Kirish barchamizni vatan tarqqiyoti birlashtiradi! Respublikamizda erkin iqtisodiy zonalarning ko‘payishi, undan tashqari Ona zaminimiz bag‘rida yotgan resurslarimizni nes – nobut qilmasdan o‘zlashtirsak, kon zaxiralaridan samarali
Download 335,51 Kb.
|
Xasanov U. asosiy qism 100 %
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mehnat qiluvchilarning soni, hisobi
- Ish haqi fondini hisoblash
- Yoqilg`i materiallar uchun ketadigan harajatlar
- Uskuna nomi Uskunalarning soni Ishlash vaqti (Soat)
- Mahsulotning xarajatalari hisobi
- Loyihaning texnik iqtisodiy koʻrsatkichlar hisobi
- Texnik – iqtisodiy koʻrsatkichlar
- VI BOB. HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI VA EKOLOGIYA 6.1. Konchilik ishlarini olib borishda xavfsizlik qoidalari
Mehnat qiluvchilarning soni, hisobi Mehnat qiluvchilarning soni loyihalanayotgan sex uchun asosiy ishchilarning agregatlarga normativ boʻyicha xizmat koʻrsatishlari, qolaversa, fabrikada rangli metallurgiya ham mavjud. Ishlovchilar sonini jadval boʻyicha keltiramiz. Kunlik ishlovchilar soni uzluksiz jarayonlarda normativ boʻyicha xizmat koʻrsatadilar formula boʻyicha quyidagicha ifodalanadi: Nya =Hch Ka S Bu yerda, Hch– ishlochilar soni me’yori; Ka– uskunalar soni; S – ish smenalar soni. SHtatdagi ishlovchilar quyidagi formula boʻyicha ifodalanadi: Nsh= Nch Ka (S+1) Roʻyxatdagilar soni quyidagi formula boʻyicha ifodalanadi Ns = Nsh Ks Ishchilar soni hisobi
Ish haqi fondini hisoblash Ish haqi fondini hisoblashda amal qiladigan tarif razryadlari, tarif koeffitsientlari, tarif stavkalari va harakatdagi yagona tarif setkasi hisobga olinadi. Ishlovchilar ish haqlari hisobi
Yoqilg`i materiallar uchun ketadigan harajatlar
Xarajatlar tarkibi hisobi Ishlab chiqarish xarajati va bir birlik maxsulotuchun kalkulyasiya tuzish, hamda xarajatlar statyalar boʻyicha gruppalarga boʻlinadi. Mahsulotning tannarx kalkulyasiyasi loyihalashtirilayotgan sex boʻyicha quyidagicha aks etadi: Mahsulotning xarajatalari hisobi
Loyihaning texnik iqtisodiy koʻrsatkichlar hisobi Fond uzatish Kapital qoʻyilmalar ulushi Bu yerda, K – kapital xarajatlar, Fond sigʻimi bu erda , Vr— sotilgan mahsulot narxi, 1sum Fas — asosiy fondlar bahosi, sum Mexnat unumdorligi hisobi Texnik – iqtisodiy koʻrsatkichlar
VI BOB. HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI VA EKOLOGIYA 6.1. Konchilik ishlarini olib borishda xavfsizlik qoidalari Ochiq konchilik ishlarining xavfsizligi ishlar bajarilgan joylardagi bortlar, pogʻonalar, uyumlar va karyerga chegaradosh hududlardagi oʻz-oʻzidan paydo boʻladigan koʻchki va qulashlar hamda boshqarib boʻlmaydigan suv oqimlarining oldini olish, shuningdek keltirilgan omillarning karyer, kon-transporti jihozlari va xodimlar xavfsizligiga ta’sirini kamaytiruvchi tadbirlarni ishlab chiqish va joriy etish bilan amalga oshiriladi. Oʻz-oʻzidan paydo boʻladigan deformatsiyalarni oldini olish yoki ularni karyer ishiga zararli ta’sirini kamaytirishga yoʻnaltirilgan tadbirlarni ishlab chiqish: a) karyer va uyumlardagi qiyaliklar holatini koʻz bilan koʻrikdan oʻtqazish; b) jinslar qatlamining yotishi sharoitlarini, uyumlar tagidagi kon massasi va jinslar tuzilmalarini geologik va gidrogeologik oʻrganish; d) bortlar, pogʻonalar va uyumlardagi deformatsiyalarni asbob bilan kuzatish; e) bortlar, pogʻonalar va uyumlarni qulatishi mumkin boʻlgan deformatsiyalar namoyon boʻladigan hudud va uchastkalarni aniqlash, ularning miqyosini va karyer ishiga mumkin boʻlgan ta’sirini baholash hamda ulardan xavfi kattasining asbob bilan kuzatilishini tashkil etish; f) boʻlib oʻtgan deformatsiyalar oʻrganish, ularning tavsifi, xavfi darajasini, paydo boʻlish sabablari aniqlash va ularni hujjatlashtirish; g) sun’iy mustahkamlash yoki boʻshashgan hudud va uchastkalarni bartaraf etish loyihalarini ishlab chiqish; h) deformatsiyalar rivojining oldini oluvchi tadbirlarni bajarish; i) deformatsiyalarga qarshi inshootlar holati yuzasidan tizimiy nazorat; ) karyer bortlari, pogʻonalari va uyumlarining loyihaviy koʻrsatkichlariga roiya etish yuzasidan nazorat; k) bortlar, pogʻonalar va uyumlarning loyihaviy koʻrsatkichlarini toʻgʻirlash; l) asoslanish va texnik-iqtisodiy hisob kitoblar asosida amalga oshirilishi kerak. Har bir karyerda bajariladigan ushbu ishlarning hajmi qaziladigan konning geologik va gidrogeologik sharoitlari, xizmat muddati, qazish Chuqurligi va ishlatiladigan jihozlarga hisobga olgan holda karyer bosh muhandisi tomonidan aniqlanadi va «Sanoatkontexnazorat» davlat inspeksiyasi mahalliy organlari bilan kelishilgandan keyin qorxona bosh muhandisi tomonidan tasdiqlanadi, ularni bajarish esa zarur hollarda ixtisoslashtirilgan tashkilotlar mutaxassislarini jalb etish bilan karyerning geologiya-marksheydyerlik xizmatiga yuklatiladi.Murakkab muhandislik-geologik va kon-texnik sharoitlarga ega karyerlarda xavfli vaziyatlar bashorat qilish va deformatsiyalarni kuzatish boʻyicha mutaxassislar guruhi tashkil etilishi mumkin. Bunday guruhning maqsadga muvofiqligi karyer loyihasida belgilanishi kerak. Ushbu ishlarni bajarish ixtisoslashtirilgan tashkilotga topshirilishi mumkin. Karyerlardagi qiyaliklar holatini koʻz bilan koʻrikdan oʻtqazish kami bilan har oyda bir marta xavfli vaziyatlarni bashorat qilish boʻyicha ixtisoslashtirilgan guruh xodimlari yoki geologiya-marksheydyerlik xizmati tomonidan bajarilishi kerak. Transheyalar oʻtqazish, pogʻonalarni qazish, uyumlarni toʻkish va shu kabi konchilik ishlari, shuningdek yuklash punktlaridagi ishlar, korxona (karyer) bosh muhandisi tomonidan tasdiqlangan, jihozlar joylashishini, ishlarni bajarish tartibini, xavfsizlik choralarini, ish maydonchalari, pogʻona va uyumning ruxsat etilgan oʻlchamlarini, shuningdek pogʻona va uyumning yuqori hamda pastki chetiga nisbatan jihozning masofasini belgilaydigan pasportga muvofiq ravishda olib borilishi kerak. Pasportlar konchilik mashinalarida va karyer ma’muriyatida boʻlishi kerak. Ishlar ijrochilari va rahbarlari Pasport bilan imzo chekib tanishtirilishi kerak. Tasdiqlanmagan pasportlar bilan yoki undan chetlangan holda konchilik ishlarini olib borish taqiqlanadi. Pasportda koʻzda tutilmagan vaziyatlar paydo boʻlganda, ish toʻxtalishi kerak va ishlar rahbari tomonidan ishni xavfsiz bajarish tartibi va choralari toʻgʻrisidagi qaror qabul qilinganidan keyin ishlarni boshlash mumkin. Vaziyat yana takrorlangan taqdirda pasportga qoʻshimcha va oʻzgatirishlar kiritilishi kerak. Pogʻona va uyumdagi qulash prizmasining oʻlchami karyerni marksheydyerlik xizmati xodimlari tomonidan belgilanadi va konchilik ishlari uchun pasport va loyihalar ishlab chiqish bilan band boʻlgan mutaxassislar hamda karyerdagi konchilik ishlari rahbarlari e’tiboriga doimo etkazilishi kerak.Pogʻonalar, karyer bortlar va uyumlarning konstruksiyalari loyiha bilan aniqlanadi va zarur boʻlganda jinslarning fizik-mexanik xossalarini oʻrganish va marksheydyerlik kuzatuvlar natijasi ma’lumotlariga koʻra foydalanish jarayonida toʻgʻrilanishi kerak. Download 335,51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling