum 
joylar yaqinida turadi, bunda o‘zaro joylashishga biror darajada bog‘langan 
bo‘ladi. 
Moddaning suyuq holati gazsimon holati bilan qattiq holatning oralig‘ida 
bo’ladi, shuning uchun gazsimon holatga ham, qattiq holatga ham ma’lum 
darajada o‘xshashligi bo‘ladi. Kritik harorat yaqinida suyuqliklarning xossalari 
zich bug‘ning xossalariga, qotish sharoitlarida esa qattiq jism xossalari bilan 
yaqin bo‘ladi. 
Suyuq neft mahsulotlarining zichligini aniqlash uchun tajribada quyidagi 
usullardan foydalaniladi: 
1. Areometrik usul. 
2. Vestfal-Mor tarozisida tortish usuli. 
3. Piknometrik usul.
4. Gidrostatik usul. 



Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling