Kirish bob


Download 134.52 Kb.
bet3/5
Sana18.06.2023
Hajmi134.52 Kb.
#1581428
1   2   3   4   5
Bog'liq
DZFD

1.2 Motivlarning tasnifi

Munosabat mezoni va uning ilmiy adabiyotlarda yoritilishi bilan bog‘liq mulohazalarning tadqiq etilishi tadqiqotning maqsad va vazifalarini yanada chuqurroq talqin etish imkonini beradi. Chunki, munosabat tizimini o‘rganmay turib, u yoki bu shaxs faolligini kasbiy layoqatini to‘liqroq tasavvur qilish juda mushkul. Shu boisdan munosabat tushunchasini ilmiy asoslashga yo‘naltirilgan bir qator tadqiqotlar tahliliga e’tibor qaratishni lozim topdik.


Tabiiyki, munosabat tushunchasi keng qamrovli va keng ko‘lamli tushuncha bo‘lib, uning talqini ham shu qadar keng va xilma-xildir. Shu nuqtai nazardan munosabatning turli sohalaridagi ijtimoiy psixologik mezonlari bo‘yicha tadqiqot olib borgan faylasuflar, psixologlar, sotsiologlar, psixofiziologlar, pedagoglar va qator ijtimoiy fanlarning vakillari (B.G.Ananev, G.M.Andreeva, A.N.Bodalev, Sh.R.Barotov, A.S.Begmatov, LS.Vugotskiy, A.G.Kavalyov, I.S.Kon, I.G.Pavlov K.K.Platonov, S.L.Rubinshteyn, V.V.Stolin, E.G‘ozievlar) munosabat kategoriyasining u yoki bu yo‘nalishini ilmiy jihatdan asoslab beradilar. Jumladan, munosabat mezoni faylasuflar talqinida shaxs va borliq o‘rtasidagi ko‘prik sifatida, psixologlar talqinida shaxsning «ichki va tashqi» faoliyati o‘rtasidagi hissiy kognitiv va xulq-atvor komponentlari asosida namoyon bo‘luvchi intilishlarning mahsuli sifatida, sotsiologlar talqinida shaxsning ijtimoiy muhitga nisbatan xayrixoxlik yoki norozilikning ifodalanishi sifatida, psixofiziologlar talqinida, shaxs oliy nerv faoliyatini aks ettirish vositasi sifatida, pedagoglar talqinida esa, o‘quvchining o‘quv topshiriqlarini «bajonidil» (ixtiyoriy qiziqish orqali) yoki majburan (yuzaki) bajarishga bo‘lgan intilishlarning mahsuli sifatida e’tirof etiladi. O‘quv faoliyati esa xuddi shu tadqiqiy yo‘nalishlarga tayanadi va shaxs faoliyati tarkib topishi uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Chunonchi, hozirgi kunda shaxsga sub’ektiv munosabat muammosini ijtimoiy jihatdan turmushda qaror toptirish uchun «odam-inson-shaxs-induviduallik-sub’ekt-komillik» ierarxiyasiga rioya qilish, shaxsga sub’ektiv munosabat, ya’ni unda robot sifatida barcha xususiyatlarni bir tekis shakllantirish mumkin, degan xato nazariyadan voz kechish, «sub’ekt-sub’ekt» aloqasini vujudga keltirish, har kanday sub’ekt – shaxs, lekin har qaysi shaxs sub’ekt emasligi muammosini yechish, shaxs sub’ekt bo‘lishi uchun mustaqillik, shaxsiy pozitsiya, qat’iyatlilik, dunyoqarash va ularni hayotga tatbiq qilish imkoniyati mavjudligini tan olish kabi mulohazalar shaxs munosabatlari motivatsiyasi talqinida muhim o‘rin tutadi. Shu boisdan, munosabatlar motivatsiyasi nafaqat nazariy, balki, lug‘aviy nuqtai nazardan ham olimlarning xilma-xil mulohazalari bilan xarakterlanadi. K.Obuxovskiy motivni «ma’lum faoliyatni yo‘naltiruvchi maqsad dasturi» sifatida talqin qilsa, X.Xekxauzen esa «motiv bu – individ-muhit munosabati doirasidagi yo‘naltirilgan harakatlarni izohlovchi jarayon» ekanligini asoslab beradi. Qator psixologik tadqiqotlarda motivatsiya talqini shaxsning ijtimoiy shakllanishi jarayoni sifatida qaraladi. Jumladan, shaxs motivatsiyasi shaxs ijtimoiylashuvida muhim ahamiyat kasb etadi. Biologik motivatsiyasidan farqli o‘laroq, shaxs motivatsiyasi jamiyat taraqqiyoti ehtiyojlarini qondirishga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Bu esa uning tarixiy o‘zgaruvchanligini tasdiqlaydi Umuman, munosabat motivatsiyasi haqida juda ko‘plab xilma-xil ilmiy mulohazalar yuritish mumkin. Zero, bu jarayon munosabat motivatsiyasini har tomonlama chuqur va to‘liq tahlil qilishning birmuncha murakkab ilmiy jarayoni hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan, biz o‘z tadqiqotimizning maqsad-mohiyatidan kelib chiqib munosabat motivatsiyasi tadqiq etilgan ilmiy adabiyotlarni shartli ravishda quyidagi guruhlarga bo‘lib talqin qilishni va shu talqin asosida tadqiqot vazifalarini belgilab olishni o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘ydik.
1. Munosabat motivatsiyasi asosida shaxsning qiziqishlari yotadi. Bu qiziqishlarning beqaror yoki barqarorligini ta’minlovchi ichki turtkilar tizimi ma’lum darajada munosabat tizimini ham belgilaydi.
2. Munosabat motivatsiyasiga shaxs yo‘nalganligining u yoki bu darajada ta’siri namoyon etiladi. Ushbu ta’sir jarayonida shaxs yo‘nalganligi va munosabat motivatsiyasi uyg‘unligining ayrim ko‘rinishlari yuzaga keladi.
3. Munosabat motivatsiyasi ma’lum ustanovkalar zamirida ham shakllanadi. Jumladan, o‘quv faolligi bilan bilan bog‘liq ustanovkalar o‘quvchi shaxsi ijtimoiy taraqqiyotiga daxldor omillarini belgilashga xizmat qiladi.
4. Munosabat motivatsiyasi zamirida qadriyatlar ko‘lamining u yoki bu darajadagi ta’siriga ham baho berish mumkin. Chunki, har qanday ijtimoiy munosabatda ma’lum darajada qadriyat omillari yotadi. Bu omillar shaxs ijtimoiy taraqqiyotida muhim o‘rin egallashi tayin.
A.V.Petrovskiy (1983)ning fikricha, qiziqishlar shaxsni bilim va tushunchalardan qoniqishga bo‘lgan faollikka undaydi. B.I.Dodonov (1975) esa qiziqishlarga shaxsni faoliyatga undovchi hissiy faollik sifatida qaraydi. G.K.Cherkasov (1972) tomonidan qiziqish o‘z maqsadlarini amalga oshirish imkoniyatini tanlashga qaratilgan sub’ektning faol munosabati sifatida talqin qilinadi. L.S.Vugotskiy (1984) qiziqishlar hissiyot va iroda imkoniyatlarining mahsuli ekanligini asoslab beradi. Binobarin, qiziqishlar turli olimlarning tadqiqotlarida o‘z ifodasini topganligini alohida qayd etish mumkin. Qiziqishlar bilish jarayoniga oid ehtiyojlar mavjudligining namoyon etilishi sifatida, (A.V.Petrovskiy, A.N.Leontev, A.G.Kovalev), protsessual va irodaviy-protsessual sifatlar majmui tarzida kasbga yo‘naltirishning manbai sifatida ob’ekt-sub’ekt munosabatlari o‘rtasidagi ehtiyoj uyg‘unligi (S.L.Rubinshteyn) sifatida tadqiq qilinadi.
Demak, aytish mumkinki, munosabat motivining mazkur to‘rtala vazifasi ham o‘quv faoliyati jarayonida o‘quvchi shaxsini faollikka undovchi mezonlardir. Chunki, faoliyat omillari, jumladan o‘quv faolligi hamisha o‘quvchi shaxsi ustanovkalariga hamohangdir. Bu hamohanglikni to‘liq xis etgan holda, munosabatni yanada kengroq ko‘lamda «ijtimoiy ustanovka» nomi bilan e’tirof etish qabul qilingan. Bu esa ijtimoiy psixologiya fani uchun muhim bo‘lgan munosabat metodologiyasini nazariy–ilmiy jihatdan yanada oydinlashtirishga xizmat qiladi.
Munosabat motivlari va ijtimoiy ustanovka uyg‘unligining talqin qilinishi o‘quv faoliyatiga nisbatan faol-ijobiy munosabat mezonlarini yanada chuqurroq talqin qilish uchun zamin yaratadi. Jumladan P.N.Shixirev tomonidan ustanovka insonning o‘z-o‘zini idora qilishida va samarali faoliyatida namoyon bo‘luvchi jarayon ekanligi va uni o‘zgartirish uchun dastavval shu jarayonni o‘rganish muhimligi borasida keltirilgani ilmiy dalillari va xulosalari hozirgi zamon ijtimoiy psixologiya fanining munosabat va faollik amaliyoti bilan bog‘liq ilmiy tasavvurlarni shakllantirishda muhim o‘rin tutganligini ko‘ramiz. Shunday qilib, ijtimoiy ustanovka mezoni bo‘yicha yuqorida qayd etilgan tadqiqotlar tahlili bugungi ijtimoiy–iqtisodiy taraqqiyot talablariga mos shaxs va faoliyat uyg‘unligini ta’minlashga xizmat qiluvchi munosabat motivatsiyasi omillarini ishlab chiqishda va tadqiq qilishda o‘ziga xos nazariy va amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan metodologik yo‘nalishlarni ochib beradi. Olib borilgan nazariy-ilmiy tahlillar mavzu darajasidagi muammolarni, kichik maktab yoshi davrida o‘quvchi shaxsining o‘quv faolligiga munosabat motivatsiyasini o‘raganish va tadqiq qilish bilan bog‘liq tadqiqotlarning bugungi kunda taqchilligi va shu bilan birga nihoyatda dolzarbligini ko‘rsatdi. Albatta, munosabat motivatsiyasi tushunchasi barcha psixologik fanlarning muhim ob’ekti sifatida hamisha olimlarning diqqat markazida bo‘lgan. Ayni paytda, Rossiyadagi mamlakatimiz olimlari ham mazkur muammoning o‘ziga xos jihatlari haqida ilmiy tadqiqotlar olib borganlar. Bu boradagi ilmiy adabiyotlar, tadqiqotlar va ilmiy mushohadalar tahlili quyidagi xulosalar chiqarishni taqozo etadi.
Shaxsning u yoki bu faoliyatga yoki bu faoliyatga yoxud faollikka bo‘lgan munosabat motivatsiyasini o‘rganish borasida bugungi kunda turli xil munozarali qarashlar mavjud bo‘lib, uning ortida har bir ilmiy tadqiqotchining o‘z pozitsiyasi, ilmiy maqsadi, ilmiy g‘oyalari, salohiyati va shaxsiy fikr-mulohazalari mujassamlashgandir. Ayni paytda, aytish joizki, munosabat mezoni shaxs ijtimoiy taraqqiyotining, o‘z-o‘zni rivojlantirishning o‘z ichki hissiy xayrixoxligining, bir so‘z bilan aytganda shaxs “men”ligi namoyon qilishning muhim omili sifatida olimlar e’tiborini tortgan doimiy tadqiqotlar ob’ekti hamda sub’ektiga aylantirilgan. Shu bois alohida ta’kidlash mumkinki, munosabat mezoni qay yo‘sinda tadqiq qilinmasin baribir shaxsning ijtimoiy shakllanishi, taraqqiyoti va o‘zligini anglashi, ma’naviyati va dunyoqarashi namoyon etilishining muhim omili sifatida ilmiy mushohadalar ob’ekti va sub’ektiga aylanib qolaveradi. Munosabat tushunchasi va uning mezonlari ijtimoiy-psixologik muammo sifatida talqin qilinishi ijtimoiy psixologiya fani uchun muhim bo‘lgan munosabatning o‘ziga xos yosh, hududiy, individual va etnopsixologik jihatlariga yanada jiddiyroq e’tiborni qaratish imkonini beradi. Bu imkoniyat esa o‘smir shaxsi va uning o‘quv faolligini ta’minlashga xizmat qiluvchi munosabat motivatsiyasi haqidagi ilmiy tasavvurlarni empirik jihatdan asoslab berilishga izn beradi.
Mavjud adabiyotlar tahlili munosabat motivatsiyasi tushunchasini nazariy-ilmiy hamda metodologik jihatdan asoslash bilan birga uning o‘smirlik yoshidagi kasbiy qizishlarni shakllanishida o‘quvchilar faolligini ta’minlashdagi o‘rni beqiyos ekanligini va bu jarayonni aniq yo‘naltirilgan yangi empirik ma’lumotlar natijalari bilan boyitgan holda o‘rganish va tegishli ilmiy xulosalar chiqarish muqarrarligini ko‘rsatdi. Tadqiqot maqsadlaridan kelib chiqib, olib borilgan ilmiy-nazariy mushohadalarga tayangan holda shuni aytish mumkinki, o‘smirlarda kasbiy qiziqshlarga munosabat motivlari tarkibida faoliyatga munosabat motivatsiyasi shakllanishining o‘ziga xos ijtimoiy-psixologik xususiyatlarining namoyon etilishi ma’lum ierarxik tizimga ega bo‘lgan “kasbga munosabat”, “ o‘quv jarayonida kasbiy komponentlari”, “shaxs umumiy yo‘nalganligi kabi mezonlar asosida belgilanadi va baholanadi. Inson ehtiyojlari sohasini tavsiflovchi asosiy parametrlardan biri bu ierarxizatsiya, ya'ni. tuzilishning tartib tartibining o'ziga xos xususiyati. Ehtiyojlarning eng mashhur va ko'p qirrali tasnifi - Avraam Maslou tasnifi. U ehtiyojlarning quyidagi turlarini aniqlaydi. 1. Asosiy ehtiyojlar: a) inson hayotini bevosita ta'minlaydigan fiziologik ehtiyojlar. Bularga ichimlik, ovqat, dam olish, boshpana va jinsiy ehtiyojlar kiradi. b) xavfsizlik va xavfsizlikka bo'lgan ehtiyoj (shu jumladan kelajakka bo'lgan ishonch), ya'ni o'z himoyalanganligini his qilish, muvaffaqiyatsizlik va qo'rquvdan xalos bo'lish istagi. 2. Ikkilamchi ehtiyojlar: a) ijtimoiy ehtiyojlar, shu jumladan atrofingizdagi odamlar tomonidan qabul qilinish, biror narsaga tegishli bo'lish, qo'llab -quvvatlash, mehr, ijtimoiy o'zaro ta'sir. b) boshqalar tomonidan hurmat, e'tirof etish zarurati, shu jumladan o'zini hurmat qilish. v) estetik va kognitiv ehtiyojlar: bilish, go'zallik va boshqalar. d) o'z-o'zini namoyon qilish, o'zini namoyon qilish zarurati, ya'ni o'z shaxsiyatining qobiliyatlarini amalga oshirish, o'z ko'zida o'z ahamiyatini oshirish istagi. A. Maslou ierarxik tizimi uchun shunday qoida bor: "Motivatsion strukturaning har bir keyingi bosqichi faqat oldingi barcha qadamlar amalga oshirilgandagina mazmunli bo'ladi". Shu bilan birga, muallifning so'zlariga ko'ra, faqat bir nechtasi o'z rivojlanishining oxirgi bosqichiga etadi (1%dan biroz ko'proq), qolganlari esa buni xohlamaydilar. Optimal motivatsiyani amalga oshirishda quyidagi ehtiyojlarni amalga oshirish muhim rol o'ynaydi: muvaffaqiyat, e'tirof, ish va o'qishni optimal tashkil etish, o'sish istiqbollari. 1.2 O'smirlarning motivatsion sohasining xususiyatlari Inson taraqqiyoti psixologiyasini o'rganish uning motivatsiyasini o'rganmasdan mumkin emas, ya'ni. shaxs xulq -atvorining harakatlantiruvchi kuchlari, ular umuman shaxsiyat yadrosini ifodalaydi va uning rivojlanish xususiyatini belgilaydi. O'smirlik davri an'anaviy ravishda shaxsning aqliy rivojlanishidagi eng muhim lahzalardan biri hisoblanadi va bu, birinchi navbatda, o'smirlarning motivatsion ehtiyojlar sohasida davom etayotgan chuqur o'zgarishlar bilan belgilanadi. O'smirlik-bu bolalik va balog'at (11-12 yoshdan 16-17 yoshgacha) o'rtasidagi ontogenetik rivojlanish bosqichi bo'lib, u balog'at yoshi va balog'at yoshiga kirishi bilan bog'liq sifat o'zgarishlari bilan tavsiflanadi. Shu bilan birga, sifat va miqdoriy xususiyatlarga ega bo'lgan bu o'zgarishlar, bolaning mavjud bo'lgan birinchi kunlaridan boshlab, uning rivojlanishining butun jarayoni bilan belgilanadi. L.S.Vigotskiyning so'zlariga ko'ra, o'smirlik davrida xulq -atvor kuchlarining keskin va chuqur o'zgarishi nisbatan qisqa vaqt ichida ro'y beradi. Tuzilishi nuqtai nazaridan, motivatsion soha motivlarning parallelligi bilan emas, balki ularning ierarxik tuzilishi, har xil motivatsion tendentsiyalarga bo'ysunishning ma'lum tizimi mavjudligi bilan tavsiflana boshlaydi. O'z-o'zini anglash jarayonlarining rivojlanishi bilan motivlarning sifat o'zgarishi kuzatiladi, ularning ko'pchiligi katta barqarorlik bilan ajralib turadi, ko'plab qiziqishlar doimiy sevimli mashg'ulotlariga aylanadi. Harakat mexanizmiga ko'ra, motivlar to'g'ridan -to'g'ri emas, balki ongli ravishda qo'yilgan maqsad va ongli ravishda qabul qilingan niyat asosida vujudga keladi. Vositachilik ehtiyojlarining paydo bo'lishi o'smirga o'z ehtiyojlari va intilishlarini ongli ravishda boshqarishga, ichki dunyosini o'zlashtirishga, uzoq muddatli hayot rejalari va istiqbollarini shakllantirishga imkon beradi. O'smirning motivatsion sohasini o'zgartirishning boshlang'ich nuqtasi "bola rivojlanishining ijtimoiy holati" deb ataladi - bu ma'lum bir yoshga xos bo'lgan bola va atrof -muhit o'rtasidagi munosabatlarning yagona tizimi. Bu munosabatlar, bir tomondan, shakllansa, boshqa tomondan, ular ma'lum bir yosh bosqichida vujudga keladigan sifat jihatidan yangi psixologik shakllanishlar bilan belgilanadi. Bu yangi shakllanishlar psixik hodisalarning keng doirasini ifodalaydi - ruhiy jarayonlardan tortib individual shaxsiyat xususiyatlariga qadar. Shunday qilib, o'smirning motivatsiyasini tahlil qilishda quyidagilarni hisobga olish kerak. biologik o'zgarishlar (balog'atga etishish); psixologik o'zgarishlar (mavhum-mantiqiy fikrlash shakllarining murakkablashishi, o'z-o'zini anglashning rivojlanishi, irodali faoliyat doirasining kengayishi); o'smir hayotining ijtimoiy mazmuni. Ma'lumki, o'smirlik davrining davomiyligi va intensivligi ko'p jihatdan madaniy va tarixiy sharoitlarga bog'liq: bolalikdan voyaga etish davri qisqa va qattiq bo'lishi mumkin, yoki u deyarli butun o'n yilga cho'zilishi mumkin, xuddi zamonaviy sanoatda bo'lgani kabi. jamiyat. O'tish davriga ehtiyoj aniq. Aslida, asosiy vazifa, deyish mumkinki, o'smirlik davrida odam hal qilishi kerak bo'lgan mega vazifa-fiziologik va ijtimoiy jihatdan kattalarga aylanish. Bu holda L.S.Vigotskiyning so'zlarini esga olish o'rinli bo'ladi, chunki bu davrning eng muhim xususiyati balog'at davri bir vaqtning o'zida shaxsning ijtimoiy kamoloti davri hisoblanadi. Zamonaviy psixologiyada inson rivojlanishiga bag'ishlangan juda ko'p turli xil tushunchalar allaqachon to'plangan. Ba'zilarida asosiy e'tibor jismoniy va balog'at yoshiga to'g'ri keladi: masalan, Freydning psixoseksual rivojlanish kontseptsiyasida o'tish davrining asosiy vazifasi bolaning jinsiy hayotini kattalar uchun normal bo'lgan oxirgi shaklga etkazishdir. Boshqalarda, masalan, sotsiogenetik yondashuv doirasida, asosiysi, odamning ijtimoiy me'yor va rollarni o'zlashtirishi, uning ijtimoiy munosabat va qadriyatlarga ega bo'lishi. Kognitiv nazariyalarda, xususan, J. Piaget kontseptsiyasida, odamning kognitiv kamolotga erishishiga asosiy e'tibor qaratiladi va rasmiy operatsiyalar bosqichiga kirish odamga shaxsiy o'ziga xoslikni shakllantirishga imkon beradi, deb ta'kidlanadi. E. Eriksonning so'zlariga ko'ra, o'smirlik davrining asosiy vazifasi - shaxsiy o'ziga xoslik tuyg'usini shakllantirish va rol noaniqligi paydo bo'lish xavfidan qochish. Identifikatsiya ko'plab tarkibiy qismlardan iborat bo'lib, ularning butunligi yaxlit shaxsni tashkil qiladi. E. Eriksonning fikricha, shaxsiyatga erishish uchun individual rivojlanish vazifalari quyidagilar: vaqt va hayotning uzluksizligini his qilish; o'ziga ishonchni rivojlantirish; jinsga mos rolni qabul qilish; turli xil ijtimoiy rollarni sinab ko'rish; kasb tanlash; qadriyatlar va ustuvorliklarning shaxsiy tizimini shakllantirish; ularning mafkurasini izlash, Erikson "aqidani qidirish" deb atagan. Ko'p jihatdan, mazmuni bo'yicha E. Erikson g'oyalariga o'xshab, psixososyal taraqqiyot nazariyasida R. Xavigurst tomonidan taklif qilingan o'smirlik davrining vazifalari. Uning fikricha, rivojlanish vazifalari shaxsning o'zi uchun zarur bo'lgan yoki jamoat ehtiyojlariga mos keladigan sifatlarni shakllantirishdan iborat. Shu bilan birga, turli madaniyatlarga mansub shaxslar oldida turgan rivojlanish vazifalari bir -biridan farq qiladi, chunki ular vazifani tashkil etuvchi biologik, psixologik va madaniy elementlarning nisbiy ahamiyatiga bog'liq. Bundan tashqari, turli madaniyatlar odamlarga har xil talablarni qo'yadi va ularga har xil imkoniyatlar taqdim etiladi, mos ravishda ularga har xil ko'nikma va bilim kerak bo'ladi. Havighurst o'smirlik davrida hal qilinishi kerak bo'lgan sakkizta asosiy rivojlanish muammolarini aniqlaydi: tashqi ko'rinishingizni qabul qilish va tanangizni samarali boshqarish qobiliyati; har ikki jinsdagi tengdoshlari bilan yangi va etuk munosabatlarni shakllantirish; motivatsiya o'smirning o'zini o'zi qadrlashi erkak va ayol ijtimoiy-jinsiy rollarni qabul qilish; ota -onalar va boshqa kattalardan hissiy mustaqillikka erishish; iqtisodiy mustaqillikni ta'minlay oladigan ishga tayyorgarlik; nikoh va oilaviy hayotga tayyorgarlik; ijtimoiy mas'uliyatni o'z zimmasiga olish istagining paydo bo'lishi va to'g'ri xulq -atvorning rivojlanishi; 8) hayotda boshqarilishi mumkin bo'lgan qadriyatlar va axloqiy tamoyillar tizimini o'zlashtirish, ya'ni. o'z mafkurasini shakllantirish. Shaxsiyatning ba'zi jihatlari boshqalarga qaraganda shakllanishi osonroqdir. Qoida tariqasida, birinchi navbatda, jismoniy va jinsiy o'ziga xoslik aniqlanadi. Kasbiy, mafkuraviy va axloqiy o'ziga xoslik ancha sekin shakllanadi: bu jarayon o'smirning kognitiv rivojlanishida rasmiy operativ fikrlash bosqichiga etib kelganiga bog'liq. Diniy va siyosiy qarashlar biroz keyinroq shakllanadi, lekin bu shaxsiyatning tarkibiy qismlari ko'p yillar davomida o'zgarishi mumkin. O'smirlik davrining xususiyatlarini o'rganishga qaratilgan ko'pgina tadqiqotlarda, bolaning balog'at yoshiga kirishi bilan, taxminan 12-13 yoshda, uning o'ziga bo'lgan munosabatida, ichki dunyosiga faol qiziqishida burilish sodir bo'ladi.


Download 134.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling