Kirish 2 bob o’zbekiston respublikasimilliy valyuta bozori
Download 256.08 Kb. Pdf ko'rish
|
Kurs ishi Valyuta bozori.doc.docx
Texnikaviy yordam
2 2 BOB 3.O’ZBEKISTON VALYUTA SIYOSATIING NATIJALARI 3.3. 2005 YILDA O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI VALYUTA SIYOSATI 2005 yilning 1-yarim yilligida O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining valyuta siyosati “Monetar siyosatning 2005 yilga mo’ljallangan asosiy yo’nalishlari”dan kelib chiqqan holda amalgam oshirildi va respublika mas’ul banklarining tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi ishtirokini hamda ular tomonidan ichki valyuta bozorida operastiyalarni amalga oshirish uchun valyuta mablag’larini maksimal darajada jalb qilishni faollashtirishga yo’naltirildi. 2005 yilning 1 iyul holatiga ko’ra ichki valyuta bozorida O’zR MB va MBning xorijiy valyutada operastiyalarni amalga oshirish huquqini beruvchi listenziyasiga ega bo’lgan 28 ta tijorat banklari ishtirok etdilar. Shuni ta’kidlash kerakki, bugungi kunga kelib, tijorat banklari orasida xorijiy valyutalarni sotish va sotib olish u yoki bu xorijiy valyutaga bo’lgan talabdan kelib chiqqan holda birjadan tashqari valyuta kursi bo’yicha amalga oshirilib kelinmoqda. Bundan tashqari, tijorat banklari naqd xorijiy valyutani sotish-sotib olish bo’yicha operastiyalarni o’zlarining maxsus ayirboshlash shaxobchalari orqali XVF kelishuvining VIII moddasida belgilab qo’yilgan limidar doirasida birjadan tashqari valyuta kursida amalga oshiradilar. O’zR MB tomonidan birjadan tashqari bozorda besh kunlik savdolarning o’rtacha ko’rsatkichlari asosida belgilanadigan valyuta kursi buxgalteriya hisobi, korxona va tashkilodarning statistika va boshqa hisobotlarini olib borish, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi xududida bojxona to’lovlarini amalga oshirish uchun qabul qilinadi. 2005 yilning 1-yarim yillik yakunlariga ko’ra so’mning AQSh dollariga nisbatan nominal ayirboshlash kursi 5,4%ga, o’tgan chorakka nisbatan - 3,2%ga, 2004 yilning mos davriga nisbatan - 9,3%ga pasaydi. Naqd xorijiy valyutaning ayirboshlash kursi mos ravishda 5,3%, 3,2% va 9,4%ga pasaydi (1.4.1jadval). Bunday holat O’zR MB ayirboshlash kursini AQSh dollariga nisbatan mavsumiy tebranishlarni bartaraf etgan holda tartibga solishi bilan, hamda oltin valyuta zahiralari hajmini import operastiyalarini amalga oshirishga etarli bo’lgan darajada saqlab turishi bilan asoslanadi. So’mning AQSH dollariga nisbatan almashinuv kursi (davr oxirida) Davr MB ayirboshlash kursi(so’m/ $) Avvalgi davrga nisbatan o’zgarishi(%da) Xorijiy valyutaning naqd kursi (so’m/$) Avvalgi davrga nisbatan o’zgarishi(%da ) 2000 32 5 132,1 725 269,9 2001 68 8 111,7 892 23 2002 97 0 41,0 1030 15,5 2003 98 0 1,0 984 -4,5 2004 105 8 8,0 1061, 8 7,9 04/1 100 0 2,0 1004, 5 2,1 04/11 102 0 2,0 1022 1,7 05/1 108 0 2,1 1083, 8 2,1 05/11 111 5 3,2 1118, 1 3,2 | Manba:«Bank axborotnomasi» gazetasi, mualliflar hisob-kitoblari ______________ | Download 256.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling